M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi


Inventarizatsiya b o‘yicha solishtirish vedom ostlarini tuzish



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

Inventarizatsiya b o‘yicha solishtirish vedom ostlarini tuzish
Solishtirish vedomostlari inventarizatsiyada hisob m a’lumotlariga 
nisbatan farqlar aniqlangan qiymatliklar bo‘yicha tuziladi. Solishtirish 
vedomostlarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi 
m a’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar bilan 
inventarizatsiya xatlash 
ro'yxatlarining ma’lumotlari o ‘rtasidagi farqlar qayd qilinadi. Solishtirish 
vedomostlarida moddiy qiymatliklar ortiqchaliklarining va kamomadlarining 
qiymati ulaming buxgalteriya hisobidagi baholariga muvofiq keltiriladi.
Inventarizatsiya farqlarini tartibga solish va inventarizatsiya 
natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Inventarizatsiyada va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatlik- 
laming haqiqatda mavjudligining buxgalteriya hisobi m a ’lumotlariga 
nisbatan farqlari quyidagi tarzda tartibga solinadi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul 
m ablag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinadi va budjet tashkiloti 
moliyalashtirishni ko‘paytirishga hisoblanadi, keyin ortiqcha chiqish 
sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi.
324


Belgilangan m e’yorlar doirasida qiymatliklaming kamayishi budjet 
tashkiloti rahbarining farmoyishi bo‘yicha budjet tashkiloti moliya- 
lashtirishni kamayishiga hisobdan chiqariladi. Kamayish m e’yorlari 
haqiqatda kamomad aniqlangan holatlardagina qo ‘llanishi mumkin 
xolos.
Belgilangan m e’yor doirasida qiymatliklaming kamayishi navlarning 
aralashuvibo‘yichakamomadlarortiqchalikbilanqoplangandan keyingina 
aniqlanadi. Agar belgilangan tartibda navlar almashuvi b o ‘yicha qoplash 
o ‘tkazilgandan so‘ng ham qiymatliklaming kamomadi qolsa, u holda 
tabiiy kamayish m e’yorlari qiymatliklaming faqat kamomad aniqlangan 
nomi b o ‘yicha qo‘llaniladi.
Tasdiqlangan m e’yorlar b o ‘lmagan taqdirda, kamayishi m e’yordan 
ortiq kamomad deb qaraladi, qiymatliklaming tabiiy kamayish m e’yo- 
ridan ortiq kamomad hamda qiymatliklaming buzilishidan ko‘rilgan 
nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga o ‘tkaziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Davlat Soliq qo‘mitasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 10-martdagi 37,2004-26, 
20/1 -sonli qo'shma qarori bilan tasdiqlangan «Inventarizatsiya jarayonida 
aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqehasining buxgalteriya hisobi 
va soliqqa tortish tartibi to‘g ‘risida»gi Nizom bilan inventarizatsiya 
jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya 
hisobida aks ettirish va soliqqa tortish tartibi belgilangan.
Ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun 
xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash 
0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bir oylik o ‘rtacha ish haqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar 
summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga 
muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan 
kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda 
zarar hajmi inventarizatsiya o ‘tkazish davrida mazkur joyda amal 
qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo'lgan yetkazilgan zarar summasi 
uning o'rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan


boshlab bir oylik muddat o ‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga 
oshiriladi.
Ish beruvchining mulki o ‘g ‘irlanganda, kam chiqqanda, qasddan 
yo'qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda 
yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini 
aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ulaming rasmiy dilerlaridan, 
tovar xomashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma 
shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to ‘g ‘risidagi 
m a’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi 
va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslaming nisbati shaklida 
aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda sotib olish 
sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boMganda) mol-mulklaming 
erkin konvertatsiyalanadigan valuta (EKV)dagi qiymati to ‘g ‘risidagi 
m a’lumotlar;
d) tegishli davlat idoralarida mavjud bo ‘lgan narxlar darajasi 
to‘g ‘risidagi m a’lumotlar;
e) inventarizatsiya o ‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari 
va maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan narx darajalari to‘g ‘risidagi 
m a’lumotlar;
0 tegishli mol-mulkning qiymati to‘g ‘risida baholovchining ekspert 
xulosasi.
Kamomadlar va nobudgarchiliklar suiiste’mol qilinishi natijasida 
sodir b o ‘lgani aniqlanganda, tegishli materiallar kamomadlar va 
nobudgarchiliklar aniqlangandan so‘ng 5 kun ichida tergov organlariga 
beriladi, aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar summasiga 
fuqarolik da’vosi qilinadi. Kamomadlar va nobudgarchiliklaming aniq 
aybdorlari aniqlanilmagan hollarda qiymatliklar tabiiy kamayishining 
m e’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklaming buzilishidan ko ‘rilgan 
nobudgarchiliklami budjet tashkiloti moliyalashtirilishining kamayishiga 
hisobdan chiqarish mumkin. Bunda, qiymatliklar tabiiy kamayishining 
m e’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklaming buzilishidan ko'rilgan


nobudgarchiliklami hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim 
etiladigan hujjatlarda shunday kamomadlar va nobudgarchiliklaming 
oldini olish b o ‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ko'rsatilgan b o ‘lishi 
kerak.
Navlar almashuvi natijasidagi ortiqchaliklar va kamomadlami o ‘zaro 
hisobga o ‘tkazish faqat istisno tariqasida ayni shu tekshirilayotgan 
davrda, ayni shu tekshirilayotgan shaxsda, ayni shu nomdagi va shu 
miqdordagi moddiy qiymatliklarga nisbatan budjet tashkiloti rahbarining 
ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslar y o ‘l 
qo ‘yilgan navlar almashuvi haqida budjet tashkilotining rahbariga 
batafsil tushuntirish xati bcradi.
Moddiy javobgar shaxslaming aybisiz paydo b o ‘lgan kamomadlar 
tomoniga navlar almashuvidagi qiymatlar farqiga inventarizatsiya 
bayonnomasida bu farq aybdor shaxslar hisobiga o ‘tkazilmaganligi 
sabablari haqida batafsil tushuntirish berilishi kerak. Inventarizatsiya 
natijalari inventarizatsiya tugallangan oyda hisobda va hisobotda, yillik 
inventarizatsiya bo'yicha natijalar esa yillik moliyaviy hisobotda qayd 
qilinishi kerak.
Inventarizatsiyada aniqlangan qiymatliklaming haqiqatda mavjudi 
va buxgalteriya hisobi m a’lumotlarining tafovutlarini tärtibga solish 
haqidagi takliflar budjet tashkilotining rahbariga k o‘rib chiqish uchun 
taqdim etiladi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar kirim qilinganida quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D eb et 010-013, 01 5 -0 1 9 -« A sosiy vositalar» subsehyotlari;
K redit 250 - «A sosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Ortiqcha chiqqan materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirim qilin­
ganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D eb et 060-069-«M ateriallar va oziq-ovqat m ahsulotlari» subsehyotlari;
K redit 140 - «Tashkilot xarajatlari va b o sh q a tadbirlar u chun bud jetd an
m oliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish