M u h a m m a d y o q u b o s t o n a q u L o V budjet hisobi


Q o ‘shim cha dam olish kuni uchun nafaqani berish tartibi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/172
Sana30.04.2022
Hajmi10,46 Mb.
#597197
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172
Bog'liq
budjethisobi

Q o ‘shim cha dam olish kuni uchun nafaqani berish tartibi
Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga 
(homiyga, vasiyga) bola o ‘n olti yoshga to ‘lgunga qadar ijtimoiy sug‘urta 
m ablag‘lari hisobidan bir kunlik mehnat haqi miqdorida haq to ‘lagan 
holda oyiga qo ‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish m arosim i uchun beriladigan nafaqani berish tartibi
Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog‘ida 
b o ‘lgan oila a ’zolari: turmush o ‘rtog‘i; o ‘n sakkiz yoshga to'lmagan 
yoki vaqtincha mehnatga layoqatsiz (yoshidan qat’iy nazar) bolalari, 
aka-ukalari va opa-singillari; ota-onasi; bobosi yoki buvisi vafot etganda 
beriladi. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun 
nafaqa berilmaydi. Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun 
nafaqa, uning oila a ’zolariga yoki dafn etishni o ‘z zimmasiga oigan 
shaxslarga beriladi. Oilaning vafot etgan a ’zosini dafn etish marosimi 
uchun nafaqa ishlovchi xodimga beriladi.
Ijtim oiy s u g ‘urta hisobidan beriladigan nafaqalarni 
tayinlash va to ‘lash tartibi
Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan budjet tashkilotining «Ijtimoiy 
sug‘urta bo‘yicha komissiya»si tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, 
a ’zolari soni va raisi budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
240


Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugagandan so‘ng 
ishga chiqishining birinchi kunidayoq budjet taslikilotiga vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik varaqasini taqdim etishlari kerak. Mehnatga qobiliyatsizlik 
davom etayotgan hollarda, navbatdagi mehnat haqi berilishi vaqti kelganda 
«Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi» topshirilishi mumkin. Budjet 
tashkilotida «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi»ning «Tabelchi 
va kadrlar bo‘limi tomonidan to'lanadi» degan qismlariga zarur m a’lumotlar 
yoziladi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi mazkur budjet 
tashkilotining «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya»siga topshiriladi. 
Komissiya har bir «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi» bo‘yicha 
to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kunlar sonini va mehnat haqiga 
nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi. Nafaqa foizi 
miqdori nafaqa belgilash komissiya bayonnomasida va komissiya raisining 
imzosi qo‘yilgan «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi»da qayd 
qilinadi.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi b o ‘yicha 
nafaqa olish huquqiga ega bo'lmagan taqdirda, komissiya nafaqa 
bermaslik to‘g ‘risida qaror chiqaradi va rad etish sabablarini 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasiga qayd etishi kerak 
bo‘ladi. Nafaqa tayinlangandan so‘ng komissiya budjet tashkilotining 
buxgalteriya xizmatiga nafaqa summasini hisoblab chiqish va to ‘lash 
uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik varaqasini topshiradi. ToManadigan va to ‘lanmaydigan 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, shuningdek, nafaqa olish 
uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar budjet tashkilotining buxgalteriya 
xizmatida pul hujjatlariga teng holda, alohida saqlanadi.
Boshqa turdagi sanatoriylarda davolanish uchun beriladigan 
nafaqalami to‘lash, xodim sanatoriydan qaytgach hamda bu nafaqa 
summasini to'lash uchun tuman ijtimoiy ta’minot b o ‘limidan tegishli 
m ablag1 budjet tashkilotining bank muassasasidagi depozit subschyotiga 
kelib tushgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqasi tu g ‘ishdan 
oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan q a t’iy nazar, ta ’tilning 
16
- Z a k . 2 1 1
241


to ‘liq davri uchun bu nafaqa summasini to ‘lash uchun turnan ijtim oiy 
ta ’minot b o ‘lim idan tegishli m ablag‘ budjet tashkilotining bank 
m uassasasidagi depozit subschyotiga kelib tushgandan s o ‘ng bir 
y o ‘la to ‘lanadi.
Bola tug‘ilganda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona 
budjet tashkilotining «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya»siga «Fuqarolik 
holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi» tomonidan berilgan bolaning 
tug‘ilganlik to‘g ‘risidagi m a’lumotnomasini topshirishi kerak. Bu hujjatlar 
asosida «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya» nafaqa olish huquqini 
belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqaradi 
va tayinlash bayonnomasiga yozadi. Shundan so‘ng komissiya hujjatlami 
budjet tashkilotining buxgalteriya xizmatiga topshiradi. Bola tug‘ilganligi 
to‘g ‘risidagi m a’lumotnoma yo‘qotilgan taqdirda bir yo‘la to‘lanadigan 
nafaqa «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi» tomonidan 
berilgan bola tug‘ilganligi to‘g‘risdagi takroriy ma’lumotnomaning hamda 
otaning ish joyidan nafaqa olmaganligi to‘g‘risidagi m a’lumotnoma 
topshirilganidan so‘ng beriladi.
Xodimning vafoti tufayli uni dafn etish marosimini o ‘tkazish 
nafaqasini olish uchun «Ijtimoiy sug‘urta bo'yicha komissiya»ga 
«Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi» tomonidan berilgan 
vafot etganlik to ‘g ‘risidagi m a’lumotnoma topshiriladi. Oila a’zosi vafot 
etganda esa vafot etganligi haqidagi m a’lumotnomadan tashqari uy- 
joydan foydalanish idorasi tomonidan vafot etgan shaxsning xodim bilan 
qarindoshlik aloqalari borligi va u xodimning qaramog‘ida bo'lganligi 
to ‘g ‘risida m a’lumotnoma ham topshirilishi lozim. Topshirilgan hujjatlar 
asosida «Ijtimoiy sug‘urta b o ‘yicha komissiya» nafaqa olish huquqini, 
uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash to‘g‘risida qaror chiqaradi 
va nafaqa tayinlash komissiyaning bayonnomasiga yozib qo'yiladi.
Ortiqeha to ‘lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to ‘lash 
sanashda adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki m a ’lumotnoma 
taqdim qilishi tufayli sodir bo'lgan bo‘lsa, nafaqa oluvehidan undirib 
olinadi. Undirish keyingi safar to ‘lanadigan nafaqa yoki mehnat haqidan 
ehegirib qolish y o ‘li bilan amalga oshiriladi. Har safar xodim olishi kerak
242


bo‘lgan nafaqa yoki mehnat haqi summasidan uning 20 foizidan ortiq 
bo‘lmagan summa chegirib qolinishi mumkin, xolos. Chegirib qolish 
budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati orqali «Ijtimoiy sug‘urta 
bo‘yicha komissiya»ning qarori asosida amalga oshiriladi.
Bu qaror sanash jarayonida y o ‘l qo‘yilgan xato tufayli ortiqcha to‘lash 
sodir bo ‘lganda nafaqa tayinlangan kundan uch oydan kechiktirmay, o ‘z 
huquqini suiiste’mol qilish bo‘yicha sodir bo‘lganda esa, cheklanmagan 
muddatda qabul qilinishi mumkin. Agar xodim mazkur budjet 
tashkilotida ishlamayotgan bo‘Isa, unga ortiqcha to‘lab yuborilgan nafaqa 
summasi sud orqali undirib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikka 
yo‘l q o ‘yilsa, hujjatlar qonunda belgilangan choralarni q o ‘llash uchun 
huquqni muhofaza qilish idoralariga yuboriladi. Sudlaming qaroriga 
asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan 
keyingi davrlar nafaqalaridan aliment, mayib bo‘lganlik va salomatlikka 
yetkazilgan va boshqa zararlarni qoplash bo'yicha summalar chegirilishi 
mumkin, xolos. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga 
oshirish mumkin emas.
Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqalar 
u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek, uning qaramog‘ida 
bo‘lganlarga beriladi. Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan 
nafaqa vafot etgan xodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki 
vafot etganning qaramog‘ida bo'lganlikni tasdiqlovchi dalil bo‘lgan hujjat 
topshirilgandagina berilishi mumkin. Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan 
nafaqani olish huquqiga ega bo'lgan ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga 
yoki bolani o‘z tarbiyasiga oigan boshqa shaxsga beriladi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish