Madaminov Nuriddin Muhiddin o’g’li Toshkent 2022 mundarija kirish



Download 209,5 Kb.
bet1/7
Sana26.04.2022
Hajmi209,5 Kb.
#584098
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Inson uchun zarur ko\'nikmalar

Nizomiy nomidagi


Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Tarix fakulteti
Milliy g’oya ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo’nalishi
3- kurs 302- guruh talabasi


Madaminov Nuriddin Muhiddin o’g’li

Toshkent 2022
MUNDARIJA


KIRISH ASOSIY QISM

  1. Inson tushunchasi. Inson - tarbiyaning obyekti va subyekti.

  2. Inson shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar

  3. Insonni shakllantirishning mazmuni va yo’nalishlari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o’sib, rivojlanib, o’zgarib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik yillarida Inson ning kamol topishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Insonning shakllanishi deganda biz Inson ning hamjismoniy, hamaqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni biologik va social xususiyatlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining Inson sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol topishining samarali bo’lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, Inson kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatining ta’siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma’lumki, odam Inson sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog’liqdir. Inson hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada Inson ga aylanadi. Shu sababli Inson ni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Har bir jamiyatda Inson ning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli Inson ning shakllanishi masalalariga to’g’ri yondashish uchun Inson ning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’sir sabab va vositalarini bilish zarur.
Inson ning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, Inson faolligi (ijtimoiy omil) Inson ni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Ma’lumki, Inson , inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi. Inson ning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’ligi biologik omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqda. Harbir bola insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Bola õziningavlod-ajdodlaridan ko’pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim kasalliklar hamnasldan naslga o’tadi. Biologik omillar
Inson ning jismoniy rivojlanishiga hamta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan, sog’lom ota- onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisliklarida joriy yilning yanvar oyida o’tkazilgan yig’ilishda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Prezident o‘tgan yili saylovoldi dasturi doirasida hududlarga tashriflarda “Inson qadri uchun” tamoyilini barcha islohotlarning bosh mezoni sifatida belgilanganini ta'kidladi.
“Davlat – inson uchun” degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik. Ushbu strategiyada:
- yaqin va o‘rta istiqbolda O‘zbekistonning taraqqiyot tendensiyalari qanday bo‘ladi?
- kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi maqsad va vazifalar biz uchun eng dolzarb va ustuvor hisoblanadi?
- davlat va jamiyat hayotining barcha jabha va yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratishimiz kerak?
- keyingi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlarimiz, dastur va rejalarimizni yangi davrda qanday davom ettirishimiz, ularga qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishimiz kerak, degan savollarga chuqur va atroflicha javob berilgan", deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari xalqimiz bugungi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga katta ishonch bilan qarab, tezroq ularning samarasini ko‘rishni istayotganini ta’kidladi.
"Albatta, inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz.
Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz.
Bu maqsadga erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo‘lgan mahalla institutining katta imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g‘iniga aylantirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘ymoqdamiz.
Muxtasar aytganda, mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi",1 dedi yurtboshimiz.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Inson ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o’rab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Inson ning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko’rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Tarbiya insonning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo’lmog’i uchun tarbiyalanuvchi
jamiyatning tarbiya oldiga qo’ygan talablarini, Inson ning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani Inson rivojlanishida tarbiyaning etakchilik rolini e’tirof etish bilan birga ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini tan oladi.
Inson ning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo’lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo’ladi. Tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi- talabalarning har birini o’ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.
K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek, pedagogika fanining eng muhim vazifasi Inson rivojlanishini har jihatdan o’rganishdir va o’qituvchining ishda muvaffaqiyat qozonish sharti o’z o’quvchilarining xislat va xususiyatlarini bilishidir.

Download 209,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish