(fransuzcha correspondente
-
joylardan yuborilgan
та ’lumotnoma),
maqola
(arabcha
-
aytilgan gap),
retsenziya-taqriz
109
(lotincha
va
arabcha
— baho
bermoq),
sharh
hamda badiiy
publitsistikaning ocherk, feleton
(fransuzcha - varaqa),
pamflet
(inglizcha
- tanqidiy asar)
kabi janrlar kiradi. M a’lumki bu janrlar hajmi va janr
talablari bilan axboriy janrlardan ajralib turadi va ular hayotni aks
ettiradilar. Bu janrlarda shu bilan birgalikda ilm-fan tadqiqoti usullari -
faktlarni solishtirish, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi analiz usuli,
badiiy publitsistika janrlarida esa adabiy-badiiy usullar - obrazlilik,
jonlantirish, tipiklashtirish, syujet, kompozitsiya kabilar keng qoilaniladi.
Bu usullar hayot voqealarini chuqur tahlil etishda yordam beradi.
Jurnalistikaning bu ijtimoiy vazifasi m aiu m g‘oyalarni targ‘ib etishda
ham muhim o ‘rin tutadi. Tahlil ijtimoiy vazifasi jurnalistdan hayotni
chuqur bilishni, uning u yoki bu sohasiga maxsus ixtisoslashishni talab
qiladi.
Tahlil ijtimoiy vazifasi ham jurnalistikaning tabiatidan kelib chiquvchi
uning tabiiy xususiyatidir. Illo jurnalistika insonga olamni bildirish, uning
ongini o ‘stirish, hayotiy va ijtimoiy tajribasini oshirish uchun xizmat
qiladi. Ammo ayrim tuzum, hukmron sinf va tabaqalar mazkur ijtimoiy
vazifaning bajarilishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir k o ‘rsatishi mumkin.
Masalan, kommunistik jurnalistika barcha narsa va hodisalarni faqat
kommunistik g ‘oyalar nuqtai nazaridangina izohlagani bunga misol b o ia
oladi.
Mustaqillikka erishgan 0 ‘zbekiston jurnalistikasida tasvir ijtimoiy
vazifasi bilan bir qatorda tahlil ijtimoiy vazifasi ham tobora takomillashib
bormoqda. Jumalistikamizning tahlil ijtimoiy vazifasi ham zamonamizning
eng muhim, dolzarb masalalarini yoritishda, ommaning ongiga mustaqillik,
taraqqiyot g'oyalarini singdirishda faol xizmat qilmoqda. Jurnalistikamiz
oikam izda amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy o'zgarishlarni amalga oshirishda, istiqlol, rivojlanish
g'oyalanni ommaga tushuntirishda, dunyo voqealarining mohiyatini
anglatishda keng faoliyat ko'rsatmoqda.
0 ‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatdagi
ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, jamiyat taraqqiyotini jadal sur’atlar bilan olib
borishda jurnalistika, xususan, ommaviy axborot vositalarining roliga katta
baho bergan edi. Jurnalistikaning tahlil ijtimoiy vazifasi iqtisodiy
110
islohotlaming taraqqiyotdagi roli va aharaiyatini chuqur tushuntirish bilan
birlikda ma’naviyatimizning tiklanishi va kishilar ongidan chuqur joy
olishini ta’minlashda ham beqiyos xizmat qilmoqda. Biz mustaqillik
jurnalistikasining tahlil ijtimoiy vazifasi ko ‘rsatgan faoliyat natijasida
o‘zligimizni tanidik, o ‘z tilimiz, madaniyatimiz, tariximizni bildik,
kelajagimizning ulkan va porloq rejalariga ega boidik. Bu gazetalarimiz,
jurnallarimiz, radio va teleko‘rsatuvlarimizning doimiy ravishda olib
borayotgan tahlil ijtimoiy vazifasi natijasidir. Jurnalistika hayotdagi fakt,
hodisa va voqealarni bemalol, moneliklarsiz, umuminsoniy nuqtai
nazardan, xolis, ilmiy-obyektiv tahlil qilar ekan, uning hayotga ta ’siri ham
shunchalik ortadi. 0 ‘zbek jurnalistikasi ana shu y o ‘ldan bormoqda. Bu
ijtimoiy vazifani yaxshi bilish, unga tayyor b o lish har bir b o laja k
jurnalistning burchi va vazifasidir.
Jurnalistika ijtimoiy hayot voqealarini tasvirlab va uni tahlil etibgina
qolmasdan
ijtimoiy
hayotga bevosita ta’sir ham
qilishi
kerak.
Jumalistikaning bu xususiyati uning ijtimoiy vazifalaridagi uchinchi
qirrani, y a ’ni
ta’sir
ijtimoiy vazifasini belgilab beradi. Y a’ni jurnalistika
ijtimoiy ong k o ‘rinishi sifatida ijtimoiy borliqni tasvirlab, uni bilib, tadqiq
etish bilan cheklanmasdan unga qaytadan ta’sir
ham k o ‘rsatishi lozim. Ulo jurnalistika materiallari yozilib, bosilib,
o‘qilib, eshitilib, ko‘rilibgina qolmasdan hayotda o ‘zgarish ham yasashi
kerak.
Jumalistikaning ta ’sir ijtimoiy vazifasi uning tasvir va tahlil ijtimoiy
vazifalari bilan chambarchas bogiiqdir, y a’ni u mazkur ikki ijtimoiy
vazifaning mantiqiy davomi hisoblanadi. Qaysi jurnalistika nashri,
ommaviy axborot vositalari hayotni keng, xolis va kerakli darajada yoritsa,
xuddi shu tarzda chuqur tahlil qilsa uning t a ’siri ham yetarli darajada
b o‘ladi. Aksincha, hayot sayoz, bir yoqlama, shunehaki, majburan
yoritilsa, tahlil ham yuzaki b o is a ta’sir ham shunga yarasha bo'ladi
Jumalistikaning hayotga ta ’siri ikki xil: bevosita .va bilvosita boiadi.
Bevosita ta ’sir hayot voqealarining tasviri tahlil orqali (Vquvchilar ongiga,
his-tuvg'ulariga ta’sir ko ‘rsatishdir. Bu holat jurnalistika materiallarining
ta’sirchanligi, muhimligi, qiziqarliligi, fakti, tuzilishi, mahorat bilan
yozilganligi natijasi. Bu esa, tasvir va tahlil ijtimoiy vazifalarining yetarli
111
bajarilishidan kelib chiqadi. Jurnalistikaning ta’sir ijtimoiy vazifasini
bajarishda jamoatchilik fikrini
shakllantirish
asosiy
o ‘rin
tutadi.
Jamoatchilik
fikri
— jurnalistikaning
va
uning
asosi
boMmish
publitsistikaning bosh masalasidir. Jurnalistikaning hayotga bilvosita
ta’siri esa jurnalistika materiallarining samaradorligi, ya’ni natija berishi
bilan oichanadi. Y a’ni jurnalistikada k o ‘tarilgan birorta muammo hal
etilsa, tanqidiy chiqishlar o ‘z samarasini bersa, qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyati aralashuvi natijasida hayotga tatbiq etilsa ana
shu ijtimoiy vazifa bajarilgan b o ‘ladi. Hayotga bilvosita ta’sir etishda
jurnalistika nashrlarining, jumalistlarning tashkilotchiliklari ham asosiy rol
o ‘ynaydi.
Jurnalistikaning tasvir, tahlil va ta ’sir ijtimoiy vazifalari jurnalistika
faoliyatining o ‘zagini tashkil etadi. Ular bir-birlari bilan uzviy birlikda
doimo takomillashib boradilar. Shu bilan birgalikda jurnalistikaning
madaniy-ma’rifiy, kishiga zavq berish, dam oldirish, turli xizmatlar
k o ‘rsatish (reklama va eio n lar) kabi ijtimoiy vazifalari ham mavjud. Bu
ijtimoiy vazifalar ham bosh ijtimoiy vazifalardan kelib chiqadi hamda
ularni toidiradi.
Jurnalistikaning ijtimoiy vazifalari hayot bilan birgalikda taraqqiy
etib, takomillashib, yangidan-yangi qirralarga ega bo‘lib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |