Madaniyat va san'at sohasidagi faol va nofaol terminlar reja



Download 22,65 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2022
Hajmi22,65 Kb.
#798555
1   2
Bog'liq
MADANIYAT VA SAN\'AT SOHASIDAGI FAOL VA NOFAOL TERMINLAR

7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilingan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi talab qilinadi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. O‘zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslanar edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi.
Korxonalarda ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘tish qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning sabablaridan biri davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tegishli qo‘llanmalar, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchisi, bu sohada hali mutaxassislar tayyorlashga kirishilmaganligi, ishlab turgan mutaxassis xodimlarning hujjatchilik bo‘yicha malakasini oshirish borasida yetarlicha ish qilinmayotganidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrda imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida “Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda” deb ta’kidlanib, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan:
Muloqot tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Muloqot deganda uning og‘zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo‘lishidagi jarayonlar, ya’ni so‘zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Har bir kishining muloqoti individual, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo‘lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo‘ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog‘liqdir. Muloqotda kishining o‘y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo‘ladi. Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo‘ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o‘y – hayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo‘lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
Muloqot madaniyati, muloqot odobi – 1) og‘zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg‘u, so‘z qo‘llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari) ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o‘rganuvchi bo‘limi. G‘arb tilshunoslishida umumiy ma’noda “til madaniyati” termini ham qo‘llanadi. 1 – ma’nodagi “muloqot madaniyati” tushunchasi adabiy tilni o‘zlashtirishdagi ikki bosqichni qamrab oladi: a) nutqning to‘g‘riligi va b) nutqiy mahorat. Nutqning to‘g‘riligi muayyan tilda so‘zlovchilar va yozuvchilar tomonidan “ideal” yoki umum tomonidan qabul qilingan va an’anaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy me’yorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy me’yorlarga amal qilish, balki o‘zaro mavjud bo‘lgan variantlardan mazmunan eng to‘g‘ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng maqbuli va ifodalanishini tanlab olish mahoratidir (mas., aka – oka – ako; kelyapti – kevotti – kelopti variantlaridan birining adabiy me’yor sifatida tanlanishi).Yuksak muloqot madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madaniyatini, tilga nisbatan ongli mehr – muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til me’yoridir. 2 – ma’nodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol ta’sir ko‘rsatish maqsadida (tilning barcha sathlarida) ob’ektiv til me’yorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda o‘rganishdir. Zamonaviy muloqot madaniyati nazariy va amaliy fan bo‘lib, u til amaliyotiga ta’sir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik bo‘limlarining yutuqlari va xulosalarini umumlashtiradi. Muloqot madaniyati nazariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb e’tirof etiladi; badiiy adabiyot tili o‘zining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuqlari va an’analarini mustahkamlaydi va boyitadi.
Muloqot madaniyati ijtimoiy hodisa bo‘lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog‘liq holda taraqqiy etadi. Jamiyat a’zolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Muloqot madaniyati qoidalari va me’yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Muloqot madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san’at, radio, televidenie va davriy matbuotning alohida o‘rni bor. Ayniqsa, adabiy tilni me’yorlashtirish va Muloqot madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, o‘quv va boshqa maxsus lug‘atlar muhim ahamiyatga ega. 15 – a.dayoq o‘zbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning o‘ziga xos me’yorlari bo‘lgan – Alisher Navoiy o‘zining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan o‘z davri Muloqot madaniyatiga, muloqot odobiga mislsiz hissa qo‘shgan bo‘lsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham o‘sha davr tili va Muloqot madaniyati ma’lum darajada aks etgan. “Yaxshi so‘z – jon ozig‘i”, “Bug‘doy noning bo‘lmasa ham, bug‘doy so‘zing bo‘lsin”, “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir”, “Har neni emak – hayvonning ishi, har neni demak, – nodonning ishi”, kabi maqol va hikmatli so‘zlarning paydo bo‘lishi ham o‘zbek xalqida Muloqot madaniyatiga avvaldan e’tibor kuchli bo‘lganidan darak beradi.
O‘tgan asarning 20 – y.laridan so‘ng o‘zbek tilining Muloqot madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til me’yorlariga asoslanadi. Bu me’yorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T.N.Qori Niyoziy, S.Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adib-u shoirlar (Qodiriy, Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qo‘shdilar.
O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yozuvlardan foydalanib keldi. Miloddan oldingi asrlardanoq ajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli yozuvlarda bitib qoldirganlar. Markaziy Osiyo eng qadimgi madaniyat va ma’rifat o‘choqlaridan biridir. Bu hududda yashagan xalqlar juda qadimdan yozuv madaniyatiga ega bo‘lganlar. Arxeologik tekshirishlar Xorazmda yashagan xalqlar eramizning boshlaridayoq (III asr) ancha rivojlangan yozuv sistemasiga ega ekanliklarini isbotlab berdi. Tojikiston hududidagi Mug‘ tog‘ida (Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida) qazuv ishlari (1933-yil) VIII asrda so‘g‘d yozuvida bitilgan qimmatli hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Sibirda, Mo‘g‘ulistonda, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning turli joylarida ikki xil turk yozuvi yodgorliklari topildi. Bu yozuv yodgorliklari, keyin aniqlanishicha, qadimgi turk va qadimgi uyg‘ur yozuv yodgorliklari bo‘lib chiqdi. Bu yozuvlarning ahamiyati juda kattadir. Turk xalqlarining tarixi uchun ham, turk tillari tarixi uchun ham bu yodgorliklar g‘oyat qimmatlidir. Shu bilan birga bu yozuvlarning etnografik ahamiyati ham bordir. Qadim zamonlarda turk xoqonlarining qabriga o‘lgan kishining tarjimai holi, qilgan ishlari, olib borgan urushlarini aks ettiruvchi bitik toshlar qo‘yar ekanlar. Shuningdek, bu yozuvlar qadimgi turk davlatining qurilishi, ijtimoiy tuzumi haqida ham ancha yaxshi tasavvur beradi.
Qadimgi turk yozuvi yodgorliklari dastlab Enasoy va O‘rxun (Shimoliy Mo‘g‘uliston) daryolari bo‘ylarida topilganligi uchun ularni O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb atadilar. Keyinchalik bu yozuvlar G‘arbiyYevropa run yozuvlariga o‘xshash bo‘lganligi uchun ularni runik yozuvlar nomi bilan ham yurgizdilar. Runik yozuvlar (“O‘rxun-Enasoy” yozuvlari) alfavit (fonetik) yozuvning ancha takomillashgan turidir. Bu yozuvlarda tilda mavjud bo‘lgan har bir tovush uchun maxsus belgi qo‘llangan. 28 tovushni ifoda etish uchun alohida belgilar olingan. Shu jumladan, to‘rtta belgi unli tovushlar uchun (a-a.., i-i, o‘-u, o-u) ishlatilgan. Bundan tashqari, til oldi va til orqa (yumshoq-qattiq) d, y, l, n, q, s, t, r tovushlari uchun har biriga alohida-alohida belgilar (16 harf) ishlatilgan; shuningdek, (lt, nt, nch) tovush birikmalari uchun ham alohida belgilar olingan. Bundan tashqari, ko‘pgina tovushlarning ifodasi bir necha shaklga ega bo‘lgan. Shunday qilib, runik yozuvlarda hammasi bo‘lib 72 belgi qo‘llangan.
XIX asr oxirlarida, runik yozuvlardan tashqari, Sharqiy Turkistonda uyg‘ur yozuvi yodgorliklari ham topilgan, keyinroq uyg‘ur yozuvi yodgorliklari ham Markaziy Osiyoda topildi. X-XV asrlarda yaratilgan bu yodgorliklarning ko‘pchiligi eski o‘zbek tilida yozilgan. Qadimgi uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng eskisi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asaridir (“Vena nusxasi”). Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” asari, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, “Me’rojnoma” (XIV asr), Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari, To‘xtamishxon va Temur Qutlug‘ning yorliqlari mana shu uyg‘ur alifbosida bitilgan. \Ma’lum tarixiy sabablarga ko‘ra, arab alifbosi Markaziy Osiyo xalqlarining yozuvlarini asta-sekin siqib chiqardi. Lekin bir qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga Markaziy Osiyo xalqlarining (turk xalqlari va tojiklarning) yozuvlari ham ishlatilganligi ma’lum. Bizning davrimizgacha yetib kelgan “Qutadg‘u bilik” (XI asr), “Hibatul-haqoyiq” (XII asr) asarlarigina emas, balki XIV-XV asrlarda yaratilgan ayrim yodgorliklarning ham uyg‘ur yozuvida bitilganligi, hatto “Oltun yorug‘” yodgorligining XVII asr oxirlarida yozilganligi uyg‘ur alfavitining juda uzoq davrlargacha saqlanib kelganidan darak beradi.Qanday bo‘lmasin, arab yozuvi mahalliy xalqlarning tiliga mos kelishkelmasligidan qat’i nazar, islom dini kirgan joylarda keng tarqalgan.Arab yozuvida bitilgan eng eski turk tillari yodgorligi (“Qutadg‘u bilik”ning uch nusxasidan ikkitasi, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari) XI asrga taalluqlidir. O‘zbek xalqi bunyodga kelgandan beri yaratilgan yodgorliklarning deyarli hammasi mana shu arab alfavitidadir. O‘zbek xalqi tarixida yaratilgan juda ko‘p yodgorliklarni har tomonlama o‘rganish, umuman, xalqimiz madaniyatini, adabiyotini, tarixini o‘rganish uchun arab yozuvini bilishimiz zarur bo‘ladi. Arab alifbosiga asoslangan yozuv xalqimizning ming yillik tarixi davomida qo‘llanib keldi va 1930-yili lotin alifbosi bilan almashtirildi. 1940-yilda esa rus alifbosiga o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zbek tilining tovushlar tizimi, ohangdorligi va jilosini to‘la ifodalay oladigan yozuvga-alifboga o‘tish zaruriyati tug‘ildi.1993-yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Bu alifbo 31 harf va 1 tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbodagi ba’zi harflar jahon aloqa-aralashuv (kommunikatsiya) tizimiga kirishimizda ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirish mumkinligi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6 - mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildi. Qarorga binoan, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 harf va 3 harflar birikmasidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbo asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli qaroriga ilova tarzida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlanib, unli harflar bilan tovushlar mutanosibligi, asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi 1995- yil 24- avgustda 339-sonli qaror bilan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi. Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farq qiladi. Jumladan, tovush – harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni ko‘rsatuvchi arabcha raqamlarga ham tatbiq etilgan va boshqalar. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan geografik nomlar (Qoratog‘), sifat va atoqli otlardan tuzilgan geografik nomlar (Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalar ancha ixchamlashgan. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishidagi holat alohida izohlangan; men, sen olmoshlariga -ni, ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmasligi va yozilmasligi aniq qilib tushuntirilgan va hokazolar.

Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.

  2. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.

  3. Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.

Download 22,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish