M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

(G'aznachilikka 
o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan 
materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo'yicha 
kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki 
K redit 230 - «T ashkilot xarajatlari va bosh q a ta d b irlar uchun budje td an
m oliyalashtirish» subschyoti 
(G'aznachilikka o'tish sharoitida:
293-«Tekshirish natijalari bo ‘yicha aniqlangan materiallar va 
moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo ‘yich a kelib tushgan 
summalar» subschyoti).


Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari o ‘z asosiy vositalarini 
qonunda k o‘zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming roziligi 
bilan sotish huquqiga egadir.
Budjet tashkilotlari uchun asosiy vositalami sotishdan olingan 
mablag‘lar, amaldagi m e’yoriy hujjatlarda boshqacha tartib o‘matilmagan 
b o ‘lsa, ulaming ixtiyorida qolishi mumkin va yangi asosiy vositalami sotib 
olishga yoki foydalanishdagi asosiy vositalami ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Budjet tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalarining asosiy vositalari qonunda 
ko'zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming buyrug‘i, farmoyishi 
yoki qaroriga muvofiq boshqa tashkilotlarga bepul berilishi mumkin.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul 
berilishi munosabati bilan ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya 
hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi 
umuman 
hisoblanmagan 
asosiy 
vositalar 
boshqa 
tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
asosiy vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 250 - « A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019 -« A so siy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga 
bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy 
vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
D eb et 250 - « A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 01 5 -0 1 9 -« A so siy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming eskirish summasiga:
D ebet 020 - « A so siy vositalam in g eskirishi» subschyoti;
K redit 2 50 - « A so siy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to ‘la hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga 
bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy 
vositalaming bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D eb et 02 0 - « A so siy v o sitalam in g eskirishi» subschyoti;
K red it 010-0 1 3 , 0 1 5 -0 1 9 -« A so siy vositalar» subschyotlari.


Budjet tashkilotlarida asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik 
sodir boiganligi aniqlanganligi munosabati bilan ulaming balansdan 
chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi.
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalaming kamomadi 
yoki nobudgarchilik sodir boiganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik 
sodir boiganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 250 - «A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019-«A sosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalaming kamomadi yoki 
nobudgarchilik sodir bo‘lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik 
sodir bo‘lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
D ebet 250 - «A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019-«A sosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming eskirish summasiga:
D ebet 020 - «A so siy vositalam ing eskirishi» subschyoti;
K redit 250 - « A sosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to‘la hisoblangan asosiy vositalaming kamomadi yoki 
nobudgarchilik sodir bo ‘lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik 
sodir b o ‘lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 020 - «A so siy vositalam ing eskirishi» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019-«A sosiy vositalar» subschyotlari.
3. B U D JE T T A S H K IL O T L A R ID A A SO SIY
V O S IT A L A R N I IJ A R A G A B E R IS H H IS O B I
Budjet tashkilotlari o ‘zlarining vaqtincha foydalanilm ayotgan mol- 
mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishlari mumkin. V aqtincha 
foydalanilm ayotgan binolar, inshootlar (ularning ayrim qism lari 
ham), ishlab chiqarish uskunalari, xonalar, transport vositalari va
207


boshqa uzoq m uddatli aktivlam i, agar qonun bilan ulam i ijaraga 
berish man qilinm agan b o ‘lsa, ijaraga beriladi. Agar m ol-m ulkni 
ijaraga berish ko'rsatiladigan xizmatlarning hajm i kam ayishiga yoki 
sifati yom onlashishiga sabab b o ‘lsa yoki asosiy faoliyati b o ‘yicha 
xarajatlar k o ‘payishiga yoki bu ko‘zda tutilgan m oliyalashtirish 
limiti k o ‘tarilishiga olib kelsa, budjet tashkilotlarining balansidagi 
m ol-m ulkini ijaraga berish mumkin emas.
Ijaraning 
subyektlari: 
ijaraga 
b eru v c h i-b u
yuridik 
shaxs 
maqomiga ega b o ‘lgan, o ‘zining balansida hisobda turgan vaqtincha 
foydalanilmayotgan ijara obyektini ijaraga berishi mumkin bo'lgan 
budjet tashkilotidir, ijarachi e s a - b u mol-mulkini vaqtincha foydalanish 
uchun haq to‘lash, qaytarib berish va butligini ta’minlash sharti bilan 
m a’lum muddatga ijaraga oigan yuridik shaxsdir.
Ijaraga beruvchi ijarachiga mulkni shartnomada ko‘rsatilgan 
muddatga ijaraga berish, ijarachi esa ijara muddati tugagandan so‘ng 
mulkni shartnomada k o ‘rsatilgan aniq muddatda va shartnomaning 
tegishli shartlariga muvofiq va mulkni tayinlanishi bo‘yicha holatida 
qaytarishga majburdir. Ijara shartnomasi tuzilganda va uning amal qilish 
muddati tugaganda mulkni qabul qilib olish va berish tomonlarning 
vakolatli vakillari qatnashuvida ikki nusxada ikki tomonlama topshirish 
dalolatnomasi tuzib amalga oshiriladi.
Turar joy bo'lm agan binolar va inshootlaming ijara shartnomasi 
ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmatlarida davlat ro‘yxatidan 
o ‘tkaziladi. Turar jo y binolari va inshootlarining ijara shartnomasi 
esa texnik inventarizatsiya byurosida davlat ro ‘yxatidan o ‘tkaziladi. 
Ijara haqi ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga davriy yoki birato'la 
faqat pul shaklda to ‘lanadigan aniq to ‘lov summasi ko‘rinishida 
belgilanadi. Turar jo y b o ‘lmagan xonalar uchun ijara haqi miqdori 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar kengashi, viloyatlaming 
va Toshkent shahrining hokimliklari tomonidan ijaraga beriladigan 
davlat va kommunal mulkning turar joy bo ‘lmagan xonalar bo ‘yicha 
aniqlanadigan m e’yoridan kam bo'lmasligi kerak. Shartnomada ijara 
haqini to'lash davriyligi va muddati, har chorakda eng kamida bir 
marta qilib, belgilanadi. Ijara to ‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar ijarachi


tomonidan har bir ijara to'lovi muddatida ijaraga beruvchining talab 
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga 100 foiz miqdorida avvaldan 
to ‘lash shaklida amalga oshirilishi kerak.
Ijara shartnomasiga asosan to ‘lov muddati boshlanadigan hisobot 
davrida ijara summasiga ijaraga beruvchi budjet tashkilotining 
buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzadi:
D ebet 178 - «B o sh q a debitorlar v a k reditorlar bilan hiso b -k ito b lar» sub- 
schyoti;
K redit 4 0 0 - « M axsus va budjetdan tashqari m a b la g 'la r b o 'y ic h a daromadlan> 
subschyoti.
Odam yashamaydigan xonalar bo'yicha ijara haqi miqdoriga 
kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati qo‘shilmaydi. Kommunal 
va foydalanish xizmatlari qiymati ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga 
ijara bo‘yicha to ‘lovlardan tashqari alohida qoplanadi. Bunda, agar 
ijarachi binoni yoki inshootni to ‘la ijaraga olsa yoki elektr cnergiyasi, 
gaz va suv sarf qilish bilan bog'liq ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat 
bilan shug‘ullansa, kommunal xarajatlami ijarachi maxsus o ‘matilgan 
elektrsubschyotchiklar, suv o'lchagichlar va gaz o ‘lchagichlarning 
ko'rsatuvlari b o ‘yicha to‘laydi. Agar ijarachi binoni yoki inshootni bir 
qismini ijaraga olsa va noishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullansa, u 
holda maxsus elektr o'lchagichlar, suv o ‘lchagichlar va gaz o ‘lchagichlar 
o'matilishi talab qilinmaydi va ijaraga beruvchining kommunal va 
foydalanish xizmatlari bo'yicha xarajatlari ijarachi tomonidan band qilgan 
maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi. Ijaraga beruvchi kommunal 
va foydalanish xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan hisob-kitob 
qilganda kommunal va foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish limiti 
doirasida ajratilgan budjet mablag‘laridan, haqiqatda iste’mol qilingan 
kommunal va foydalanish xizmatlari qiymatidan ijarachilar tomonidan 
iste’mol qilingan kommunal va foydalanish xizmatlarining qiymati 
ayirib tashlangan holda to‘laydi. Qolgan qismini ijaraga beruvchi 
ijarachidan kommunal va foydalanish xizmatlarining to ‘lovi sifatida 
olgan m ablag'lar hisobidan to‘laydi.
Budjet tashkiloti vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini ijaraga 
berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini tegishli mahalliy budjetga


yo ‘naltirishi kerak. Qolgan qismini, ya’ni vaqtincha foydalanilmayotgan 
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini esa 
budjet tashkiloti o ‘zining rivojlantirish fondiga yo'naltirishi kerak.
Ijarachidan ijaraga beruvchining bank muassasasidagi maxsus 
m a b la g ia r bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga 
ijara haqi kelib tushganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan 
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 114 - « B udjet tashkilotini 
rivojlantirish 
f o n d i - b u d j e td a n tashqari 
m a b la g 'la r b o 'y ic h a talab qilib o lgunga q ad ar depozit hisob- 
v arag ‘i» subschyoti;
K red it 178 - «B osh q a 
debito rlar 
va 
kreditorlar 
bilan 
hisob-kitoblar» 
subschyoti.
Bir vaqtning o ‘zida, vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkni 
ijaraga berishdan olingan m ablag‘laming 50 foizini tegishli budjctga 
y o ‘naltirish kerak bo‘lgan summaga, quyidagi ikkinchi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D eb et 4 00 - «M axsus va b u d je td an tashqari m a b lag ‘lar b o 'y ic h a darom adlar» 
subschyoti;
K red it 173 - «B udjet to 'lo v ia rig a d o ir hisob-kitoblar» subschyoti.
Ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga 
ijara to io v lari tushgandan so‘ng, ijaraga beruvchi 5 bank kuni 
mobaynida xizmat k o ‘rsatuvchi bank muassasasiga tegishli budjetga 
o ‘tkazilishi kerak b o ig a n summaga to‘lov topshirig‘ini taqdim etishi 
kerak. Budjetga, budjet tashkilotiga kelib tushgan ijara haqining 50 foizi 
o ‘tkazib berilganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan, budjet 
tashkilotining buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini 
tuzadi:
D e b e t 173 - « B u d jet to 'lo v ia rig a d oir hisob-kitoblar» subschyoti;
K red it 114 - « B udjet tashkilotini 
rivojlantirish 
f o n d i - b u d j e td a n
tashqari 
m a b la g 'la r b o 'y ic h a talab qilib olgunga q ad ar depozit h is o b v a ra g 'i»
subschyoti.
Ijara toiovlarining to ia n ish i 30 kalendar kundan ortiq muddatga 
kechiktirilganda ijaraga beruvchi ijarachining nomiga yozma bildirish 
xatini yuborishi kerak. Bildirish xatida ijara toiovlarini amalga oshirish 
zarurligi eslatiladi va ijarachidan (ijara toiovlarining toianishini


kechiktirish 60 kundan ortib ketsa) tegishli zararlami qoplatib, bir 
tomonlama tartibda ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligi haqida 
ogohlantiriladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mulkni ijarachiga berishga tayyorlashga 
ijaraga beruvchi to‘la javob beradi, mulkni ijaraga beruvchiga qaytarishga 
tayyorlashga esa ijarachi to ‘la javob beradi.
Davlat mulki ijara shartnomasini rasmiylashtirishda va tuzishda 
qonunchilik talablariga rioya qilinishiga budjet tashkilotining rahbari 
va bosh buxgalteri javobgardir. Ijara shartnomalari b o ‘yicha ijara 
to‘lovlarining o ‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashga ijaraga beruvchi 
budjet tashkilotining rahbari javobgardir.
4. B U D JE T T A S H K IL O T L A R ID A M A T E R IA L
Z A X IR A L A R H ISO BI
Budjet tashkilotining material zaxiralari tarkibiga qurilish materiallari, 
o‘matiladigan uskunalar, materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i 
va yonilg‘ilar, ozuqa, yem-xashak, idishlar, mashina va uskunalar uchun 
ehtiyot qismlar, yordamchi xo'jalik mahsulotlari va buyumlari, yosh 
hayvonlar va boquvdagi mollar, o ‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan materiallar hamda laboratoriya sinovida bo‘lgan va uzoq vaqt 
foydalaniladigan materiallar, xo‘jalik shartnomasi asosida bajarilayotgan 
ilmiy-tadqiqot ishlarida qoMlaniladigan maxsus uskunalar kiradi.
Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlari haqiqiy tannarxi 
bo‘yicha hisobga olinadi, yordamchi xo‘jaliklaming mahsulotlari va 
buyumlari esa yillik kalkulatsiyasi tuzilganiga qadar rejadagi tannarxi 
bo'yicha hisobga olinadi. 0 ‘zining xo'jaligidagi nasldor hayvonlardan 
olingan yosh chorva mollari rejadagi baholarda hisobga olinadi, keyingi 
yilga o ‘stirish va bo‘rdoqiga boqish uchun o'tkazilayotgan yosh chorva 
mollari, shuningdek, hisobot yilida asosiy podaga o ‘tkazilayotgan yosh 
chorva mollari haqiqiy tannarxi bo‘yicha baholanadi. Materiallar va 
oziq-ovqat mahsulotlari ulami sotib olish qiymati b o ‘yicha hisobga 
olinadi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari chakana ulgurji savdo 
qiluvchi baza va magazinlardan sotib olinganda belgilangan tartibda 
savdo chegirmasi berilganda bunday chegirmalar alohida hisobga olinadi,
211


balansda esa chegirma summa chiqarib tashlangan chakana baholari 
b o ‘yicha k o ‘rsatiladi. Materiallami va oziq-ovqat mahsulotlarini tashib 
keltirish uchun yollangan transport bo‘yicha xarajatlar sotib olingan 
qiymatliklaming qiymati ko‘payishiga kiritilmaydi, balki bu qiymatliklar 
qaysi m a b la g ia r hisobidan sotib olingan b o isa , o ‘sha xarajatlar moddasi 
bo ‘yicha hisobdan chiqariladi.
T o io v talabnomalarining schyotlarini aksept qilishdan rad etilishi 
yoki boshqa sabablar natijasida m as’ul saqlashga qabul qilingan material 
qiymatliklaming qiymati tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan baholar 
bo‘yicha balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
0 ‘quv ustaxonalarida va yordamchi qishloq xo‘jaliklarida ishlab 
chiqarish qoldiqlari xo'jalikning baholovchi komissiyasi tomonidan 
o ‘rtacha bozor baholari asosida aniqlaniladigan ulardan foydalanilishi 
mumkin b o ig a n belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholar b o ‘yicha 
komissiya tomonidan baholanadi.
Barcha material qiymatliklaming butligini ta ’minlash hamda 
ishlatilishi va to ‘g ‘ri foydalanilishi ustidan nazorat, ta’minlash, zaxiralar 
va xarajatlaming belgilangan m e ’yorlariga qat’iy rioya qilish, belgilangan 
tartibda sotilishi lozim b o ig a n foydalanilmayotgan materiallami o ‘z 
vaqtida aniqlash, tashkilot omborlarda mavjud b o ig a n qoldiqlar haqida 
aniq m a iu m o t olish budjet tashkilotlarining material zaxiralar hisobi 
b o ‘yicha asosiy vazifalari hisoblanadi.
Material qiymatliklaming butligini va hisobini to‘g ‘ri y o i g a qo'yish 
maqsadida ombor hisobini tegishli tartibda tashkil qilish kerak b o iad i. 
Material qiymatliklami saqlash maxsus moslashtirilgan bino (ombor) 
larda amalga oshirilishi kerak. Material qiymatliklami qabul qilib olish, 
saqlash va berish javobgarligi tashkilotning rahbari b u y ru g i bilan 
tayinlangan material javobgar shaxslarga yuklatiladi. Bu shaxslami 
almashtirish omborlami inventarizatsiya qilish va tashkilotning rahbari 
tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish 
orqali amalga oshiriladi.
Buxgalteriya xizmatida material qiymatliklaming hisobi miqdor va 
summa ifodasida materiallaming nomlari va javobgar shaxslar bo‘yicha 
yuritiladi. Material qiymatliklar ulami sotib olish qiymati bo'yicha yoki


chakana baholar bo‘yicha hisobga olinadi. Omborda material qiymatliklar 
hisobi material javobgar shaxs tomonidan materiallarni omborda 17- 
shakldagi hisobga olish kitobida faqat nomlari, navlari, bahosi va 
miqdori bo'yieha yuritiladi. Buxgalteriya xizmati omborga material 
qiymatliklaming kelib tushishi va ombordagi material qiymatliklaming 
sarflanishi ustidan muntazam nazorat o ‘matadi, shuningdek, material 
qiymatliklaming hisobi b o ‘yicha o ‘zining yozuvlarini omborda qayd 
ctilgan yozuvlar bilan solishtirib turadi.
Material zaxiralar joriy buxgalteriya hisobi subschyotlarida va 
balansda ulami sotib olish baholari bo ‘yicha hisobga olinadi.
Materiallarni ombordan bcrish tashkilotning rahbari tomonidan 
tasdiqlangan hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qaytariladigan yoki almashtiriladigan idishlaming (bochkalar, 
bidonlar, yashiklar, butilkalar va shunga o ‘xshashlar) bo‘shlari ham, 
material qiymatliklar bilan band bo‘lib turganlari ham tegishli gumh 
va turlari bo'yicha mol yetkazib bcruvchining schyotlarida ko‘rsatilgan 
baholarda hisobga olinadi. Idishlar qaytarilganda yoki sotilganda ulami 
sotib olish bahosi bilan ulami sotish bahosi o ‘rtasidagi farq tashkilotning 
haqiqiy xarajatlariga qo'shiladi.
Material zaxiralar hisobini olib borish uchun quyidagi ikkinchi 
tartibli schyotlar (subschyotlar) tayinlangan:
040 - « 0 ‘matiladigan uskunalar» subschyoti;
041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti;
043 - «Ilmiy-tadqiqotlarda va laboratoriya sinovlarida uzoq vaqt
foydalaniladigan materiallar» subschyoti;
044 - «Shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun
maxsus uskunalar» subschyoti;
050 - «Yosh chorva mollari va b o ‘rdoqiga boqilayotgan mollar»
subschyoti;
060 - « 0 ‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar»
subschyoti;
061 - «Oziq-ovqat mahsulotlari» subschyoti;
062 - «Dori-darmonlar va yara bog'lash vositalari» subschyoti;
063 - «Xo‘jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti;


064 - «Yonilg‘i, yoqilg‘i va moylash materiallari» subschyoti;
065 - «Ozuqa va yem-xashak» subschyoti;
066 - «Idishlar» subschyoti;
067 - «Boshqa materiallar» subschyoti;
068 - «Y o'ldagi materiallar» subschyoti;
069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti.
Material zaxiralaming hisobini olib borish uchun tayinlangan hamma
subschyotlar aktiv subschyotlardir.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish