Abdulla Avloniy oʻzi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand boʻlishlariga harakat qildi. U bolalarga jugʻrofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan maʼlumotlar berdi. U 1907yilda “Shuhrat” deb nomlangan gazeta tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targʻib etdi. Jumladan, gazetaning birinchi sonida: “Matbuot har insonga oʻz holini koʻrsatuvchi, ahvol-olamdan xabar beruvchi, qorongʻu kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat gʻoyalarini yoyuvchidir”, deb yozgan edi. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |