5
o’rinda, ayniqsa, yildan-yilga turli xildagi tabiiy birikmalar, mahsulotlar, xususan,
dukkali o’simlik maxsulotlari etishtirish va qayta ishlash hajmining keskin oshib
borayotganligi ular uchun tovar
kodlarini takomillashtirish, yangi tovar kodlarini
ishlab chiqish va sertifikatlashni talab etmoqda. Shunga ko’ra, dukkali
o’simliklarni etishtirish, qayta ishlash
faoliyatini kengaytirishda, uning tovar
holatiga tegishli kod raqamlarini belgilash va kimyoviy tarkibi asosida sinflash
muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi
kunda
bojxona
ekspertiza
labaratoriyalari
faoliyatini
takomillashtirishning asosiy mezoni sifatida tovarlarning qanday guruhlarga
mansubligini ularning kimyoviy tarkibiga ko’ra aniqlash bo’lib,
bunga alohida
etibor berilmoqda. Shunga ko’ra biz
Vigna sinensis
-loviya,
Sicier oriyentinum
-
no’xat,
Phaselous aureus
-mosh va
Arachis hypogaea
-yeryong’oq o’simliklari
kimyoviy tarkibi bo’yicha klassifikatsiyalashni taklif etmoqdamiz. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
va 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665 sonli “O’zbekkiston Respublikasi Davlat
bojxona xizmati organlari faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori va mazkur
faoliyatga tegishli boshqa meyoriy xuquqiy xujjatlarda
belgilangan vazifalarni
amalga oshirishga mazkur tadqiqotimiz muayyan darajada xizmat qila oladi.
Insoniyat turmush tarzining yaxshilanishi va farovonligi sanoatning rivojla-
nishi, ishlab chiqarish maxsulotlarining inson xayot faoliyatini yaxshilashga
yo’naltirilganligi bilan bog’liq. Ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar odamlar
manfatlariga xizmat qilishi
bilan birga, unga muayyan zarar keltirishi ham
mumkin. Keltirilishi mumkin bo’lgan zararlar turlicha bo’lishi bilan birga, ularning
salbiy ta’siri ham turlicha va ta’sirining ko’lami ham xar xil bo’ladi. Har qanday
vaziyatda ham inson manfatlari va xavfsizligi birinchi darajali vazifalardan
hisoblanadi. Bularning barchasi ilm-fan natijalarining salmog’i, to’g’ri
qaror qabul
qilinishi va qo’llanilishi bilan bog’liq. Ma’lumki, tadqiqotlarning maqsadli yo’lga
qo’yilishi va aniqligi, yuqori zamonaviy usullardan samarali foydalanish ijobiy
natijalarga olib keladi.
6
Bu soxada xar bir fan o’z o’rniga va axamiyatiga ega. Shu jumladan tabiiy
fanlar ham nazariy va amaliy jixatdan alohida ahamiyat kasb etadi. Juda ko’plab
kimyo va biologiya fanlari tadqiqotlarining natijalari ishlab chiqarishga joriy
qilingan, xar bir xonadonda turli maishiy kimyoviy va biokimyoviy mahsulotlarni
uchratishimiz mumkin. Ular inson hayotini yaxshilash, go’zallash-tirish va himoya
qilishga xizmat qilmoqda.
Xar qanday
fanning
rivojlanish istiqboli
mutaxasislarning yuqori malakada bo’lishi bilan birga,
tadqiqot labara-
toriyalarining zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanish darajasiga ham bog’liq.
Dunyo bo’ylab hukm surayotgan ekologik muammolar – suv, havo,
tuproqning turli konserogen moddalar bilan ifloslanishi etishtirilayotgan qishloq
xo’jalik mahsulotlari sifatiga ham ta’sir qilmoqda. Suv va tuproqda og’ir metallar
miqdorining ko’payishi, ayni shu sharoitda yetishtirilgan qishloq xo’jalik
mahsulotlari tarkibida ularning miqdori meyoriy darajadan ortib ketishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Shuning uchun yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik
maxsulotlarining kimyoviy tarkibini nazorat qilish ichki va tashqi bozorni sifatli
tovarlar bilan taminlash imkonini beradi. Keltirilgan mulohazalarimiz mavzuning
dolzarbligini va o’rganilishi zarurligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: