Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi “Matematika” yo’nalishi I kurs talabasi Xudoynazarov Ramazonbekning 2021-yil fevral oyi
Hisoboti
I semester bo`yicha yakuniy imtihonlarni o`z vaqtida topshirib, I semestrga mo`ljallangan dissertatsiya va hujjat ishlarimni o`z vaqtida yakunladim.
II Semestr boshlanishi bilan Matematika ta`lim yo`nalishi magistrantlari ikki kafedraga ajraldi. ,,Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedrasiga bo`lindi. Men “Algebra va geometriya” kafedrasiga o`tdim. Magistrlik dissertatsiyam bo’yicha F.m.f.d (Phd) Choriyeva S. ilmiy rahbarim bilan har haftada uch kun ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha uchrashib, kerakli maslahatlar va yo’nalishlar bo’yicha ko’rsatmalar olib bormoqdaman.
Ilmiy rahbarim F.m.f.d (Phd) S.Choriyevaning tavsiyasiga asosan men magistrlik dissertatsiyasini “Elliptik tipdagi tenglamalar uchun nolokal masala” mavzusi bo’yicha bajarmoqdaman va mavzu bo’yicha ilmiy adabiyotlar to’plash ishlari bilan shug’ullandim. Ilmiy adabiyotlar bilan tanishib ulardan kerakli ma’lumotlarni konspekt qilib olmoqdaman.
Magistraturada o’qish jarayoniga kirib dars jadvali bo’yicha mashg’ulotlarga qatnashish ritmiga kirishib olib, har kunlik vazifalarni to’liq bajarishga o’rganib bormoqdaman.
Magistr: Xudoynazarov R.R
Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi “Matematika” yo’nalishi I kurs talabasi Xudoynazarov Ramazonbekning 2021-yil mart oyi
Hisoboti
Ilmiy rahbarim F.m.f.d (Phd) S.Choriyevaning tavsiyasi asosida kerakli adabiyotlar bilan tanishish jarayonida dissertasiya mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan ilmiy tajribalar usullari tavsifi va ish prinspini to’liq o’zlashtirib olish uchun albatta ular haqidagi barcha ma’lumotlarni maxsus daftarga konspekt qilib olmoqdaman.
Semestr davomida bizga “Abstrakt algebra”, “Li algebrasi” va “Assotsiativga yaqin bo`lgan halqalar” fanlari o’tildi. Bu fanlardan biz 1-kurs magistrlariga fakultetimizning eng yetakchi o’qituvchilari dars o’tdilar. Men bu ustozlarimiz berayotgan bilimlarni chuqur o’zlashtirdim hamda ularni o’zimga o’rnak deb bilib ularni ortidan borishga harakat qilaman.
2021-yil ilmiy rahbarim F.m.f.d (Phd) S.Choriyeva yordamida o’z mavzuyim doirasida ilmiy izlanishlar olib bordim. Ilmiy rahbarim ko’rsatmalariga binoan disertatsiya mavzusi bo’yicha turli xil adabiyotlardan foydalangan holda ilmiy izlanishlar olib bordim.
Magistr: Xudoynazarov R.R
Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi “Matematika” yo’nalishi I kurs talabasi Xudoynazarov Ramazonbekning 2021 –yil aprel oyi
Do'stlaringiz bilan baham: |