2. Миллий ғояни ривожлантиришда оммавий ва сиёсий
ташкилотларнинг аҳамияти.
Davlat, nodavlat tashkilotlarning o‘rni. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish» g‘oyasini bugun amalga oshirish ma’lim ma’noda mafkuraviy ishlarimizning qat’iy tizimi doirasiga bog‘liq. Shuningdek, o‘qitish texnologiyasi, darslik, ijtimoiy fan salohiyatiga, ularni amalga oshirish omillariga bog‘liq.Siyosiy partiyalar - o‘z faoliyati bilan fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilmaxilligiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g‘oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonda har bir partiya o‘z dasturiy qarash va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega. Har bir partiyaning o‘z dasturiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi siyosiy hayotning bosh mezonidir. Chunki xalq manfaatlari, istiqlol g‘oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir.Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat tashkilotlar mafkuraviy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi lozim.
Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog‘lab, axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot makonimizga chegara quyib bo‘lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik va buzg‘unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma’naviy olamining daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmas.Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‘lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Ana shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi.Ma’lumki, huquqiy fuqarolik jamiyatida eng muhim demokratik institutlardan biri –ommaviy axborot vositalari sanaladi. Rivojlangan demokratik tizimda “To‘rtinchi hokimiyat” deb e’tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi:
˗ birinchidan, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy islohotlarni targ‘ib va tahlil etadi;
˗ ikkinchidan, jamiyatdagi turli qatlam fikrini ifodalash barobarida ijtimoiy fikrni shakllantiradi va yo‘naltiradi. Demak, mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy yuksalishlar Ommaviy axborot vositalarining mavqei va darajasini belgilaydi. O‘z o‘rnida axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta’minlamay turib demokratik o‘zgarishlarga erishib bo‘lmaydi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq 9-sessiyasida jamiyatimiz oldidagi muhim strategik vazifalar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish hamda tamoyillarini ko‘rsatib, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdagi muhim ustuvor yo‘nalish sifatida so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ekanini shunday tahlil etadi: “Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi to‘rtinchi va o‘ylaymanki, eng muhim ustuvor yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”.Ommaviy axborot hukumat va xalq o‘rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‘yicha, nuqtai nazarini, shu yo‘ldagi Farmon, qaror va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‘z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan boxabar bo‘ladi, uni tahlil etib, o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta’minlanadi.Shu tariqa, axborot xavfsizligini ta’minlash — bu, g‘animlarimiz tomonidan mamlakatimizga nisbatan qilinayotgan axborot xurujlarining oldini olish xamda ularga nisbatan milliy axborot vositalarimiz orqali qarshi qaqshatqich zarba berish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |