17-modda.Moddiy madaniy meros obyektlari qo‘riqlanadigan tegralar
Moddiy madaniy meros obyektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari, qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari belgilab qo‘yiladi.
Muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralarining chegaralari va ularni saqlash tartibotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-228-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |