4. Hozirgi bosqichda O’zbekistonda madaniy hayot
Mustaqillik eng ulug’ va eng aziz ne’mat. Ozodlik, hurriyat, erkinlik. Bu oiliy tushunchalarni yurakdan his qilish, anglab yashash – buyuk saodat.
Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosni tarixiy-me’moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayapti.
Mustaqil rivojlanish yillarida tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo’lga kiritdi. Buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o’zgarib, jahon hamjamiyatidagi o’rni va nufuzi yuksalib bormoqda.
“Pathcon-Assas Paris 11” Universiteti professori Jek Baraning ta’kidlashicha, madaniy va ma’naviy merosga, iqtisodiy, sayyohlik va inson salohiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston mamlakatini modernizatsiya qilish va demokratik yangilash yo’lidan shahdam borib, xalqaro munosabatlar tizimida alohida o’rin tutgan holda, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda degan edi. Parij shahrida joylashgan Fransiya Geografiya jamiyatida O’zbekistonda olib borilayotgan demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar hamda dolzarb mintaqaviy muammolarga bag’ishlangan anjumanda:
Yurtimizda madaniyat va san’at, jumladan, musiqa rang-barangligini ta’minlash doimiy etiborda. Zero, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida milliy san’atimizni taraqqiy ettirish bilan bir qatorda, jahon san’atining ilg’or namunalarini ijodiy o’zlashtirgan va rivojlantirgan.
Mustaqillik yillarida zamonaviy O’zbek san’ati dunyo miqyosida yanada yuksak obro’ va e’tibor topayotganda iqtidorli yoshlarimizning xizmati kattadir, iste’dod egalarining baland parvozida ijodkor yoshlarni qo’llab quvvatlash mamlakatimizning davlat siyosatiga aylangani muhim ahamiyat kasb etdi.
Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o’tgan murakkab rivojlanish yo’llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki qayerda davlat va jamiyat taraqqiy etsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi o’z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo’yib, yashashi uchun yetarli sharoit yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug’uladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakillantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq-ma’naviyatning shakillanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan bog’liqdir.
“Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko’z o’ngimizdan o’tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita dahldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar tarixiy an’analar, umuminsoniy, ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak”
Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo’lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligimizning ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Bizning vazifamiz – shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish kerak.
Masalaning boshqa tomoni ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to’la qonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o’choqlarini ko’paytirish va ularning sharoitini yaxshilash.
Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi o’qtuvchilar va shifokorlar madaniy muassasalardagi va boshqa sohalardagi ko’plab mutaxasislar – chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimiga e’tiborni ko’paytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |