Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari shu bilan belgilanadiki, iqtisodiy islohotlar sharoitida tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish masalalariga mos kelishi talab qilinadi.
Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari, zamonaviy bozor iqtisodiyotidagi uning roli
O’zbekiston va chet el olimlari tomonidan chuqur o’rganib chiqilgan. Butun dunyoga mashhur chet el iqtisodchilarining ko’plab ilmiy asarlarida zamonaviy bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish muammolarining nazariy hamda amaliy jihatlari ko’rib chiqilgan.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlik va unda innovatsion faoliyatning ahmiyati bilan bog’liq mavzularni A.Smit, M.Blaug, S.L.Bryu, K.Vesper, P.Druker, R.Kantilon, Ya.Kornai, A.Marshall, S. Erlix, Dj.M.Keyns, I. Kirtsner, K.R. Makkonell, F. Kotler, D.Pirson, T. Piters, K. Rendoll, J.-B. Sey, F.Uoker, I.Shumpeter, F.Fon Xayek, A. Shapiro, X.Shvalbe,
R.Xizrich kabi3 olimlar o’rganishgan.
Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish muammolarining turli jihatlarini tahlil qilishga MDH mamlakatlari olimlaridan L.I. Abalkin, B.C.Avtonomov, A.O. Blinov, A.V.Busigin, E.V.Glushenko, Yu.I. Ivanov, B.N.Ichitovkin, A.N.Kaptsov,
V.G.Kuznetsov, T.I.Kuzmin, I.I.Razumnova, F.M.Rusinov, Yu.V.Tixonravov, A.N.Tkachenko, V.A.Zyablyuk, V.A.Rube, V.A.Kirov, A.A.Krupanin,
P.P.Chernikov kabilarning4 ilmiy ishlari bag’ishlangan.
Ushbu muammolar ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi O’zbekistonning ko’plab olimlari, shu jumladan, X.P.Abulqosimov, A.V.Vaxobov, T.Jo’raev, A.T. Kenjaboev, Yo.Abdullaev, S.K.Salaev, M.R.Rasulev, H.O.Rahmonov, I.E.Tursunov, B.Yu.Xodiev, M.Xadjimuratov, Z.Ya.Xudoyberdiev, Sh.Sh.Shodmonov, A.A.Qayumov va boshqalar shug’ullanib kelishmoqda.
Ammo hozirgi vaqtda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish jarayoni, xususiyatlari va yo’nalishlari, uni iqtisodiy faollikdagi o’rni, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, bu toifadagi sub’ektlar oldida turgan muammolarni yoritish borasidagi ilmiy ishlanmalar yetarli va mukammal emas. Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi mavjud salohiyat va o’ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olgan holda, uni iqtisodiy faolligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada amalga oshirilmaganligi va ilmiy asoslanmaganligi ushbu mavzuni tadqiqot ishi sifatida tanlashni taqozo etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |