Sifat so‘z turkumi
Mehnat – inson ziynati
Mehnat insonning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, hayot kechirishining asosiy shartidir. Mehnat tufayli inson o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi.
Inson tabiatan mehnatkash. U mehnat bilan o‘zining iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat jarayonida insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi oshib, u o‘z-o‘zini jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib boradi.
Mehnat insonni ulug‘laydi, yashashga, go‘zallikka ilhomlantiradi. Chuqur bilim, aql bilan egallangan mehnat malaka va ko‘nikmalari toshga o‘yib yozilgan san’at asariga o‘xshaydi. Bunday kamolotga erishganlar mehnatda toblangan, el-yurt va oilasida obro‘-e’tibor qozongan, o‘z mehnati bilan bir qatorda o‘zgalar mehnatidan rohatlanadigan, uni qadrlaydigan insonlar hisoblanadi. (94 so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |