Tadbirkorlikni boshqarish va uni samaradorligini oshirish masalalarni ijobiy hal qilish uchun innovatsion faoliyatni doimo rivojlantirib borish zarur.
Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi, sabablari, doirasi, turli ko’rinishda ekanligi va samaradorligi bevosita mulkchilik munosabatlari bilan bog’liq bo’lib. muayyan imkoniyatlarga, ishlab chiqarish shart-sharoitlari va vositalarga ega bo’lgan kishilarga ishlab chiqarish faoliyati va uning natijalariga ko’ra, tadbirkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. Mulkdan foydalanishda mulkdor o’zi qatnashishi mumkin yoki boshqa fuqarolarni yollanma ravishda jalb qilishi mumkin. Tadbirkor o’z mulkini xo’jalik jixatdan to’lik yuritish uchun boshqa shaxsga berishi hamda xo’jalik faoliyati natijasida olingan daromad taqsimoti tartibini belgilashi mumkin.
“Biznes” - so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Kichik tadbirkorlikning iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlardagi rolini o’rganish asosida xulosa chiqaramizki, bu faoliyat bir vaqtning o’zida bozor iqtisodiyotining maqsadi va vositasi bo’lib xizmat qiladi. Uning ikki tomonlama roli kichik korxonnaga xos vazifalar tahlilida ham namoyon bo’ladi. Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy vazifalaridan biri ekanligi ham uning maqsadga yo’naltirilganligini ko’rsatadi. Bu vazifaning amalga oshirilishi ishsizlikning qisqartirilishi, ilmiy-texnik taraqqiyotni oshirish, jamiyatda ijtimoiysiyosiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlab, ular ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan, sifatli maxsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni izchil yo’lga qo’ya oladigan mustaxkam iqtisodiy sohaga aylanishini ta’minlash lozim. Umuman olganda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va servis, kasanachilik sohalarini barqaror rivojlantirish zarur. Bu, aholi turmush darajasining yuksalishiga olib keladi.
Mamlakatimiz boshqaruv organlari tomonidan yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning amalda qo’llab quvvatlanishi oqibatida bugungi kunga kelib mazkur sohaning jadal sur’atlarda rivojlanishiga olib keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan mamlakatimizda o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim sohaga aylanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati, afzalliklari va ustuvorliklarida quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-nisbatan kam mablag’ sarflagan holda, yangi ish o’rinlarini yaratishga xizmat qilib, aholi bandlik muammosini barham topishiga, turmush tarzini yaxshilanishiga hamda aholi daromadlarini oshishiga olib keladi;
-ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni qisqa muddatlarda jalb etib, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga zamin yaratadi. Innovatsiyalarni jalb etilishi iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirilishiga olib keladi va boshqalar.
E’tiborlisi, mamlakat aholi turmush tarzi va ularning daromadlarining ortishiga ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o’rni tobora ortib bormoqda. Albatta bunday tendentsiya aholi turmush tarzi va farovonligini yaxshilanishida munosib xizmat qilgan.
Kichik biznes sub’ektlarining sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatishlari nisbatan ko’proq mablag’ talab qiladi, ammo buning uchun ularning ko’pchiligida o’z mablag’lari yetishmay hamda kreditlardan foydalanish imkoniyatlari chegaralangan. Shuningdek, respublikamiz yalpi ichki mahsulotida uning ulushini yanada oshirish rejalashtirilgan. Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida O’zbekiston Respublikasida kichik biznesni boshqarish va uni takomillashtirishda innovatsiyalarning rolini oshirish yo’llarini o’rganish, kichik biznes faoliyatini samarali olib borish va raqobatbardoshligini ta’minlash, mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda kichik biznes sub’ektlari ulushini yanada oshirish va istiqbollarini ko’rib chiqish xozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda innovatsion usullarni qo’llash orqali boshqarish va uni takomillashtirish yo’llari yuzasidan quyidagi takliflarni berishimiz mumkin:
Birinchidan innovatsion tadbirkorlikni boshqarish va takomillashtirish jarayonida davlat tomonidan berilayotgan moliyaviy rag’batlantirish usullaridan samarali foydalanish.
Ikkinchidan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarni tadbirkorlikni boshqarish va samaradorligini oshirishda innovatsion tajribalaridan foydalanish, eng yaxshi samara bergan usullaridan foydalanish.
Uchinchidan bozor iqtisodiga o’tish sharoitida O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni samarali boshqarish va uni takomillashtirish natijasida uning raqobatbardoshligini ta’minlash. Chunki raqobatchilar qancha ko’p bo’lsa, shuncha rivojlanish bo’ladi.
To’rtinchidan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tadbirkorlik sub’ektlarini samaradorligini oshirish maqsadida fan-texnika yutuqlaridan ko’proq foydalansak, korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlarni malakasini oshirib, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirib tursak maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Shuningdek, ta’kidlash joizki, kichik biznesda innovatsion tadbirkorlik faolligini oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta’minlashi zarur:
milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash negizida uni barqaror rivojlanishini jadallashtirish;
kichik biznesni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimi, uning mexanizmlarini takomillashtirish asosida rivojlantirib borish;
kichik biznesga xizmat ko'rsatuvchi infratizilmalarni samarali harakat qilishini ta’minlash.
O'zbekiston Respublikasida innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar bo’lishi maqsadga muvofiqdir:
tadbirkorlikning huquqiy-me’yoriy va tashkiliy asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta’sirida ro'y berayotgan o'zgarishlarga mos ravishda uzluksiz
takomillashtirib borish;
davlat tomonidan kichik biznes va huquqiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga qo'llash;
tadbirkorlikning innovatsiya negizida rivojlanishini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlar samaradorligini oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investitsiya muhitini yaratish;
tadbirkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etishning moddiy ta’minotini takomillashtirish;
tadbirkorlikni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish; - kichik biznes sohasi uchun malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash; - tadbirkorlikda kooperatsiyani chuqurlashtirish.
Xulosa o'mida ishonch bilan aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o'sishi bilan biz mamlakatimizda tayanchimiz bo'lgan o'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo'lgan muhim bo'g'inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo'lidan olg'a yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi.