O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO`LIMI
211- GURUH MAGISTRANTI
Atajanova Shahnozaning
«ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» FANIDAN
« Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida»
Mavzusida yozgan
Mustaqil ishi
Urganch 2021
Mavzu:Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Fan tushunchasining tahlili.
2. Fan tarixiga oid yondashuvlar.
3. Fanning funksiyalari.
4. Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Respublikamizning mustaqillikka erishishi fanning turli yo‘nalishlarda rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Bu jarayonda olimlarimizning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida ahamiyatga ega. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov hozirgi kunda «...olimlar va ijodkor xodimlarimizga e’tiborni kuchaytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma’naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo‘jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas’uliyatli vazifasidir»1 deb yozadi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy tadqiqotning nazariy asoslarini o‘rganishi va egallangan bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, inson o‘z ijodiy izlanishlari asosida dunyoni o‘zgartiradi va o‘zini yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi. Ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o‘ziga xos metodologik xarakterga ega. U subyektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqot fanda evristik xarakterga ega. Zero, ilmiy-tadqiqot jarayonida subyekt obyektga faol, izchil ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir jarayonida inson o‘zini qurshab turgan muhitni o‘zgartiradi, shu paytgacha ko‘rilmagan, anglanilmagan, o‘rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Shu ma’noda faoliyat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti sifatida dunyoni o‘zining maqsadiga ko‘ra o‘zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakatini namoyon etadi. Ilmiy tadqiqot – bu insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig‘idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo‘lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi. 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. – 79-b. 4 Bugungi kunda ko‘plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy g‘oyalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi. Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlarning rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlarning shakllanishiga olib kelgan. Bu esa, ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. Ilmiy tadqiqot faoliyati insonga o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholashga amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo‘lishni istasa, o‘zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochadi. Shu nuqtai nazardan ham ilmiy tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlarni yanada chuqurroq tadqiq etish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi. Ushbu darslikda fanning rivojlanish bosqichlariga ta’rif berish bilan bir qatorda, ilmiy tadqiqotni tizimli amalga oshirishning usul va vositalari haqida fikrlar bayon etilgan. Ulardan yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy faoliyatlarida foydalanishlriga umid qilamiz.
Fan tushunchasining ma’nosi. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘ldi. Ko‘p sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olish maydonida amal qiladi. V.I.Vernadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modellar bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ularning empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi»1 . Faoliyat sifatidagi fan obyektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob beruvchi bilimlar tizimi sifatida amal qiluvchi ilmiy bilim o‘ziga erkinlik hududini ta’minlashga, mafkuraviy va siyosiy yo‘nalishlarga nisbatan betaraf bo‘lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxshida etuvchi haqiqat yo‘lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turadi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi. Fanning uchinchi – institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg‘u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida 1 Вернадский В.И. Проблема биохимии. – M., 1988. – 252 c. 8 moddiylashtiradi. Umuman olganda, fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq. Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimini, me’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institut sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo‘nalishda davlat boshqaruv tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo‘ladi. Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalarida boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, bo‘limlarda ishlayotgan olimlar, xodimlar bo‘lib, ularga odamlarning tipik ko‘rinishiga xos bo‘lgan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. Shu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy fan fidoiylari bilan bir qatorda munofiqlar, fikr o‘g‘rilari va amalparastlar ham faoliyat yuritadi. J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo‘llarni belgilaydi. Uning fikricha fan: 1) institut; 2) metod; 3) ilmiy an’analarning shakllanishi; 4) ishlab chiqarishning rivojlanish omili; 5) e’tiqodlar va insonning dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng kuchli omil sifatida namoyon bo‘ladi1 . «Etimologik lug‘at»da fanga «tabiiy hodisalarni kuzatish, tasniflash, tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko‘rsatish vositasi» deb ta’rif berilgan2 . Bu ta’rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi. E.Agatstsi fan «obyektlar haqidagi fikr-mulohazalarning oddiy majmui sifatida emas, balki obyektlarning muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida» qaralishi lozimligini qayd etadi3 . Bu ta’rifda ilmiy va 1 Qarang: Бернар Дж. Наука в истории общества. – M., 1956. – 18 с. 2 Qarang: Холтон Дж. Что такое антинаука // Вопросы философии. 1992. №2. 3 Qarang: Агацци Э. Моральное измерение науки и техники. – M., 1998. – 12 с. 9 oddiy bilimni farqlashga da’vo, fan obyektni o‘rganishni uni nazariy tahlil qilish darajasiga etkazgan taqdirdagina to‘laqonli xususiyat kasb etishiga ishora mavjud. Shunday qilib, fan bilan faqat dalillar majmuini qayd etish va ularni tavsiflashni bog‘lash mumkin emas. Biz narsalar va hodisalarni tushuntirish va ularni taxmin qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan taqdirdagina to‘laqonli fanga ega bo‘lamiz. Ko‘pgina olimlar ma’lum tamoyillar, soddalik mavjud bo‘lmasa, fan ham mavjud bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu bahsli fikr. Chunki fanning yetukligi nafaqat soddalik va aniqlik, balki teran nazariy, konseptual daraja bilan ham belgilanadi. Agar inson mushohada yuritishni emas, balki unga barcha dalillar taqdim etilishini xohlayotgan bo‘lsa, u fanning dastlabki bosqichida emas, balki bu bosqichning nuqtai nazarida turgan bo‘ladi. Hozirgi vaqtda fan avvalo, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog‘liq ekanligi, ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va o‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Fanga ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z yuritilgan taqdirda bugungi kunda biz fan deb ataydigan hodisaning chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining dastlabki – faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi. Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlarning odamlar xususidagi munosabatlari va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning barcha jabhalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol 10 kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi, yoki aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Shu narsa aniqki, fan ijtimoiymadaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’аnalarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan jamiyat mulkiga aylangan va ijtimoiy xotirada saqlanayotgan bilimlarni o‘zlashtirmasdan rivojlana olmaydi. Fanning madaniy mohiyati uning axloqiy tamoyillar va qadriyatlar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. Fan etosining yangi imkoniyatlari intellektual va ijtimoiy mas’uliyat muammosi, qarorlar qabul qilishning shaxsiy jihatlari, ilmiy hamjamiyat va jamoadagi ma’naviy muhit muammolarida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fanni tushuntirishning mushkulligi shu bilan izohlanadiki, fan o‘z erkinligidan voz kechmaydi va ijtimoiy munosabatlar kontekstiga butunlay singib ketmaydi. Fan, hech shubhasiz, «kommunitar (kollektiv) korxona»dir. Biron-bir olim o‘z hamkasblarining yutuqlariga, odamzotning umumiy xotirasiga tayanmasligi mumkin emas. Fan juda ko‘p odamlarning hamkorligini talab qiladi, u intersubyektivdir. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan tasnifga ko‘ra sivilizatsiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizatsiyalarning ikki xili: an’anaviy va texnogen sivilizatsiyalarni hisobga olib, umumiy sivilizatsion farqlashni taklif qiladi. Texnogen sivilizatsiyalar XV–XVII asrlarda Yevropa mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib ketgan, ayrimlari esa, texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan. Texnogen rivojlanishning madaniy matritsasi uch bosqich: oldindustrial, industrial va postindustrial bosqichlardan o‘tadi. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi uning muhim ko‘rsatkichiga aylanadi. Rivojlanishning texnogen tipi – bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda o‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy aloqalarining faol o‘zgarishi bilan birikishidir. Texnogen sivilizatsiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina eski madaniy an’analarning halokatiga sabab bo‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati maydoniga aylanadi. Inson o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki beruvchi markaz sifatida amal qiladi.
Fan murakkab tarkibiy tuzilishga ega ijtimoiy – madaniyhodisa. Fanning ijtimoiy-madaniy hodisa ekanligi uning jamiyat hayoti va taraqqiyoti talablari bilan bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
Dastlabki bilimlar qadimgi Sharq mamlakatlari Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda shakllangan. Ular tabiat, jamiyat, inson haqidagi tajribadan kelib chiqqan empirik xarakterdagi bilimlar fanning ilk elementlari edi. Ko‘pchilik faylasuflar (Masalan, V.P.Koxanovskiy, Ye.V.Zolotuxina, E.Yusupov, J.Tulenov va boshqa)lar ta’kidlaganidek, qadimiy davrlardanoq odamlar olamni anglashga intilganlar, bu ularning dunyoqarashlarida o‘z ifodasini topdi. Eramizdan avvalgi VII-V asrlardan boshlab, eng qadimiy fan – falsafa paydo bo‘ldi. U davrlarda “fan”, “falsafa” birxil ma’noni ifodalar edi, kishilarning olam haqidagi barcha bilimlari falsafa doirasida mujassamlashgan edi.
XVI-XVII asrlarda ijtimoiy hayotdagi jiddiy o‘zgarishlar – sanoat, ishlabchi qarishining yuzaga kelishi, xususan, harbiy, tog‘, qurilish sanoati, xalqaro savdoning rivoji fanning shakllanishi va taraqqiyoti uchun turtki bo‘ldi, zotan sanoatlashgan jamiyatda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun tabiatni, undagi narsalar, predmetlar, jarayonlar mohiyatini anglash, ularnio‘rganish zarur edi.
Fanning moxiyati, o‘ziga xos jixatlari.Fan-ijtimoiy ongning maxsus shakli. Ijtimoiy ong shakllari o‘zaro bir-birlaridan voqelikni aks ettirish xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini falsafa kursida o‘rgangan edik. Agar ijtimoiy ongning u yoki bu shaklida olamning, ijtimoiy hayotning muayyan tomoni, ko‘rinishi aks etsa, fanda aks etishi mumkin bo‘lmagan narsa, hodisani topish mushkul.
Fan olamni o‘zlashtir ishning eng murakkab shakli hisoblanadi. Fan deganda insonning olam, shu jumladan, uning o‘zi to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan faoliyati; uning natijalari bo‘lmish – ilmiy bilimlar tizimi hamda ijtimoiy institut nazarda tutiladi.
Ma’lumki, inson olamni ikki xil yo‘l bilan o‘zlashtiradi va buuning moddiy hamda ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Inson o‘z ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlarning mohiyatini, qonuniyatlarini anglashga intiladi. Bu bilishda o‘z ifodasini topadi. Bilish – insonning olamga faol munosabati, ijtimoiy – tarixiy amaliyot bilan boshlanadigan yangi bilimlarni hosil qilish, mukammallashtirish jarayoni. Bilish ikkik o‘rinishda – kundalik va ilmiy bilishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilish – olamni chuqur, atroflicha bilish, uning qonuniyatlarini anglash jarayoni.
Ilmiy bilish
a) inson va insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish;
b) ilmiy bilimlarni hosil qilish. Bu – ilmiy izlanish (tadqiqot) ishlarini olib borish asosida yangi bilimlarni yaratish jarayoni hisoblanadi.
Biz “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani doirasida ilmiy bilimlar, ularning o‘ziga xos tomonlari, ilmiy bilimlarni hosil qilish jarayoni – ilmiy tadqiqot, uning mazmun-mohiyati, yangi bilimlarni qo‘lga kiritish yo‘llari, usullari bilan tanishamiz.
Bilim – bilish jarayonining natijasi, inson tafakkurida aks etgan voqelik, kishilarning olam haqidagi ma’lumotlari.
Fan dunyo, undagi narsa va xoddisalar xakidagi ob’ektiv ilmiy bilimlar tizimi xisoblanadi. Ilmiy bilimlarni tadkik etuvchi maxsus soxa –epistemiologiya. Ilmiy bilish (tadkikot, izlanish) natijasi — ilmiy bilim. Ilmiy bilimlar fan mazmunida uz ifodasini topadi. Fanning boshka ijtimoiy ong shakllaridan asosiy farki – undagi ilmiylik mezoni. Fan olamdagi narsa va xodisalarning ob’ektiv qonunlarini ochishni uz oldiga maksad kilib kuyadi. Ilmiy bilimlar tizimlilik xususiyatiga ega. Fan asoslangan, yaxlitlikni tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimi. Ilmiy bilimlarni xosil kilish murakkab jarayon bulib, uning moxiyati ilmiy bilimlar dinamikasi (rivoji)da o’z ifodasini topadi. Ilmiy bilim - bilmaslikdan bilishga, no’mukammal bilimlardan mukammallik sari borishdan iborat uzliksiz tarzda jarayon xisoblanadi. Fan tarakkiyoti avvalgi ilmiy bilimlar asosida yangidan-yangi ilmiy bilimlarni kulga kiritishda namoyon buladi.
Fanning muhim tomonlaridan biri – uning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylana borishida. Fan va ishlab chiqarish orasidagi aloqadorlik turli tarixiy davrlarda turlicha bo‘lgan. Olam haqidagi dastlabki bilimlar kishilarning amaliy faoliyatlari, kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Fan shakllanayotgan dastlabki davrlarda uning ishlab chiqarishga ta’siri sezilarli darajada bo‘lmagan. Bu ta’sir juda nari borganda mehnat qurollarining takomillashib borishida namoyon bo‘lgan. XIX asrdan e’tiboran fan va ishlab chiqarish o‘zaro yaqinlasha boshladi. Bu bug‘ mashinasi va elektrning kashf qilinishi bilan bog‘liq yangi davrning boshlanganidan dalolat berar edi. XX asrning ikkinchi yarmida ro‘y bergan ilmiy-texnik inqilob fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanishiga imkoniyat yaratdi. Fanlar, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlari yutuqlari energetika, elektronika, radiotexnika, kimyo kabi ishlab chiqarishning yangi zamonaviy sohalarining shakllanishiga olib keldi. Tabiatda mavjud bo‘lmagan yangi maxsulotlar – sintetik tola, sun’iy olmos, sintetik kauchuk, o‘tga o‘ta chidamli mehnat quymalari, sinxrofozotron, zarra tezlashtirgichlarning yaratilishi fanning tobora jadal sur’atlar bilan ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanayotganligidan dalolat beradi. Ijtimoiy hayotning fan yangiliklari ta’sir ko‘rsatmaydigan biron – bir sohasini topish mushkulligi ayni haqiqat va bu fanning ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Ilmiy bilimlarni qo‘lga kiritishning yangidan – yangi zamonaviy vositalari, texnologiyalarning jadal rivoji fantaraqqiyoti uchun beqiyos imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda.
Fanning mohiyati, uning murakkab tarkibiy tuzilishga ega ijtimoiy institutekanligida namoyon bo‘ladi.
Fan – ijtimoiy institut deganda:
a) ilmiy izlanish olib boradigan, yangi ilmiy bilimlarni yaratish; ularni rivojlantirish malakasiga ega bo‘lgan olimlar jamoasi;
b) ilmiy faoliyatni mujassamlashtiradigan, ilmiy bilimlarni ishlab chiqarish, rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanadigan maxsus tashkiliy uyushmalar, muassasasa va tashkilotlar (fanlar akademiyalari, ilmiy tekshirish institutlari, ilmiy – tadqiqot markazlari, labaratoriyalar);
v) ilmiy bilimlar rivojiga turtki beradigan ilmiy axborotlarning yetarli bo‘lishi;
g) Ilmiy izlanishlar uchun zaruriy jihozlar, texnika, asbob – uskunalar, maxsus labaratoriyalar;
d)ilmiy tadqiqotar uchun ijtimoiy buyurtmaning mavjudligi nazarda tutiladi.
Fan taraqqiyoti tarixi olamni bilishga qiziqish odamlarda qadimiy davrlardan shakllangan. Lekin bundan fan olamni bilish shakli sifatida qadimda paydo bo‘lgan, degan xulosani chiqarish qiyin. Fanning kelib chiqishi va tarixi masalasi olimlarni oldindan ko‘pdan beri qiziqtirib kelmoqda. Ayrim olimlar fan qadimiy davrlarda paydo bo‘lgan deb hisoblasalar, boshqalari fan taraqqiyoti XVI - XVII asrlardan boshlangan va bu hol Nikolay Kopernik, Iogann Kepler, Galileo Galiley kabi buyuk olimlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq degan qarashni ilgari surganlar.1
Aslida fanning shakllanishi masalasiga uzoq davom etgan tarixiy jarayon sifatida yondashish o‘rinli. Fanning shakllanishi qadimiy davrlardan boshlangan va XVI - XVII asrlarda tugallangan, degan xulosa haqiqatga to‘g‘ri keladi. Olimlar fikricha, fanning shakllanish va taraqqiyot tarixini to‘rt davrga bo‘lib o‘rganish lozim.
Fan shakllanguniga qadar bo‘lgan davr: e.a. birinchi ming yilliklardan XVII asrgaqadar. Bu – fan oldi davri hisoblanadi.
Klassikfan: XVII – XIX asrlar
Noklassikfan: XIX asrning II yarmi – XX asr.
Postnoklassikfan: XX asrningikkinchiyarmivahozirgidavr.
I Fan oldi davr. Bu davr eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklardan milodiy XVII asrga kadar bulgan davrni uz ichiga olgan va fanningshakllanguniga kadar bulgan davr yoki fan oldi davri deb britiladi. Bu davrdadastlab olam xakidagi sodda, amaliy xarakterdagi bilimlar shakllangan vaularda amaliy xayot tajribasi uz ifodasini topgan. Keyinchalik olam xakidagi dastlabki falsafiy bilimlar paydo buldi. Aksari xollarda ular tabiatxodisalari xakidagi bilimlardan tashkil toptan va eng kadimiy falsafa —naturfalsafada uz ifodasini topgan edi. Eramizdan avvalgi VII-V asrlardakadimiy Yunonistonda falsafa fani shakllandi.
U Yevropada klassik fanningshakllanishiga turtki buldi. II davr. Klassik fanning shakllanishi: XVII-XIX asrlar. Bu davrdaGarbiy Yevropada ilmiy inkilob yuz berdi, xozirgi zamon tabiatshunoslik faniga asos solindi. Ingliz olimi Isaak Nyuton (1643-1727 yillar) “Natural falsafaning matematik asoslari” asarida olimlar Galileo Galiley, ReneDekart, Ioann Kepler va boshkalar xamda uning uzi kulga kiritgan ilmiy bilimlarni umumlashtirdi va klassik fizikaga asos soldi. XVII asrda birinchi fan akademiyalari tashkil topdi. 1662 yilda London qirollik akademiyasi; 1666 yilda Parij fanlar akademiyasi, keyinchalik Berlin (1700 yil) Sankt Peterburg (1724yil), Stokgolm fanlar akademiyalariga asos solindi. London tabiatshunos olimlar qirollik akademiyasining ustavida “Olimlarning maqsadi – eksperimentlar yordamida tabiiy narsalar haqidagi bilimlarni takomillashtirish”, deb ko‘rsatilgan edi.
Klasssik fanning shakllanishida Nikolay Kopernikning “Osmon sferalari xarakati” asarida asoslangan olamning tuzilishi tugrisidagi geliotsentrik nazariya aloxida axamiyat kasb etdi. Nikolay kotornik yer - koinot markazi emas, u Venera, Merkuriy, Mars vaboshka planetalar bilan birga Kuyosh atrofida xarakatlanadi; Yer Kuyosh sistemasiga kiruvchi planetalardan biri, degan xulosaga keldi. Uning karashlarini keyinchalik italyan olimi Jornado Bruno (1548-1660) rivojlantirdi. Klassik fan asosan tabiat xodisalarini tajriba yordamida urganishga asoslangan edi. Klassik fanning shakllanishida Nyuton kashf kilgan butun olam tortilish konuni aloxida urin tutadi. Bu davrda matematika, fizika, biologiya fanlari rivojlandi, mexanika qonunlari kashf qilindi.
Klassik fan asosan tabiat hodisalarini tajriba yordamida o‘rganishga asoslangan edi. Klassik fanning shakllanishida Nyuton kashf qilgan butun olam tortilish qonuni alohida o‘rin tutadi. Unga ko‘ra olam ulkan, o‘ziga xos sozlangan mexanizm. Uning barcha qismlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Tabiatdagi barcha narsa va hodisalar mohiyatini mexanika qounlari asosida anglash mumkin. Bu davrda matematika, fizika, biologiya fanlari rivojlandi, mexanika qonunlari kashf qilindi.
Klassik fan olamdagi narsa va xodisalarni, tabiatni insondan tashqarida, unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud reallik sifatida o‘rganishga asoslangan edi. Klassik fan, tajriba asosiga qurilgani bilan xarakterli. Bu tabiatshunoslik fanlari (fizika, biologiya va h.k.) ning jadal rivojida o‘z ifodasini topdi.
Ikkinchidan, klassik fanning shakllanish va taraqqiyoti ilmiy bilish metodlari (kuzatish, tajriba, analiz, sintez, induksiya, deduksiya) ning ishlab chiqilishi va keng qo‘llanilishi bilan bevosita bog‘liq holda kechdi.
Uchinchidan, tabiat qonunlari matematika tilida bayon etildi. Mashhur Galileyning “Tabiat kitobi matematika tilida bitilgan” degan so‘zlari yuqoridagi fikr isbotidir.
To‘rtinchidan, klassik fan doirasida olamda kechadigan barcha o‘zgarish va jarayonlar mexanik jarayonlar va mexanika qonunlari olamning barcha ko‘rinishlarida amal qiladigan universal qonunlar sifatida talqin etildi. Fanda olamning mexanik manzarasi shakllandi.
Nemis olimlari Shvann va Shleyden tomonidan kulga kiritilganorganizmlarning xujayraviy tuzilishi; Charlz Darvinning evolyusion nazariyasi (1859 yil) us imliklar va xayvonot dunyosi organik olamning tabiiy taraqqiyoti maxsuli ekanligini, ularning o’z navbatida noorganik olam tarakkiyotidan kelib chikkanligi, tabiatdagi evolyusion jarayonlar tabiiy tanlanish tufayli yuz berishini isbotlab berdi.
Bu kashfiyotlar moddiy olamdagi harakat xilma –xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkinligi va ular o‘zaro chambarchas bog‘likligini, tabiat hodisalari o‘zaro aloqadorlikda mavjud bo‘lishini anglash imkoniyatini berdi.
Klassik fan ham tabiiy, ham ijtimoiy-gumanitar fanlar taraqqiyotini boshlab berdi.
III davr - noklassik fanning shakllanishi: XIX asr oxiri va XX asr boshlari. Olimlar Per Kyuri (1859-1906 yillar) va Mariya Skladovskaya Kyuri(1867-1934 yillar) kashf etgan radioaktivlik, ingliz olimi Tompson kashf etgan elektron; Rezerford tomonidan asoslab berilgan kvant nazariyasi, Nils Bor va Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi tabiat xodisalarigayangicha yondashuvning shakllanishiga turtki bo’ldi. Agar klassik fan doirasida fazo va vaqt o’zgarmas, deb talkin etilgan bo’lsa, noklassik fan davrida fazo va vaqtning materiya bilan bog’likligi asoslandi va bu nisbiylik nazariyasida o’zi foydasini topdi. XIX asming oxiri XX asming boshlarida fanlar taraqqiyoti yangi - noklassik fan bosqichida o‘z ifodasini topdi.
IV davr: postnoklassik fan. XX asrning 70- yillaridan fantarakkiyotida yangi davr boshlandi. Fanda narsa va xodisalar, jarayonlarga yangicha tizimli yondoshuvning shakllanishi. Fanlararo alokalarning kuchayishi bilimlar sintezi postnoklassik fanning uziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Bu davrda fan jadal taraqqiyot boshladi, unda ko’pdan – ko’p yangi soxalar shakllandi. Mikrobiolgiyada klonlashtirish yo’nalishi paydo bo’ldi; evolyusionximiya yuzaga keldi. Xisoblash texnikasi, boshqarishning avtomatik tizimlari (ASU), yangi ilmiy soxalar - mikroelektronika, nanotexnologiya shakllandi. Olamdagi narsa va xodisalardagi o’zgarishlarning ikki xil tarzda kechishi, birinchidan, narsa va xodisalarning yangi muxitga moslashishi;
ikkinchidan tizimdagi avval an ikklanmagan keskin uzgarish xolatlari aniqlandi. Bu narsa va xodisalarga yangi yondashuv metodi - sinergetikaning shakllanishida namoyon bo’ldi. Agar klassik va noklassik fanning o’rganish ob’ekti olamning muayyan bir qismi (fragmenta) bulgan va shu asosda xususiy fan (masalan, fizika,biologiya, geografiya .)lar shakllangan va rivojlaigan bulsa, postnoklassikfan olamga, undagi narsa va xodisalarga tizimli yondoshuvga asoslanadi.
Olamga tizimli yondashuv olamning yaxlitligi, tizimliligi, undagi narsa va hodisalarning o‘zaro bir – biri bilan chambarchas bog‘liqlikda ekanligi, tabiat – jamiyat inson o‘zaro ta’sir va aks ta’sir holdagina mavjud bo‘la olishi, binobarin insonning olamga ongli munosabatda bo‘lishi lozimligi va bu – davr talabi ekanligi, bilimlarning mazmuni biluvchi sub’ektning maqsad – muddaolari bilan bog‘likligi, bu hol biluvchi inson (olim)ning jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglash zarurligini taqozo etadi. Bu olamni bilish, bilim, jamiyat va insonga nima uchun darkor? Degan savolda o‘z ifodasini topadi.
Postnoklassik fanning uziga xos jixatlari:
- Xozirgi zamon fani olamga, uni urganishga yangicha munosabatniig
shakllanishi;
- Ilmiy bilimlarning ijtimoiy xayotning barcha soxalariga jadalsur’atlar bilan tatbik etilishi;
- Ilmiy tadkikot faoliyati xarakteridagi tub sifat uzgarishlar:
- Ilmiy bilimlarni xosil kilish, sakdash, kayta ishlashning yangi usul vavosita (kompter texnolognyasi, internet tizim)larining yuzaga kelishi.
Postnoklassik fanning muammolari keng qamrovli muammolar hisoblanadi. Olimlar fikricha, hozirgi zamon fani muammolarini uch guruhga bo‘lish mumkin:
Koinot, uning yuzagakelishi va taraqqiyoti. Bu olimlar tomonidan ilgari surilayotgan koinot haqidagi nostatsionar qarashlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Hayotning kelib chiqishi, biologikevolyusiya, uning mohiyati, asosiy ko‘rinishlari.
Olamdagi narsa va hodisalarga sinergetik yondashuv
Postnoklassik fan olamni va insonning olamdagi o‘rnini chuqurroq anglashni taqozo etmoqda. So‘nggi II - III asr davomida inson tabiatni o‘zlashtirishga va o‘zgartirishga intildi. Hozir shunday davr keldiki, inson tabiatni va o‘zining undagi o‘rnini chuqur anglashi va shu asosda faoliyat yuritishi lozim bo‘lib qoldi. Fanda tabiatga, fan taraqqiyoti, texnika, texnologiyaga doir yangi qarashlar ilgari surilmoqda. XX asr so‘ngida shakllangan nosfera konsepsiyasi; fan, texnika, texnologiya taraqqiyotiga inson, jamiyat, insoniyat istiqboli nuqtai – nazaridan qarash shular jumlasidandir.
Fanlar tasnifi. Fan muammosining muhim masalalaridan biri – fanlar tasnifi (klassifikatsiyasi) hisoblanadi.
Fanlar ilmiy bilimlarni tizimga tushirish asosida shakllanadi. Ilmiy bilimlarni tizimga tushirish tarixi qadimiy Yunon falsafasiga borib taqaladi.
Ma’lumki, olam va odam haqidagi dastlabki bilimlar falsafa fani doirasida shakllangan va mujassamlashgan. Qadimiy Yunon faylasufi Aristotel barcha bilimlarni ularni qo‘llash xususiyatlariga ko‘ra uchga bo‘lgan:
nazariy bilimlar;
amaliy bilimlar;
ijodiy bilimlar.
Olim nazariy bilimlar deganda, olamning asosiy, butun borliqning birinchi sababiga aloqador bilimlarni nazarda tutgan va ularni birinchi falsafa, metafizika deb nomlagan. Bunday bilimlarni faqat aql yo‘li bilan bilish mumkin degan g‘oyani ilgari surgan. Normal mantiqni har qanday bilishning quroli sifatida baholagan.
Ingliz olimi Frensis Bekon fanlarni tasniflashda insonning bilish qobiliyatlarini asos qilib olgan va falsa fani nazariy fanlar turkumiga kiritgan.
Nemis faylasufi Georg Vilgelm Gegel (1770-1831) fanlarni mantiq, tabiat falsafasi, ruh falsafasidan iborat deb bilgan.
Fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) ning tasnifida ijtimoiy fanlar (tarix, mantiq, psixologiya)ga deyarli o‘rin berilmagan.
Rus olimi akademik V.I.Vernadskiy fanlarni ikki turga:
1) reallikni, borliqning barcha ko‘rinishlarini o‘rganadigan fanlar (matematika, fizika, astonomiya, ximiya...);
2. faqat Yer planetasini o‘rganadigan fanlar (biologiya, gumanitarfanlar) ga ajratilgan.
Hozirgi zamon fanlari tasnifi deganda:
a) tabiatshunoslik;
b) ijtimoiy gumanitar;
v) texnik fanlar nazarda tutiladi.
Matematikani ayrim olimlar tabiiy fanlar qatoriga kiritmaydilar. Ular matematikani olim tafakkurining zaruriy elementi, deb hisoblaydilar. Olam uzluksiz harakat, o‘zgarish, taraqqiyot jarayonlaridan iborat bo‘lgani kabi ilmiy bilimlar majmui bo‘lgan fanni ham dinamik jarayon sifatida ko‘rmoq lozim. Fan taraqqiyoti jarayoni qonuniy xarakterga ega.
Fan taraqqiyoti ijtimoiy amaliyot bilan belgilanadi. Shuning uchun xam olimlar tomonidan fan – ijtimoiy - madaniy xodisa sifatida talqin etiladi. Ayni vaqtda fan taraqqiyoti qonuniy jarayon hisoblanadi va unda muayyan qonunlar amal qiladi. Ular fan taraqqiyoti mantiqini ifodalaydi. Fan taraqqiyoti qonunlari deganda quyidagilar nazarda tutiladi.
Ilmiy bilimlar rivojidagi vorisiylik.
Ilmiy bilimlar taraqqiyoti miqdoriy va sifat o‘zgarishlari birligi sifatida.
Fanlardagi differensiatsiya va integratsiya jarayonlari.
Ilmiy bilimlarni hosil qilishda nazariylashtirish va dialektikalashtirish.
Fan taraqqiyotida monopoliya va dogmatizmga yo‘l qo‘ymaslik, tanqidekanligi.
Fan taraqqiyotida ob’ektiv, xolis bilimlarga intilish, adashuv va noto‘g‘ri fikrlarni bartaraf etish.
Fan taraqqiyotining tezlashuvi intirsavligi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyotidagi vorisiylik.
Olam ob’ektlari doimo harakat, o‘zgarish, taraqqiyotida ekan, u haqidagi ilmiy bilimlar ham qanday yangi bilim avvalgi qarash asosida rivojlanadi, u avvalgi bilimni tamomila yo‘qqa chiqarmaydi, balki ularning o‘zi yaratilgan davr uchun to‘g‘riligini asoslaydi, har qanday yangi bilim avvalgi bilim asosiga quriladi va rivojlanadi.
Ilmiy bilimlar rivojida miqdor va sifat o‘zgarishlarining birligi. Fan taraqqiyotidagi evolyusion va inqilobiy jarayonlarda namoyon bo‘ladi.
Fan differensiatsiya va integratsiya jarayonlari XVI-XVII asrlarda differensiatsiya jarayonlari tufayli fan ikki tarmoqqa ajraldi:
a) falsafa;
b) xususiy fanlar.
Falsafaning taraqqiyoti o‘z navbatida bir qator falsafiy fanlarning shakllanishiga olibkeldi. Ayni vaqtda xususiyfan (matematika, fizika, astronomiya, geometriyavaboshqa)lar jadal rivoj topdi.
Integratsiya- ilmiy bilimlar (fansohalari)dagi yaqinlashuv jarayonlari, yangi oraliq fan sohalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Masalan kibernetika, gidrodinamika, kosmik nurlar fizikasi.
Matematikalashtirish, kompterlashtirish. Nazariylashtirish, va dialektikalashtirish. Nazariylashtirish fan mantiqiy asoslarining tajriba materiallaridan tobora uzoqlashib borishida namoyon bo‘lmoqda. Dialektikalashrish deganda, taraqqiyotning dialektik tamoyillarini, chunonchi rivojlantirish g‘oyasini ilmiy bilimlariga tatbiq etish nazarda tutiladi. Bunda sog‘lom aql va intuitsiyaga tayangan holda fikr yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy bilimlar damonopoliya, dogmatizmga yo‘l qo‘ymaslik, tanqid erkinligi.
Tanqid ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
a) negativ;
b)konstruktiv.
Fanning intensiv taraqqiyoti. Ilmiy tafakkur tezligining tobora oshib boruvi. O‘rta asrlar markaziy Osiyo allomalarining jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari.
Ilmiy bilimlarning shakllanishi vataraqqiyotiga Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar barakali hissa qo‘shdilar. Vatandoshimiz Muhammad Ibn Muso Xorazmiy algebra faniga asos soldi. Ahmad Farg‘oniy astronomiya fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U osmon jismlari xarakati to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi, texnik qurilmalar ishlab chiqdi, geografiya va geodeziya fanlarini rivojlantiradi. Uning “Astronomiya asoslari” kitobi XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida asosiy darslik sifatida o‘qitib kelindi.
Markaziy Osiyodagi ilmiy bilimlar taraqqiyoti 1004 yilda tashkil topgan dastlabki ilmiy dargoh- “Ma’mun akademiyasi” faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Bu akademiya dunyoda “ Majlisi Ulamo” nomi bilan mashhur bo‘lgan va unda Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Saxl Isoal – Masixiy kabi ko‘plab olimlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanganlar. Ular matematika, astronomiya, ruhiyat, mantiq, musiqa, kimyo, geografiya, mexanika singari turli fan sohalari bilan shug‘ullanib fanlarning kelgusi taraqqiyotiga zamin hozirlaganlar.
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanining asosiy maqsadi ilmiy tadqiqot dasturini tuzish va unda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilish malakalarini shakllantirish, shuningdek ilmiy ijodkorlik mohiyatini faol tarzda anglash va magistrantlarda ilmiy ijodkorlik malakasini shakllantirishdan iborat.
Fanning bosh vazifasi esa ilmiy tadqiqot ishini tayyorlashda ilmiy izlanish, ilmiy dalillarning rolini anglash, bilimdan asosiy metodologik vosita sifatida foydalanishdan iborat.
Fan bo'yicha talabalaming bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- adabivotshunoslik va tilshunoslikning eng so‘nggi yutuqlari asosida ilmiy ijod tabiati, xususan, badiiyatni his etish, anglash xislatlari haqida bilimga ega bo'lishi;
- mustaqillik yillari adabiyotshunosligi hamda adabiy tanqidchiligi metodologiyasi yangilanayotgani: Sharq va G'arb ilmiy-falsafiy qarashlari milliy asosda sintezlashuvi, adabiy jarayon muammolariga yangicha konsepsiyalar asosida yondashish. shakllangani, badiiy asami baholashda umumbashariy mezonlardan kelib chitjish bosh tamoyilga aylangani, ijodkor individual ma’naviy- ruhiv olami taftishiga e’tibor ortgani haqida kо ‘nikmaga ega bo'lishi;
- milliy-estetik tafakkur namunalarida adabiy hodisalami tahlil qilishdagi uslubiy turfalik ortgani, adabiy-nazariy konsepsiyani shakllantirish yodidagi izlanishlar iiod erkinligi, milliy o'zlik va o zbekona qadriyatlarga e’tibor samarasi ekanini uqtirish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Xulosa.
Mustaqil taraqqiyot yo'li mamlakatimizda ilmiy izlanishlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Ta’limning magistratura bosqichida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘qitishning joriy qilinishi bosh filologlar ijodiy faoliyatini qollab quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun sharoit yaratish va ijod mahsullarini rag'batlantirish yo'lidagi dadil qadam bo‘ldi.
Bir necha yillar davomida ushbu fan predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o'rganiladigan asosiy masalalar mazmun-mohiyatini aniqlash, ilmiy bilish, metod, metodologiya, metodika tushunchalari mohiyatini anglash, ilmiy faoliyatning nazariy asoslari, tamoyillarini tayin etish, ilmiy tadqiqot tiplari va metodologik yondashuvlari: bilish, jamiyatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida isloh qilingan iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlarning tabiiy va ijtimoiv fanlarga ta'sir masalalarini yoritishdek dolzarb masala sof falsafiy negizlarda yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |