Taftish
va so‟roqdan keyin sulton badaviyga ijozat berdi (“Ajdodlar o‟giti”); Kumush
onasining yumushiga biroz qarab turgandan keyin tashqariga tomon ketdi. (A.Q.)
50
Мамажонова М.Квантитативликнинг тил бирликларини таҳлил қилишдаги аҳамияти//Молодой учѐный.
2016, 3-сон
36
Yuklamalar so‟z yoki gapga qo‟shimcha ma‟no yuklaydi. Ana shu
qo‟shimcha ma‟nolardan biri kvantitativlik ma‟nosidir.
51
Yuklamalar ichida -gina
yuklamasi chegarani belgilab beradi, o‟zi bog‟langan so‟z yoki gapni ayirib
ko‟rsatishga xizmat qiladi. Bu ma‟noni yuzaga chiqarish uchun faqat yuklamasidan
ham foydalanish mumkin.
Shu o‟rinda solishtirish uchun, tadqiqotchi F.Safarov lisoniy vositalarni
guruhlarga ajratganda ham ko‟makchili ot atamasini qo‟llaganiga e‟tibor berish
kerak. Lekin bu o‟rinda M.Mamajonovadan farqli holda F.Safarov ko‟makchili ot
birikmasidan foydalanadi, ko‟makchi mustaqil so‟z bilan bog‟langandagina
kvantitativlik belgisini namoyon qilishi mumkinligini e‟tirof etadi.
52
Bizningcha ham, mustaqil leksik-grammatik leksemalar doirasida emas, balki
yordamchi so‟zlar orqali ham kvantitativlik ma‟nosi ifoda qilinishini kuzatish
mumkin, degan qarash biroz muammoli masaladir. Vaholanki, yordamchi so‟zlar
lug‟aviy ma‟no anglatmasligi barchamizga ma‟lum. Yordamchi so‟zlar
kontekstning tarkibida miqdor ma‟nosini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi
mumkin. Akam so‟zidagi miqdor yakkalikni ifodalayotgan bo‟lsa, akam bilan
ko‟makchili ot tarkibida miqdorning birdan ortiq ekanligi ifodalanyapti.
Ma‟lumki, miqdor kategoriyasi “sifat” kategoriyasi kabi borliqning umumiy
xossalaridan biri hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan V.Z.Panfilovning fikriga
tayansak, mazmuniy miqdor kategoriyasi obyektiv olamning miqdoriy aniqligi
in‟ikosi natijasidir.
53
Demak, til va tafakkur dialektik aloqadorlikda bo‟lgani bois barcha asosiy
mazmuniy kategoriyalar, xususan, miqdor kategoriyasi ham tilda o‟z aksini topadi.
O‟zbek tilida mavjud tadqiqotlarda miqdoriy munosabatlarning ifodalanishi uch
кonstant – universal ma‟nolar asosida shakllanadi.
Yuqoridagilardan ko‟rinib turibdiki, miqdor kategoriyasining tilda aks etishi
turlicha bo‟lib, vositalari ham rang-barangdir. Xususan, o‟zbek tilshunosligida olib
51
Мамажонова М.Квантитативликнинг тил бирликларини таҳлил қилишдаги аҳамияти//Молодой учѐный.
2016, 3-сон
52
Сафаров
Ф.
Ўзбек
тилида
сон-миқдор
микромайдони
ва
унинг
лисоний-нутқий
хусусияти.Филол.фан.ном.дисс.Самарқанд - 2004
53
Панфилов В.З. Философские проблемы языкознания.М: Наука,1977.
37
borilgan tadqiqotlar shuni ko‟rsatadiki, hozirgi o‟zbek adabiy tilida qo‟llanayotgan
miqdor ifodalovchi birliklar tilning barcha sathlari uchun xos bo‟lib, bu haqda
tilshunoslar tomonidan turlicha qarashlar bildirilgan. Bizningcha ham, miqdor
ifodalovchi birliklarning hammasi xususiy belgilariga ko‟ra farqlanadi, umumiy
belgisi, ya‟ni miqdor ma‟nosini yuzaga chiqarishi bilan yaxlit bir tizim hosil qiladi.
Shuningdek, miqdor ifodalovchi birliklar tilning turli sathlariga mansubligi uchun
kategoriya atamasini qo‟llash torroq tushunchani ifodalaydi. Tilshunos F.Safarov
ta‟kidalganidek,
54
miqdor ifodalovchi birliklarni maydon asosida o‟rganilganda
shunday ma‟noni ifodalovchi barcha lisoniy va nolisoniy vositalarni tahlil qilish
mumkin bo‟ladi.
54
Сафаров
Ф.
Ўзбек
тилида
сон-миқдор
микромайдони
ва
унинг
лисоний-нутқий
хусусияти.Филол.фан.ном.дисс.Самарқанд - 2004
38
Do'stlaringiz bilan baham: |