Mafkura va geosiyosat


Mafkuraviy  immunitet  va  mafkuraviy  profilaktika



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/55
Sana31.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#204090
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
mafkura va geosiyosat

Mafkuraviy  immunitet  va  mafkuraviy  profilaktika.  Mafkuraviy  ta‘sir va 

tahdidlar  haqida  gap  ketar  ekan,  ularni  aniqlash,  baholash  xususiyatlarini  yaqqol 

ko‘rsatish  uchun  O‘zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  tomonidan  ilmiy  muomalaga 

bir  qator  tushunchalar  kiritilganligini  qayd  etish  lozim.  Ular  qatorida  ―mafkuraviy 

immunitet‖,  ―mafkuraviy  profilaktika‖  kabilar  bor.  Ana  shu  tushunchalar 



oydinlashtirilganda 

hozirgi 


dunyoda 

kechayotgan 

mafkuraviy 

jarayonlarning 

xarakterini  yanada yaqqolroq tasavvur qilish  imkoni  tug‘iladi.   

Hozirgi  kunda  Yer  yuzining  turli  mintaqalari  xalqlarining  ongi  va  qalbi  turli 

g‘oyalarni  sinash  maydoniga,  boshqacha  aytganda  mafkuraviy  poligonga 

aylantirilmoqda.  Xo‘sh,  mafkuraviy  poligon  deganda  nimani  tushunamiz?  Polygon 

(grekcha  serqirra  degan  ma‘noni  bildiradi)  harbiy  termin  ekanligiga  o‘rganib 

qolganmiz.  Odatda  polygon  deganda  qurol-aslaha  va  texnikani  sinash,  qo‘shinlarni 

harbiy  tayyorgarlikdan  o‘tkazish  yoki  harbiy  sohada  mashq  va  tadqiqotlar olib borish 

uchun mo‘ljallangan  maxsus maydon tushuniladi.   

Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  tarixga  nazar  tashlasak,  o‘zga  hududlarni 

zabt  etish  maqsadida  ishlatiladigan  urush  qurollari  uzluksiz  takomillashib  borganini 

ko‘ramiz.  U  nayzalardan  toki  avtomatik  qurollargacha,  zambaraklardan  to  yer 

yuzining  har  qanday  nuqtasiga  bexato  yetib  boradigan  qit‘alararo  ballistik 

raketalargacha  bo‘lgan  uzoq  takomil  yo‘lini  bosib  o‘tdi.  Bu  qurollar  bosib  olinishi 

kerak  bo‘lgan  aholisini  jismonan  yo‘q  qilishga  qaratilgan  edi.  Bugungi  kunda  esa, 

o‘zga  hududlarni  zabr  etish  uchun  ularning  aholisini  yo‘qotish  shart  emas.  Zero, ongi 

va  shuuri  zabt  etilgan,  qarash  va  kayfiyatlari  ―ma‘qul‖  yo‘nalishga  o‘zgartirilgan  aholi 

ko‘magida  har  qanday  boylik,  tabiiy  resurslarga  egalik  qilish  mumkin  bo‘lib 

qolmoqda.  

Mafkura  poligonlarida  sinovdan  o‘tayotgan,  mohiyatan  g‘ayriinsoniy 

bo‘lgan  g‘oyalarga  qarshi  tura  olish  uchun  aholida  mafkuraviy  immunitet  hosil  qilish 

lozim.  Immunitet  (  lotincha  immunitas–  ozod  bo‘lish,  qutilish  ma‘nosini  bildiradi) 

deganda  organizmdagi  mo‘tadillikni  saqlab,  uni  turli  tashqi  ta‘sirlardan, 

infeksiyalardan  himoya qilishga  qodir bo‘lgan muhofaza tizimi  tushuniladi. 

Avvalo,  insonning  ko‘plab  xususiyatlari  tug‘ma  bo‘lsa,  mafkuraviy 

immunitetni  shakllantirish  zarur bo‘ladi. 

Ikinchidan,  u har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. 

Uchinchidan,  immunitet  tizimi  shakllangandagina  mafkuraviy  dahlsizlikni 

ta‘minlash  mumkin  (immunitetga  ega  bo‘lmagan  chaqaloqning  uzoq  yashay 

olmasligini  eslaylik). 

Mafkuraviy  immunitet  tizimi  o‘z  ichiga  nimalarni  oladi?  Mafkuraviy 

immunitet  tizimining  asosiy  va  birinchi  unsuri,  bu  bilimdir.  Ammo,  bilimlar  ko‘p. 

Masalan,  buyuk  davlatchilik  shovinizmi  yoki  agressiv  millatchilik  mafkurasi  va 

amaliyoti  tarafdorlari  ham  muayyan  ―bilimlar‖ga  tayanadilar  va  uni  boshqalarga 

singdirishga  harakat  qiladilar.  Shunday  ekan,  bir  tomondan,  mafkuraviy  immunitet 

tizimidagi  bilimlar  ob‘yektiv  bo‘lishi,  voqelikni  to‘g‘ri  va  to‘liq  aks  ettirishi,  inson 

ma‘naviyatining  boyishiga  va  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qilishi  lozim.  Ikkinchi 

tomondan,  bu  bilimlar  o‘z  mohiyat  e‘tiboriga  ko‘ra,  Vatan  va  xalq  manfaatlari, 

umuminsoniy  qadriyatlar  ustuvorligi  bilan  uzviy  bog‘liq bo‘lmog‘i kerak.  

Mafkuraviy  immunitet  tizimining  ikkinchi  asosiy  qismi  ana  shunday  bilimlar 

zamirida  shakllanadigan  qadriyatlar  tizimidir. 

Mafkuraviy  immunitet  tizimini  shakllantirishda  mafkuraviy  profilaktikaning 

o‘rni  katta.  U  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  yot  g‘oyalarning  kirib  kelishining  oldini  olish  va 

ularni  yo‘qotishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  majmuini  o‘z  ichiga  oladi.  Demak, 

mafkuraviy  profilaktika  xilma-xil  shakllarda  ijtimoiy  institutlar  tomonidan  amalga 




oshiriladigan  g‘oyaviy-tarbiyaviy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ma‘naviy  ishlar 

majmuini,  bu sohada to‘g‘ri tashkil etilgan  ta‘lim-tarbiya  tizimini  qamrab oladi.  

 

 

 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish