tajribasi.............................................................................................
5
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
Tadqiqot ishning dolzarbligi eng
avvalo, respublikamizga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida erkin
iqtisodiy zonalar tashkil etish, ularni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini
o’rganish va O‘zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish holati
tahlilini o’rganib vujudga kelgan muammolar hamda ularni hal etish yo’llarini
bayon qilish bilan xususiyatlanadi. Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining
barqaror o’sishiga erishishning muhim yo’nalishlaridan biri barcha ichki
manbalardan unumli foydalanish hamda xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishdir.
O’zbekiston iqtisodiyotining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi sharoitida
mamlakatimizda eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosatini amalga
oshirish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarib xorijga eksport qilish va
shuningdek import o’rnini bosuvchi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab
chiqarishni joriy qilishda erkin iqtisodiy zonalardan foydalanish, shuningdek,
mamlakatimizda “ochiq eshiklar siyosatini” amalga oshirish hamda xorijiy
sarmoyadorlarni jalb qilish borasida rivojlangan davlatlarning, ayniqsa, jahon
xo’jaligida tezkor sur’atlarda rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Germaniya,
Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkiya, Xitoy kabi
mamlakatlarning tashqi savdo-sotiq siyosati tajribalaridan unumli foydalanish
milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyotiga ijobiy samara beradi.
Shunga ko’ra, milliy iqtisodiyotni shakllantirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni
erkinlashtirish orqali mamlakatning tashqi savdo-sotiq jarayonini va eksport
salohiyatini yuksaltirish masalasi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning
o’ziga xos jihatlarini hisobga olishni, ayniqsa, jahon iqtisodiyoti amaliyotida
to’plangan tajribalar va xalqaro qonun–qoidalar asosida mamlakatimizda erkin
iqtisodiy zonalarni tashkil qilish borasida va ularni tartibga solish usullarini yanada
takomillashtirish zarurligini talab etadi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda va
undagi faoliyatlarni samarali olib borishda xorij mamlakatlarining tajribalaridan va
6
ularning usullaridan unumli foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri
hisoblanib mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Mamlakatimizda jahon andozasiga mos ravishda yuqori texnologiyalar
asosida sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini bugungi kun darajasiga
ko’tarish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov
shunday degan edi:
“Iqtisodiyotni, avvalo, ishlab chiqarish sohalarini oqilona tashkil qilish,
ularga yuksak texnologiyalarni joriy etish, shu asosda zamonaviy korxonalar barpo
etib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, bir so’z bilan aytganda,
O’zbekistonda jahon andozalariga mos, xalqaro bozordagi raqobatga bardosh bera
oladigan tizimni yaratish bizdan, shubhasiz, katta vaqt, mehnat va shijoatni talab
qiladi”
1
. Shuningdek, bugungi kundagi muhim ustivor yo’nalishlar va
investitsiyalarni jalb qilish haqida to’xtalib shunday degan edilar:
“Bugungi kunda iqtisodimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustivor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha
Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki xisob-kitoblarga ko’ra umumiy
qiymati 24 mlrd. AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 300ta investitsiya loyihasi
ustida ishlamoqdamiz
2
Hozirgi kunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini aytadigan
bo’lsak, o’tgan 8 yil mobaynida u yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ulushi juda past va atigi 900 ta odam
ishga joylashtirilgan. O’tgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga
pasaygan.
3
Milliy iqtisodiyotning yangi sifat holatiga erishuvi, mamlakat hududlari
iqtisodiyotining rivoji investitsiyalarni va kreditlarni qay darajada jalb qilish va
ulardan qanchalik samarali foydalanish darajasiga bog’liqdir. Alohida hudud
iqtisodiyotini rivojlantirishning samarali yo’llaridan biri - shu hududda erkin
iqtisodiy zonani tashkil etishdir. Chunki, ko’pgina rivojlangan va rivojlanayotgan
1
Karimov I.A. “O’zbel xalqi xech qachon, xech kimga qaram bo’lmaydi” T.: “O’zbekiston”, 2000y. Т.8. - 105 bet.
2
Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari” T. “O’zbekiston” 2009y. 37-bet.
3
Mirziyoyev.Sh.M.”Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo’lishi kerak.” “O’zbekiston” 2017y. 29- bet .
7
mamlakatlarda bir necha turdagi erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etilishi, shu
mamlakat iqtisodiyotining rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. O’zbekistonda erkin
iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ular faoliyatini yanada rivojlantirish,
shuningdek, erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishning moliyaviy masalalari
bo’yicha turli mamlakatlar tajribasini kengroq o’rganish va uni O’zbekiston
amaliyotida qo’llashning zarurligi hozirgi dolzarb vazifalardan biridir. Ana shu
ma’noda tanlangan mazkur tadqiqot ish mavzusi hozirgi dolzarb mavzulardan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: