Dissertatsiya ishining dolzarbligi: Zamonaviy elektronikada belgilangan xossalarga ega bo‘lgan funksional materiallarni nanomasshtabda, aniq shakl va o‘lchamda yaratish dorlzab vazifa xisoblanadi. Bundan tashqari, belgilangan xossalarga ega bo‘lgan materiallarni tartiblangan xolda, belgilangan taglikda o‘stirish electron qurilma va tizimlarning asosini tashkil etadi. Odatda bunday tartiblangan, nanoo‘lchamli material va tizimlarni yaratishda nanolitografiya usullarida keng qo‘llaniladi. Lekin, o‘zining murakabligi va o‘ta yuqori tannarxi tufayli bunday nanolitografiya usullarini keng qo‘llash imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun, nanomateriallarni sintezlashda nanolitografiya usullariga muqobil sifatida kamxarj, sodda va qulay usullarni tadqiq etish xozirgi nanotexnologiyaning asosiy vazifalarida biri xisoblanadi.
Nanoporali Al2O3 membranalari nanoo‘lchamdagi kompozitlarni yaratish uchun ajoyib matritsa hisoblanadi [2,3], bunga diametr hamda nanopralar orasidagi masofa bo‘yicha nanopralarning doimiy strukturasi tufayli erishiladi. Uning asosida yangi magnitli [23], katalitik [5] va optik [24] hossalarga ega bir jinsli nanoo‘lchamdagi metal va yarim o‘tkazuvchan strukturalar [4] muvaffaqiyatli yaratilmoqda. Alyuminiy oksidi nanopralariga materiallarni cho‘ktirish uchun elektrokimyoviy cho‘ktirish, gazli fazadan kimyoviy cho‘ktirish, molekulyar qatlamlashtirish usuli, zol-gel va boshqalar kabi turli хil usullar qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda turli materiallar plyonkalarining sintez jarayonlari faol o‘rganilmoqda (CdS, CuS, Ag2S, In2S3 [1], ZnS, CdS/ZnS [25] kabi materiallar). Ushbu usul boshqa yarim o‘tkazgichli materiallarni etishtirish usullariga qaraganda o‘zining oddiy va arzonligi bilan ajralib turadi va davomiylik, cho‘ktirishlar miqdori, ionlar kontsentratsiyasi, eritmalar harorati va rN kabi turli parametrlarning o‘zgarishi hisobiga o‘sish tezligini chuqur nazorat qilish imkonini beradi [7].
Elektrokimyovy cho‘ktirish o‘tkazuvchan material bilan nanopralarni to‘ldirishning hamda yuqori uzunlikdagi nanosimlarni olishning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Ushbu usulning afzalligi shundan iboratki, bunda elektronlar ko‘chishi yuqori o‘tkazuvchanlikka ega kanallar orqali sodir bo‘ladi. Struktur analiz shuni ko‘rsatdiki, ushbu usul yordamida olingan nanosimlar zich bo‘lib, CVD kabi boshqa cho‘ktirish usullariga nisbatan yaхshi kristal strukturaga egadir. Bundan tashqari, elektrokimyoviy cho‘ktirish usuli o‘tib ketgan zaryad miqdorini hisobga olgan holda nanosimlar uzunligini nazorat qilish imkonini beradi.
Nanosimlar diametriga uzunligini nisbati bo‘yicha olingan kattalik nanosimlarning optik hossalarini aniqlab beradi va bunday nazorat so‘zsiz amalga oshirilishi kerak [24, 26]. Bundan tashqari turli metallar qismlaridan tarkib topgan nanosimlarni olish imkoni mavjud bo‘lib, bunda kerakli metallar tuzlarini saqlovchi elektrolitda potentsialni boshqarish orqali kerakli ketma-ketlik bo‘yicha amalga oshiriladi [27].
Do'stlaringiz bilan baham: |