III-BOB. ORGANIZM VA TASHQI MUHIT
16-§ . Ekologik omillar
1.Abiotik-a, biotik-b, antropogen-c omillarni toping.
1.yorug’lik 2. O’simlik 3. Namlik 4. Inson 5. Harorat 6. Hayvon 7.Mikroorganizm
A. a-1,2,3 b-2,6 ,7 c-4 B.a- 2,3,4 b-2,6 ,7 c-4
C. a-1,3,5 b-2,6 ,7 c-4 D.a- 4,5,6 b-2,6 ,7 c-4
2.Yashash muhiti nima?
A.Tirik organizmlarga ta’sir ko’rsatuvchi biotik omillar
B.Tirik organizm moslashgan muhit
C.Tirik organizm yaxshi ko’payadigan muhit
D. Tirik organizm moslashgan, yaxshi ko’payadigan muhit
3.Sudralib yuruvchilarda………… cho’l sharoitida suv bug’latish va issiqdan asraydi.
A.Xitin po’st B.Kitikula C.Muguz tangacha D.Yupqa teri
4.Tirik orgsnizmlar uyushmasini aniqlang?
A.Biogeotsenoz B.Biosfera C.Biotop D.Biotsenoz
5.Produtsent-I, konsument-II, redutsentga-III tegishli javobni aniqlang
A.I-organik modda hosil qiluvchilar , II-organik modda parchalovchilar ,
III-iste’molchilar
B.I-organik modda hosil qiluvchilar , II-organik modda parchalovchilar ,
III-bakteriya va zamburug’lar kiradi
C.I-o’simliklar , II-ist’emolchilar III-organik modda parchalovchilar
DI-organik modda parchalovchilar , II-iste’molchilar, III-hayvonlar
6.Konsument organizmni toping.
A) bakteriya va o’simlik B) o’simlik va zamburug’
C) yashil o’simliklar D) o’txo’r va yirtqich hayvonlar
7.To’g’ri fikrni aniqlang?
A. Tirik organizm moslashgan, yaxshi ko’payadigan muhit biotsenoz hisoblanadi
B.Oziqa zanjiri birinchi halqasida konsumentlar turadi
C.Organik moddani hayvonlar mineral moddalarga aylantirib beradi
D.O’zidan oldingisini yeb, keyingisiga ozuqa bo’ladigan organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi
8.O’simlik------chigirtka-----baqa------chirituvchi bakteriya.
Shu ozuqa zanjiridagi konsumentlar qaysilar?
A) O’simlik va chigirtka B) Chigirtka va baqa C) Baqa va chirituvchi bakteriya
D) Chigirtka va chirituvchi bakteriya
9.Bug’doy-……..- ilon nuqtalar o’rniga qaysi organism bo’ladi?
A.Produtsent B.Konsument C.Redutsent D. Konsument va redutsent
10.O’simlik –shilliqurt- ……. –laylak, nuqtalar o’rnini to’ldiring?
A.Qo’ng’iz B.O’rgimchak C.Baqa D.Baliq
11.Rasmda berilgan organizmlar ishtirokida tuzilgan qaysi oziq zanjiri to’g’riligini aniqlang?
A.O’simlik------chigirtka-----baqa------chirituvchi bakteriya
B.O’simlik------chigirtka-----baqa------ilon ------burgut
C.O’simlik------baqa------chigirtka --------ilon --------chirituvchi bakteriya
D.O’simlik------chigirtka-----baqa------ilon -----burgut ----chirituvchi bakteriya
12.Noto’g’ri fikrni aniqlang?
A.Ozuq zanjirining birinchi halqasida konsumentlar turadi
B.Gormon-bu biologik faol modda
C.Ayrim bakteriyalar avtotrof oziqlanadi
D.Achitqi zamburug’i uglevod bilan oziqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |