Madhiya, Gimn asosan davlat yoki kishini madh etish uchun yaratilgan musiqa hamda so'z ijrosida yaratilgan asar. Madhiya



Download 30,55 Kb.
bet2/4
Sana01.08.2021
Hajmi30,55 Kb.
#134831
1   2   3   4
Bog'liq
Madhiya

1.“Madhiya va milliy g’urur”mavzusida ma’ruza

2.“Madhiyamiz ijro etiladigan holatlar” mavzusida ma’ruza.

Bilim yurti majlislar zalida 10 dekabr kuni “Madhiyamiz – g’ururimiz timsoli” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi tinglandi. Shundan so’ng tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari M.Qosimov kirish so’zi bilan ochib, yig’ilganlarni Madhiyamiz qabul qilinganligining 26 yilligi bilan muborakbod etdi va Davlat madhiyasining qabul qilinishi, uning muallif va bastakorlari, madhiyamiz qo’yilganda barchaning to’lqinlanib ketishi, xalqaro musobaqalarda g’oliblikni qo’lga kiritganida davlatimiz madhiyasi yangrashi va bayrog’imizning baland ko’tarilishi haqida va boshqa qiziqarli ma’lumotlarni etkazdi.

Tadbir davomida so’zga chiqqan bilim yurti o’qituvchisi Xoliqov Nurullo mavzu yuzasidan shunday dedi: “Serquyosh, hur o’lkam, elga baxt, najot”. Ushbu haroratli so’zlar bilan boshlanuvchi O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, boshimiz uzra muazzam bayrog’imiz hilpiraganda, qalbimizning tub-tubida g’urur paydo bo’ladi, hurmat-e’tibor kuchayadi, faxr-iftixor hissi jo’sh uradi.

Yurt istiqboli, el-ulus iqbolini tarannum etuvchi bu dilxush sado kuchimizga kuch qo’shib, har birimizni bunyodkorlik ishlariga undayveradi.

...Bilasiz, inson salomatligi etmish ikki tomirdagi qon aylanishining mo’’tadilligi bilan baholanadi. Binobarin, uning jamiyatdagi obro’-e’tibori, odamiylik qiyofasi ham ikki mezonda chamalanadi — Iymon va Vijdon. Zero, iymon-e’tiqodi butun odam ezgulikka moyil bo’ladi. Har doim yon-atrofdagi kishilarga, demakki, yurtiga, Vataniga xizmat qilishni o’zining insoniylik burchi deb biladi. Vijdon uyg’oqligi esa kishida sergaklik, o’zi tug’ilib o’sgan yurtiga taalluqli har qanday jarayonga daxldorlik hissini tarbiyalaydi. Davlat ramzlari ham vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, jonajon yurtni dildan sevishga chorlovchi muhim vositadir.

1992 yil 10 dekabr. Ushbu sana tarixga mustaqilligimizni mustahkamlash davrining muhim voqeligi sodir bo’lgan kun sifatida kirdi. Negaki, mazkur kunda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining huquqiy maqomini belgilovchi Qonun qabul qilindi.

Madhiyamiz mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi, davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yo’lida fidokorona mehnatni tarannum etadigan istiqlol ramzidir. Shu bois qutlug’ taronaning har bir satri qalbimizga cho’g’ soladi, dunyoda hech kimdan kam emasligimizni bot-bot yodga solib turadi.

Shundan so’ng so’z navbati 1 bosqich talabasi Ochildiev Mahmudjonga berildi. M.Ochildiev o’z ma’ruzasida shunday dedi:Barchalaringizga ma’lumki Davlatimizning bir qancha ramzlari bor. Bular: Davlat bayrog’i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasidir. Davlat madhiyasi haqida so’z yuritamiz. Davlat madhiyasi — davlat gerbi va davlat bayrog’i bilan bir katorda davlat rasmiy ramzi hisoblanadigan she’riy-musiqiy tantanavor asar, gimn. U asosan tantanali yig’ilishlar vaqtida, jamiyat hamda muhim davlat ahamiyatiga molik voqealarni nishonlash yuzasidan o’tkazilayotgan marosimlarda, xalkaro sport musobaqalarida g’oliblarni mukofotlash chog’ida va hokazolarda ijro etiladi. Uzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ning matni va musiqaviy tahriri Abdulla Oripov so’zi, Mutal (Mutavakkil) Burhonov musiqasi O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi qonuni bilan tasdiklangan. Shu qonunda Uzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan bog’liq talab va qoidalar belgilab qo’yilgan. Barchalaringiz Davlat ramzlari to’g’risida chuqur bilim va malakaga ega bo’lishingiz shart.

Shundan so’ng so’zga chiqqan 1 bosqich talabalari Ahrorov Jamshid va Majidxonov Musoxonlar O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini aytib berdi va jumladan shunday dedi: O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi mustaqillikka e’tiqodni targ’ib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yo’lida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, tashabbuskorlik va kurashga chaqiradi, milliy g’ururni uyg’otadi. Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda matn bilan ifodalaydi.

O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, atoqli bastakor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz jahon uzra mustaqil O’zbekistonning ovozi sifatida yangrab kelmoqda.

Umuman, bu ulug’vor qasidani tinglaganda, kuylaganda beixtiyor eng jo’shqin, umidbaxsh tuyg’ular junbushga keladi. Ko’z oldimizda ezgu niyatlari o’ziga esh xalqimiz, ona-Vatanimizning tarovati, boy tarixi, saodatli buguni va buyuk kelajagi namoyon bo’ladi.

Shukrki, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, totuvlik hamda inoqlik, birdamlik va hamjihatlik hukm surayotir. Vatanimizning kuch-qudrati, salohiyati, obro’-e’tibori ham tobora yuksalayapti. Eng muhimi, ozod yurtimizning hech kimdan kam bo’lmagan farzandlari kelajakka qat’iy ishonch bilan yuksak marralar sari dadil odimlamoqda.

Demak, istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va yorug’ istiqbolni sharaflovchi madhiyamiz asrlar osha yangrayveradi. Ma’naviyat soati yakunida yig’ilganlar bilan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazildi. Ma’ruza va muzokaralar yuzasidan yig’ilish




Download 30,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish