Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik


O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi ijarayonida madaniy merosga munosabat



Download 141 Kb.
bet4/6
Sana09.07.2022
Hajmi141 Kb.
#766086
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik

3. O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi ijarayonida madaniy merosga munosabat
O’zbekiston o’z mustaqilligini mustahkamlash johon ham jamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o’zgarish – milliy g’oya-milliy mafkurani shakillantirish jarayoni kechmoqda. Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari o’ta ibratlidir: “Biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimani olib o’tishmiz mumkin? Va nimalardan vos kechishimiz darkor? Ya’ngi ming yillikda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimiz turmog’i lozim? ¹” ( I.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 1999-yil 3-bet.)
Madaniy me’ros - bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar ularni o’zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasidir. O’zlashtirish yoki aniqrog’i madaniy me’ros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatning harakatdagi siyosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo’lmaganidek o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O’tmish bilan batamom uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo’lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida “proeetar madaniyati”yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu “inqiloblar” jarayonida yangi madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo’q bo’ladi: qo’l yozmalar,kitolar, suratlar yoqildi; me’moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibatda o’tmish bilan bog’liq uzviylik jamiyat ma’nan orqaga ketdi.
Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e’tiborni qaratgan holda O’zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo’shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo’llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va fiestevallar o’tkazilishi, chet mamlakatlarning madaniy kunlari va san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish qilindi, Hind madaniyat markazi, Fransuz madaniyat markazlari ochildi. Hozirgi kunda turli xalqlarning milliy markazlari 100dan ortdi.
O’zbekiston madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslash va uning jahon madaniyatidagi o’rnini munosib baholash ishtiyoqi ham kuchli. “Mirzo Ulug’bek va uning jahon sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi” (1994) “O’zbekistonning jahonda tutgan o’rni va roli. Buxoro va jahon madaniyati”, (1995) “O’rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi” kabi mavzularda o’tkazilgan xalaqaro konfrensiya va semenarlarni ko’rsatish mumkin (1998). Ma’lumki, YUNESKO qarori bilan yer yuzida nishonlangan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzusidagi (1996) konfrensiya misolida Porij shahrida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi” mavzusida ilmiy anjuman hamda ko’rgazma bo’lib o’tdi. Bu tadbirda xalqaro jamoatchilik Amir Temur, al- Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi buyuk yurtdoshlarimizning jahon tamadduni va madaniyati rivojiga qo’shgan munosib ulushini yuksak baholashni ko’rsatdi. Milliy an’anallar va ko’hna madaniyatimiz qayta yuz ocha boshlayapti. Ulug’ ajdodlarimizni yod eta boshladik. Ularni ma’naviy merosini o’zlashtirayapmiz. Prizident I.A.Karimov o’zning asarlari va nutqlarida ma’naviyat, tarbiyaga juda katta e’tibor qaratadi, ayniqsa uning quyidagi fikrlarida buni yaqqol ko’rish mumkin.
“… Hara qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir”! (Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. “Sharq” 1998-yil 5-bet)
Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyati bir biriga yaqin tushunchalardir. Ularni ma’naviy merosi, madaniyati, mafkura va qadriyatlar tashkil qiladi.
Prizidentimiz I.Karimov qayd etganidek, “Beshafqat davr sinovlarida omon qolgan eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, butun kutubxonamiz xazinasida saqlanayotgan 20 mindan ortiq qo’lyozma ularda mujassamlashga tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, fizika, ximya, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asrlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin …”!
(Karimov.I.A “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” – Toshkent- “Sharq” 1998 2-bet)
Madaniy – ma’naviy meros o’zaro bir-biridan farq qilsada, ularning o’rtasida o’tib bo’lmas “Xitoy” devorini qo’yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat – ya’ni insonning madaniy – ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli va nazariy bilim faoliyati yotadi. Madaniy va ma’naviy meros o’rtasida umumiylik ham farqli tomonlari ham mavjud.
Madaniy meros ko’proq umumiylik ustunlik qilsa, manaviy merosda uslubiylik ustunlik qiladi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tutashmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi.
Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o’tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdadi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi.
Prizidentimiz aytganlaridek xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashga oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalari, ulug’ shoir va mutafakirlarimiz yaratgan dunyoviy va badiiy asarlar, Qur’oni Karim, hadislar yassaviy va Baqirg’aniylar yaratgan diniy axloqiy ruhidagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojiblar yaratgan aqliy, pand-nasihat turidagi asarlar Najmiddin Kubro, Baxovuddin Naqshbandiy yaratgan inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o’lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy boyligimiz hisoblanadi.
Sivilizatsiyaning o’zi insonning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichida ro’y beruvchi sifat jihatida yangi boshqichi bo’lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sizilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo’lga kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Shunday qilib, madaniyati, madaniy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va inson manaviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlod voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o’tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qatiyan kirishildi.
Mustaqilligimizning o’tgan yillarida anashu merosimizni o’zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.

  • Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat sharq balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamiyatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu-ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarishga ona yurtimizda tug’ulib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu ko’hna tuproqda milodgacha bo’lgan davrda va undan keyingi qurilgan suv inshootlari hali hanuz o’zining ko’rki tarovatini saqlab kelayotgani sari atiqalarimiz qadim-qadimdan o’lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan 4 mingdan ziyod moddiy-manaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

  • Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bungungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-mingab qo’lyozmalar, ular mujassamlashgan tarix, adbiyot, san’at,siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilk va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xoli dunyoda kamdan-kam topiladi.

  • Ota-boblarimizning asrlar davomida to’planga hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yogorliklar orasida bundan qarib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida axloqiy o’rin tutadi. Avalambor, shuni aytish joyizki, oilis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo’ri mahsuli bo’lmish bu noyob yodgorlikning zamon to’fonlarida, qanchadan-qancha og’ir sinovlarda o’tib, bizning davrimizgacha yetib kelganing o’zida katta ma’no mujassam. Bunday o’lmas asori-atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi. Misol uchun, “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo’lsa unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq holda ko’rsatilgani ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyoni shakillantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o’tkazib keganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi. Shu ma’noda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa “Alpomish” ana shu dostonning shox bayti, desak to’g’ri bo’ladi.

  • Shu boyis “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning mozorlarimizni har qanday tajavvuzdan himoya qilishga o’rgatadi.

  • Bir paytlar, aniqrog’i, o’tgan asrning 50-yillarida, milliy merosimizning ko’pgina namunalari kabi, “Alpomish” dostoni ham millatchilik ruhidagi asar sifatida qaralib, qatag’onga uchragan edi. O’sha og’ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko’rsatib, saqlab qolishga muvaffaq bo’lganliklarini butun minnatdorchilik bilan eslaymiz.

Bu o’lmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o’z iymon-e’tiqodidek asrab avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz “Alpomish” dostoni asosida tarbiya topgan, o’zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega bo’lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.
Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram-sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.

  • Ayniqsa, ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbida chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni qadriyatimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlashimiz joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shavqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan anashu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi.

  • Shu nuqtai nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli huruj va hamlalardan tuxmat va bo’xtonlardan ximoya qilish, uning asl mohiyatini unib o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi hamon dolzarb bo’lib kelmoqda. Ma’lumki, xalqimiz azaldan islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shib keladi. Bu haqiqatni jahon jamoatchiligi, butun musulmon yaxshi biladi va tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot bo’lmish islom konfrensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan Toshkent shaxrini 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganini ham anashu yuksak e’tirofning yana bir tasdig’idir.

Musulmon olamining “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuxrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo’tabar zot merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom diniga Quroni Karimdan keyingi 2-muqaddas manbaa bo’lib, ahli islom e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug’i hisoblanadi.

  • Abu Iso Muhammad Ibn Sino, Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunoni Termiziy” asari ham musulmon olamida anashunday yuksak qadrlanadi.




Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish