M. Y. Sulaymonov NamDU, o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, dotsent


“O‘zbek adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha savollar



Download 428,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.01.2023
Hajmi428,22 Kb.
#901025
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5A120101 - Adabiyotshunoslik (ozbek adabiyoti)

2. “O‘zbek adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha savollar
talaba o‘zbek mumtoz adabiyotining milliy madaniyatimiz tarixi va takomilidagi o‘rni, 
adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs hayotidagi ahamiyati, mumtoz 
adabiyot taraqqiyotining asosiy bosqichlari, mumtoz adabiy janrlarning shakllanishi va takomili, 
adabiy tasavvur va badiiy tafakkur shakllanishi davrining xos xususiyatlari, mumtoz didaktik badiiy 
ijod, dostonchilik va qissachilikning vujudga kelish omillari, tasavvufiy talqinlar va badiiy tafakkur 
yuksalishi davri adabiyotining belgilari, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti shakllanishining 
ijtimoiy-tarixiy va adabiy-estetik omillari, o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti namoyandalari, o‘zbek 
milliy uyg‘onish adabiyotiga xos yangi janrlar, o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotining taraqqiyot 
bosqichlari, xos belgilari va qonuniyatlari 
Mumtoz adabiyot
 
istilohi, uning ma’no ko‘lami. Sharq xalqlari (turkiy, arab va fors) 
mumtoz adabiyotida mushtaraklik va o‘ziga xoslik, o‘zaro ta’sir masalalari. O‘zbek mumtoz 
adabiyoti Sharq adabiyoti kontekstida. 
Mumtoz adabiyotda syujetlar va janrlarning ko‘chishi va o‘zbek mumtoz adabiyotida 
ularning barqarorlashuvi. O‘zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirish masalasi. Mumtoz 
adabiyotning shakllanishidagi asosiy omillar: mifologiya va uning yozma adabiyot taraqqiyotidagi 
o‘rni; xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyot munosabatlari, tarjima adabiyoti va mumtoz adabiyot. 
Islomgacha bo‘lgan turli diniy ta’limotlar (zardushtiylik, moniylik, buddaviylik va b.)ning yozma 
adabiyot yuzaga kelishidagi roli. 
Adabiy ta’sir masalalari. Zullisonaynlik an’analari. Turkiy va forsiy tillarda yaratilgan 
mumtoz asarlarda mushtarak adabiy tamoyil va me’yorlarga amal qilinishi. 
Turonzamin qadimgi madaniy markazlardan biri sifatida. Qadimgi davrlardan eramizning 8 
asrigacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar madaniyati, yozuvi va san’ati. Eng qadimgi og‘zaki 
adabiy yodgorliklar. Ularning asosiy manbalari. Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo xalqlariga doir 
ma’lumotlar va afsona hamda rivoyatlar.
Qahramonlik eposi. «To‘maris», «Shiroq». Xalq qissalari haqida ma’lumot. Iskandar 
to‘g‘risidagi qissalar.
Qadimgi yodgorliklarning yozuv xususiyatlari. Ieroglifik va piktografik yozuvlar. Mixxatlar 
va runiy yozuvdagi ilk manbalar. «Avesto» yodgorligi (er.av. 7 asr) zardushtiylikning muqaddas 
kitobi ekanligi. «Avesto» qadimgi mif va afsonalar majmui sifatida. Zardusht shaxsi haqidagi 
ma’lumotlar. Uning tarkibiy tuzilishi. «Avesto» adabiy manba sifatida. O‘rxun-Enasoy obidalari (6-
8 asrlar) adabiy manba sifatida. Ularning kashf etilishiga oid ma’lumotlar. Bilga xoqon yodgorligi. 
Kul Tegin yodgorligi. O‘rxun-Enasoy toshbitiklari adabiy manba sifatida. O‘rxun-Enasoy 
yodgorliklarining janr xususiyatlari: tarixiy-qahramonlik dostonlari, qo‘shiq va yig‘i janrlari. 
To‘nyuquq bitigi. Irq bitigi (Ta’birnoma) adabiy manba sifatida 

Somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar va qoraxoniylar davrida islomiy madaniyat. Hadis 


to‘plash an’anasi va unda turkistonlik buyuk muhaddislarning roli. Imom Buxoriy va at-Termiziy. 
«Al-jome’u-s-sahih» va «SHamoyili Muhammadiyya» asarlari. IX-X asrlarda arab tilining madaniy 
hayotga faol aralashuvi. 
Arab va fors tillaridagi adabiyot. Turkiy xalqlar ijodkorlarining arab va fors tillarida ijod 
etishi. Markaziy Osiyo buyuk allomalar vatani: Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy 
ilmiy kashfiyotlarining ilk uyg‘onish davriga asos solgani. 
Devonu lug‘otit-turk” – adabiy manba sifatida. Asarning yozilish maqsadi haqida Mahmud 
Koshg‘ariy. Dostonda adabiy janr namunalari: afsonalar, maqollar, marsiya va boshqa dostondagi 
to‘rtliklarning xususiyatlari, bu haqda olimlarning qarashlari. Alliteratsiyali she’r tuzilishi va 
“Devon”dagi to‘rtliklarda alliteratsiyaning mavjudligi. “Devon”da qadimgi turkiy she’riyat 
an’analari. Evropa olimlarining (A.Bombachi, P.Pelo va b.) “Devonu lug‘otit-turk”ni o‘rganishdagi 
xizmatlari.


Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodining manbalari. “Qutadg‘u-bilig” hamda ijtimoiy-siyosiy va 
falsafiy masalalar. Dostonda Yusuf xos Hojibning axloqiy va estetik qarashlari. “Qutadg‘u bilig” va 
Qoraxoniylar sulolasidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Jamiyatdagi turli toifalarga Yusufning bergan 
tavsifi. Asarda tarbiya masalalari. “Qutadg‘u bilig”da turkiy adabiyotning qadimiyligi haqida 
Yusufning ishoralari. Qadimgi sharq adabiyoti va “Qutadg‘u bilig” munosabatlari. Yusuf o‘z 
davrining zukko adabiyotshunosi va mutafakkiri sifatida. Doston janrlari: masnaviy, qasida, to‘rtlik 
va g‘azal unsurlari. Asarning bugungi kundagi ahamiyati. 
Xorazmiy hayoti va ijodining manbalari. Xorazmiyning tarjimayi holini aniqlashtiruvchi 
ma`lumotlar. O‘zbek adabiyotida noma janrining ilk ildizlari: «Qutadg‘u bilig»da dastlabki noma 
janrining ko‘rinishi. Fors adabiyotida noma janri, Faxriddin Gurgoniy (XI asr) «Vis va Romin» 
dostonida noma janriga fors adabiyotida ilk bor asos solgani.»Muhabbatnoma»ning nusxalari va 
tuzilishi. Asarda dunyoviy sevgining ulug‘lanishi. Asardagi janrlar tizimi. Noma janri rivojiga hissa 
qo‘shgan buyuk ijodkorlar: Xo‘jandiy va uning «Latofatnoma» asari, Sayyid Ahmad va uning 
«Taashshuqnoma» asari, Yusuf Amiriy va uning «Dahnoma» asari. Nomalar tuzilishidagi farqlar. 
Lutfiy hayoti va ijodini o‘rganish manbalari. Lutfiyning ijodiy faoliyati. Lutfiy va Navoiy. 
Lutfiy lirikasi, janr xususiyatlari va mavzular ko‘lami. Lutfiy lirikasida mahshuqa, zohid, raqib 
timsollari talqini. «Zafarnoma» dostoni Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sining badiiy tarjimasi 
sifatida. Dostonning g‘oyaviy mundarijasi. Husayniy – turkigo‘y shoir. Navoiy «Majolis un-
nafois»da Husayniy haqida. Husayniy devoni haqida Navoiy. Navoiyning «Munojot»ida Husayniy 
shaxsining yoritilishi. 
Bobur hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi. Shoirning hayoti va ijodiy faoliyati aks etgan 
manbalar. Bobur she’riyati. Devonining janr xususiyatlari. Badiiy mahorati.
Ilmiy va falsafiy merosi. «Aruz risolasi»da turkiy aruz masalalari. «Mubayyin» ta’limiy-
tasavvufiy asar sifatida. «Volidiyya» asarida Xoja Ahror Valiy ta’limoti.
«Boburnoma»ning janr xususiyatlari. Uning adabiy-ilmiy qimmati. Asardagi timsollar. 
Badiiy xususiyatlari. Asarning ahamiyati. 
Davr madaniy hayotiga sharh. Siyosiy hayotdagi beqarorlik va sulolalar almashinuvi. 
Adabiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari.Xonliklar markazlarida adabiy muhitning shakllanishi va 
taraqqiyoti. 
Tarixnavislik. O‘tmish tarixnavisligi va uning davom ettirilishi. Xondamirning “Habibus-
siyar” va “Siyarul-muluk” asarlari. Tarixiy asarlarning yangilanish xususiyatlari.
Tazkiranavislik. Davr tazkiranavisligining o‘ziga xos xususiyatlari. Hasanxoja Nisoriy 
“Muzakkiri ahbob” asarining ilmiy qimmati. Asarda XVI asr madaniy hayotini aks ettirish 
tamoyillari. Mutribiy, Maliho Samarqandiy, Qori Rahmatulloh Vozeh, Fazliy Namangoniy, Ahmad 
Tabibiy tazkiralari. Xoja ijodi. hayoti va ijodi. Hikoyalari. “Gulzor” va “Miftohul-adl” asarlarining 
talqini. 
Qul Ubaydiy hayoti va ijodi manbalari. Ubaydiy merosi. «Kulliyot»ining yaratilish tarixi va 
janr xususiyatlari. Shoirning she’riy janrlar takomilidagi o‘rni. Qul Ubaydiy she’riyatida lirik 
qahramon tabiati. Dunyoqarash va tariqat masalalari. Shoir masnaviylari. Ularning mavzu va 
g‘oyaviy qamrovi. Shoir merosining timsollar olami. 
Mashrab hayoti va ijodi manbalari. Mashrabshunoslik tarixidan. Tazkiralardagi ma’lumotlar. 
«Qissayi Mashrab» asarining shoir dunyoqarashi va hayotini o‘rganishdagi ahamiyati. She’riy 
merosi. Mashrab lirik merosining mavzu doirasi. Asarlarida qalandariylik tariqatining aks etishi. 
She’riyatida ilohiy ishq talqini. Timsollar olamining o‘ziga xos jihatlari.
Mashrab taxallusli shoirlar. «Mabdai nur» va «Kimyo» asarlari, ularning muallifligi 
masalasi. 
Shoir tarjimai holiga doir ma’lumotlar. «Sabotu-l-ojizin» asarida ma’rifiy masalalar. 
Ma’rifiy risolalarida naqshbandiylik ta’limotining yangilanishi. Asardagi hikoyatlar. 
Xiva adabiy muhitidagi madaniy hayot. Adabiy muhit va uning o‘ziga xos jihatlari. 
Zullisonaynlik va Navoiy an’analarining davom ettirilishi. Devon tuzish an’analarining 
takomillashtirilishi. Janrlar poetikasi. Tarixnavislik. Tarjima maktabining o‘ziga xosligi, 
takomillashuv tamoyillari. Bayozchilik, tazkiranavislik va noshirlikning taraqqiy etishi.


Abulg‘ozi Bahodirxon hayoti va ijodiy merosi. Abulg‘ozining ijtimoiy hayotdagi mavqei. 
Tarixiy asarlari. “Shajarayi tarokima” asari. Uning yozilish va o‘rganilish tarixi. Asarning ilmiy-
badiiy qimmati. «Shajarayi turk» asari qomusiy ma’lumotnoma ekanligi. Asarning o‘zbek adabiyoti 
tarixidagi ilmiy-badiiy maqomi. Timsollar silsilasi. Adib mahorati masalasi. 
“Manofeh ul-inson” asarining qo‘lyozma nusxalari. Asarning yaratilish tarixi, sabablari. 
Asarning tuzilish xususiyatlari va ahamiyati. 
Hayoti va adabiy merosi. SHe’riy devoni va bayozlar. Ularning qo‘lyozmalari. SHoir 
she’riyatining mavzu va g‘oyaviy qamrovi. Lirik qahramon tabiati. Asarlarining falsafiy asoslari. 
She’riy mahorati. «Qushlar munozarasi» asarida an’ana va yangilik. Ramziy timsollar talqini. 
«Husnu Dil» dostonining timsollar olami va ramziylik. Ularning nomlanish tarixi va talqini. 
SHoirning she’riy mahorati qirralari. 
Ogahiy hayoti va ijodi manbalari. O‘rganilish tarixi. Shoirning adabiy-ilmiy merosi. 
«Ta’vizu-l-oshiqin» devoni. Qo‘lyozma nusxalari. Devonda debochaning o‘rni. Janrlar tarkibi. 
Mavzular doirasi va g‘oyaviy ko‘lami. Shoirning timsol qo‘llash mahorati. She’riyatida Alisher 
Navoiy ijodiga munosabat. Devondagi asarlar badiiyati.
Ogahiy – tarixnavis. Tarixiy asarlarining qomusiy tabiati haqida. Ularning ilmiy va badiiy 
qimmati. Xorazm tarjima maktabida Ogahiyning o‘rni. Tarjimalarining ahamiyati. 
Qo‘qon xonligidagi madaniy hayot. O‘rganilishi. Adabiy muhitning shakllanishi va o‘ziga 
xos xususiyatlari. Amiriyning adabiy muhit asoschisi va rahnamosi sifatidagi maqomi. Janrlar 
poetikasi. Adabiy muhitda xalq og‘zaki ijodiga munosabat masalasi. Tarixnavislik, she’riyat, nasr, 
matbaa ishlari, adabiy hamkorlikning noyob mahsullari yaratilishi.
Tazkiranavislikning yangi shakllari. Fazliy Namangoniy rahbarligida tuzilgan tazkira. 
«Majmuai shoiron»ning o‘zbek adabiyoti tarixidagi o‘rni. Tuzilishi va janrlar tarkibi. G‘oziy ijodi. 
«Yusuf va Zulayxo» dostoni. Satirik va yumoristik asarlar. Maxmur adabiy merosi.
Amiriy hayoti va ijodi manbalari. O‘rganilish tarixi. Adabiy maktab asoschisi ekanligi. 
Tarjimai holi. Amiriy devoni. Devon qo‘lyozmalari. Asarlarining ko‘lami va janr xususiyatlari. 
Devonda debochaning o‘rni. She’rlarining mavzu doirasi va g‘oyaviy qamrovi. An’ana va yangilik. 
Timsollar olami. Lirik qahramon tabiati. Badiiy mahorati.


Download 428,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish