Sinxron maʻlumot uzatish.
Asinxron uzatishdan farqli oʻlaroq sinxron
uzatishda maʻlumot boshlovchi va tugatuvchi bitlar orqali emas balki maʻlumot bloklari (baytlar yigindisi) uzatiladi. Sinxron soʻzi qadimgi grekcha soʻz boʻlib,
bir vaqtda degan maʻnoni bildiradi Bunda boshlovchi va tugallovchi bitlar xar
bir bayt boshi va oxirida emas, balki xar bir blok baytlar ketma-ketligi boshi va
oxirida boʻladi. Bu bitlarning vazifasi nafaqat bloklarni bir-biridan ajratib turish,
balki uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalardagi ichki soatlar vaqtini bir xilligini
sinxron eanligini nazorat qilishdan iborat.
Bu usul juda murakkab va qimmatga tushishi sababli shaxsiy kompyuterlarda
kam qoʻllanilgan.Shungaqaramasdan, baʻzi modemlar kompyuter ketma-ket
portidan asinxron tarzda uzatilayotgan signallarni liniyaga sinxron signallar shaklida uzata oladi..
Malumot qanday va qaysi tezlikda uzatilishi ko’p omillarga bog’liq .
Malumot uzatish kanallari bilan tanishgan holda malumot uzatishga ta’sir qiluvchi omillarni ko’rib chiqaylik
Quyidagi asosiy omillarni bilish zarur ;
-Uzatish o’lchovlari ; chastota va eng yuqori – eng past chastotalar farqi ;
Liniyalarning tuzilishi ; nuqtaga –nuqta (point –to-point ) va ko’p nuqtali
Parallel va ketma-ket uzatish
uzatish yunalishlari ; simpleks ,yarim dupleks va to’liq dupleks
-uzatish rejimi ; asinxron va sinxron
-paketlar kommutatsiyasi
-Multepleksirlash
-protokollar
Uzatish parametrlari; chastota va eng yuqori eng past chastotalar farqi:
Uzatish sifati ikkita uzgaruvchiga bog’liq; chastota va chastotalar farqi. Bular xaqida oldingi mavzuda batafsil to’xtalgan edi.
simi 4000 HZ chastotada bir sekuntda bor yug’i bir kbayt malumotni uzata oladi.100 M HZ chastotali koaksial kabel shu vaqt ichida 10 M bayt. 200trilionHZ chastotali optik tolali kabel 1 G bayt malumotni uzata oladi.
Liniyalarning tuzilishi ; nuqtaga –nuqta va ko’p nuqtali .
Liniyalar tuzilishi , yoki aloqa liniyalari orqali uzatishning ikki turi mavjud; nuqtaga – nuqta va ko’p nuqtali .
nuqtai nazardan bu usulda malumot jo’natuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bevosita bir – biriga ulanadi. Masalan, terminal va markaziy kompyuter shunday ulanadi. Bu xususiy aloxida foydalanuvchiga tegishli bo’lgan malumotni saqlagan xolda bitta xususiy bo’lishi mumkin.
Ko’p nuqtali. Bu yagona liniya bo’lib, bir nechta kommunikatsiya qurilmalarini bitta kompyuterga ulaydi. Bunaqa liniyada , ko’pincha bitta qurima, masalan , terminal , xoxlagan paytda malumotni uzata (qabul qila) oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |