Katalizator tayyorlash
Katalizator TiCl4 : MgCl2.
Sokatalizator Al(C2H5)3(TEAL)
PE uchun, HDC katalizatori TiCl4 3 – 4 %
MgCl2 15 – 20 %
PE uchun, HYC katalizatori TiCl4 4,5 – 6 %
MgCl2 15 – 20 %
Katalizator tayyorlash.
V-3106 A/B va V-3107 yomkostlariga tayyor katalizatorni kerakli miqdorda yuklangan geksan ustiga yuklaymiz. YOmkost sarf o‘lchagich bilan ta’minlangan hosil bo‘lgan katalizatorni aralashtiramiz. Geksanni yomkostga borishi PC bosim rostlagich FQ oqim rostlagich bilan rostlab turiladi. YOmkostlarga katalizator keladigan liniyalar hamda yomkostlarning o‘ziga ham azot berilib turiladi demak katalizator tayyorlash azot muhitida boradi. Katalizator tayyorlashga 2-3 kun vaqt kerak. Barcha yomkostlarda katalizator tayyorlash amalga oshiriladi. YOmkostlarda katalizator geksandagi eritmasi quyidagicha konsentratsiyada tayyorlanadi 3-6 mmol katalizatorga 1 litr geksan to‘g‘ri keladi. Katalizatorni yuklashda juda ehtiyotkorlik bilan yuklash kerak. Kislorod, oltingugurt va boshqa birikmalar jarayonga qo‘shilib ketishi kerak emas. Katalizator tayyorlash jarayoni 0,2-0,8 kg/sm2 bosim ostida amalga oshiriladi, bosimni azot yordamida nazorat qilamiz. Bosim oshib ketganda chiqayotgan gaz E-3104 kondensator teploobmennik orqali o‘tib vent gaz hisoblanib fakilga yuboriladi. Ajralib chiqayotgan gaz tarkibida sovitishda ushlanib qolgan geksan V-3150 drenajda yig‘iladi.
Sokatalizator tayyorlash. (AT).
V-3104 yomkostida amalga oshiriladi. Bu yomkostda kerakli miqdorda geksan yuklangan bo‘lib unga TEAL konsentratidan kerakli miqdorda yomkostga oqim rostlagich FQ yordamida V-3104 ga beriladi.
TEAL tayyorlash jarayoni ham to‘liq azot muhitida olib borilib va kerakli bosimni azot bilan rostlaymiz. TEAL eritmasi quyidagicha tayyorlanadi. 200 mmol TEAL 1 litr geksanda eritiladi. TEAL yuklangan idishda ochiq joy bo‘lishi mumkin emas.
Katalizatorni uzatish.
1) Tayyorlangan eritma holidagi aniq konsentratsiyaga ega katalizator eritmasi V-3106 A/B va V-3107 yomkostlariga P-3106 nasosi yordamida katalizatorni yig‘uvchi V-3109 yomkostiga yuklanadi. Bu yomkostdan barcha reaktorlarga P-3108 A/B va P-3108 C/D nasoslari yordamida kerakli miqdorda yuboriladi.
P-3108 A yoki B, R-3201
P-3108 C yoki D, R-3205
2) TEAL ni uzatish. (AT).
Tayyorlangan sokatalizator eritma holida aniq konsentratsiyasiga ega bo‘lib V-3104 yomkostidan har bir reaktorga qo‘shimcha me’yorlovchi yomkost V-3103 dan P-3105 A/B yoki C nasoslari yordamida reaktorga yuboriladi.
P-3105 A yoki C, R-3201
P-3105 B yoki C, R-3205
Do'stlaringiz bilan baham: |