So‘ngra gazlar aralashmasi porolit filtr (7) orqali o‘tadi, unda g‘ovak sopol bilan filtrlab tozalanadi hamda kontakt jihozi (8) ning yuqori qismiga beriladi. Kontakt jihozidan chiqishda nitroza gazlarining harorati odatda 800°C atrofida ushlab turiladi. Yuttirgich-qozon 9 da gazlar issiqligidan suv bug‘i ishlab chiqarishda foydalaniladi va gazlar harorati 250-300°C gacha pasaytiriladi. Atmosfera bosimida olingan nitroza gazlari, foydalanish qozonidan o`tgach tarkibidagi suvni yo`qotish uchun tez suratda sovutiladi.Buning uchun nitroza gazlari suvli tez sovutgich (1) orqali o`tadi. Undan suvning ko`p qismi 3 %li nitrat kislotaga aylanib tushadi, qolgan qismi esa sovutgichda (2) kondensatlanadi, so`ngra ventilyator (3) (gaz yoki havo haydovchi,shamollatib turuvchi asbob) bilan ichida keramik halqalardan nasadkasi bo`lgan oksidlash minorasiga (4) olib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |