M tojiyev, I. Nigmatov


Sel, uning xususiyatlari va talafotlari



Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/244
Sana15.11.2022
Hajmi8,77 Mb.
#866824
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   244
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

6.11. Sel, uning xususiyatlari va talafotlari
Tog‘ hududlarida kuchli yom g‘irlaming yog‘ishi, muzlik va qorlaming 
tez erishi natijasida hosil bo‘lgan daryo toshqinlarini, tog‘ yonbag‘rilarida 
nuragan log' jinsi boTaklarining suv oqimi bilan tekislikka tomon oqib 
tushishi sel hodisasi deb yuritiladi. Sel oqimi massasining taxminan 
50-60 foizi turli kattalikdagi tog‘ jinsi boMaklaridan, o ‘simlik va daraxt 
boTaklaridan iborat bo‘ladi. Sel oqimining davomiyligi 0,5-2 soatdan 
12 soatgacha, tezligi 5-8 m/s dan 12 m/s gacha yetishi mumkin, sel 
massasining zichligi esa 1,2-1,9 t/m3 ni tashkil etadi.
127


Sel oqimlarining tezligini 3 guruhga bo‘1ish mumkin: juda tez (100 
ming m3 dan ko‘p sel massasining harakati, 6-10 yilda bir marta ), 
o ‘rtacha (10 dan 100 ming m3, 2-3 yilda bir marta) va kuchsiz (10 ming 
m3 dan kam ).
1988-yil 29-yanvarda Kos-Uzen qishlog‘ida (Qozog‘iston) 80 m 
balandlikdan hajmi 200 mln. m3 boigan qum, tosh va loy aralash sel oqimi 
harakatga kelib, 115 m uzunlikdagi temir-beton ko‘prikni, ko‘plab insonlaming 
uy-joylarini, og‘ilxonalami buzib odamlaming o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bunday fizik ko‘rsatkichlarga ega oqim juda katta kuch bo‘lib, 
xalq xo‘jaligiga sezirarli zarar keltiradi, oqim yo‘!ida uchragan suv 
inshootlarini, yo‘llarni, qishloq va shaharlami, bog'I ami, ko’priklarni 
vayron qilib ketadi, ulkan maydonlarni loy, qum, tosh qatlamlari bilan 
ko'rnib tashlaydi. Sel - arabcha so‘z bo‘lib, tog‘li hududlardagi suv 
toshqini m a’nosini anglatadi. Sel oqimlari o‘zi bilan olib keladigan qattiq 
zarrachalaming o ‘lchamiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
- suv-toshli sellar;
- loyqa sellar;
- aralash sellar.
Yer yuzida yuz bergan ofatli sellarga misol qilib, 1934-yilining yangi 
yil kechasi AQSHning Los-Anjeles shahri atrofida kuzatilgan sel oqimini 
ko‘rsatish mumkin. Shu kuni shaharga yaqin Kordelyera tog'ida kuchli 
yom g'ir yog‘ib, uning miqdori 538 mm ni tashkil etdi. Yomg‘ir tinishi- 
dan sal oldinroq tog‘dan katta tezlikda suv toshqini pastga harakat qil- 
gan. Bu suv toshqini 100 m masofagacha yoyilsb, unga yaqin bo‘lgan 
ikki shahar - Lya Kreket va Montero shaharlariga katta talafot yetkazdi. 
Suv oqimi tolqinining balandligi 6 m gacha yetgach, o‘z yo'lida 500 ta 
ko‘prikni, bir qancha imoratlar va inshootlarni vayron qilgan, qanchadan 
qancha odamlami boshpanasiz qoldirgan. Markaziy Osiyoda eng kuchli 
sel oqimlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahridan o‘tuvchi, 
shahar nomi bilan ataluvchi daryo vodiysida kuzatilgan. Masalan, 1921- 
yil 8-iyun kuni kechqurun yuz bergan sel oqimi shaharga olib kelgan tog‘ 
jinslari 100 mingta vagonga jo bo‘lgan. Bu ofat natijasida 400 dan ortiq 
kishi halok bo‘lgan. Sel oqimining vujudga kelishiga tog'li hududlardagi 
qorlar va muzliklaming erishi, kuchli yomg‘ir yog‘ganligi sabab bo‘lgan.
Olma-ota shahri va uning atrofida juda ko‘p talafotli sel oqimlari ku­
zatilgan. Ulardan yana biri Medeo sel to‘g‘oni qurilgandan keyin, 1973- 
yil 15-iyul kuni ro‘y berdi. Shu kuni kuchli yom g‘ir ta’sirida baland
128


tog‘likdagi tabiiy ko‘l to‘g‘onlarining buzilishi natijasida kuchli sel oqimi 
hosil bo‘ldi. Bu oqim taxminan 2 soat davom etib, uning sarfi 2000-3000 
m3/s ga yetgan va Medeo to ‘g‘oniga 400000000 m3 sel massasi olib kelib 
tushgan. Ertasi kuni sel qayta takrorlanganda Medeo seli to‘g ‘ondan 
oshib ketishiga atigi 6 m masofa qolgandi. Agar sel to‘g‘ondan oshib 
harakatlansa, Olma-ota shahriga juda katta xavf tug‘dirishi mumkin edi. 
Shuning uchun buning oldini olish maqsadida to‘g‘ondagi suv asta-sekin 
chiqarilib yuborildi va to‘g‘onning balandligini 150 m gacha ko‘tarildi. 
O ‘zbekiston Respublikasining Toshkent, Qashqadaryo, Surxandaryo va 
Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlari sel ofati bo‘ladigan zonalar hi­
soblanadi.Oxirgi 100 yil ichida 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida 2500 
dan ortiq sel oqimlari kuzatilgan. Bulardan 1400 dan ortig'i loyqa, 350 
dan ortig‘i suv-toshli, 650 dan ortig‘i aralash sellardir. Respublikamiz­
ning Farg‘ona vodiysida, Toshkent oldi hududlarida sel oqimlari tez-tez 
kuzatilib turiladi. Sel oqimlari respublikamiz hududida bahor mavsumida 
va yozning birinchi oyida yuz beradi. Bunga hududimiz joylashgan min- 
taqaning tabiiy sharoiti - bahor oylaridagi kuchli jala, yomg‘irlar, ha- 
roratning issiq kelishi, tog‘larda muzlik va qorlaming tez erishi, daryo 
o‘zani qiyaligining 3-5° dan kattaligi, suv yig‘ish maydonida zarracha- 
lari bog‘lanmagan bo‘shoq tog‘ jinslarining mavjudligi asosiy omillardan 
hisoblanadi. Shu o‘rinda Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘ida 
1998-yil yozda bo‘lgan sel falokati to‘g‘risidagi maTumotni keltirsak. 
Havoning birdan isib ketishi natijasida Qirg‘iziston Respublikasining 
0 ‘sh viloyati tog‘laridagi qorlaming erishi tezlashib, buning oqibatida 
1998-yilning 7-iyulidan 8-iyuliga o‘tar kechasi katta suv oqimi paydo 
bo‘ldi. Bu oqim Shohimardon soyiga qo‘shilib, uning suv sig‘imini 200 
m3/s ga ko‘paytirib yubordi va kuchli oqim natijasida 52 ta xo‘jalik, 36 
ta dam olish maskanlari zarar ko‘rdi. 8-9-iyul kunlari odamlarni Shohi­
mardon qishlog‘idan ko‘chirish ishlari boshlangan. Bu ofat oqibatida 104 
nafar odam jasadi topildi, 68 ta har xil uy hayvonlarining tanalari topi- 
lib, ko‘mib tashlandi. Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz o‘tkazish, 
14 km avto yo‘l, 4 ta yirik avtomobil ko‘prigi, 3 km suv o ‘tkazish ti­
zimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan 
ortiq savdo shoxobchalari butunlay vayron bo‘ldi. Bu tabiiy ofat oqibat- 
larini bartaraf etishga 2000 ga yaqin fuqaro, 438 ta texnika jalb qilindi.
2002-yilning iyul oyida xuddi shu yerda Vodil qishlog‘ida sel ofati ro‘y 
berdi. Ofat o‘chog‘i Qirg'izistoning Qadamjoy tumanidsr* bosiv" :g n
129


kuchli jalayom g‘iri oqibatida Shohimardonsoy daryosidagi suv sathi keskin 
ko'tarilib, Vodil qishlog‘iga katta sel oqimi yopirilib keldi. Bu ofat Vodii 
qishlog‘i hududlaridagi uvlarga, yo‘llarga, ekinzorlarga, kommunikatsiya ti~ 
zimlariga katta zarar yetkazdi. Jumladan, 88 ta xonadon shikastiandi. 11 km 
uzunlikdagi yo‘l, 6 ta ko‘prik, 5,5 km aloqa tarmog'i, 2,7 uzunlikdagi gaz 
quvurlari jiddiy zararlandi. Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi ku- 
rashish, sel bo‘lishi mumkin bo igan maydonlami aniqiash, ularning vujud­
ga kelish sabablarini chuqur o‘rganish, atrof muhitni muhofaza qilishning 
asosini tashkil etishda katta xalq xo‘jalik ahamiyatiga ega. Shuning uchun 
sel hodisasini bartaraf qiiish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy, amaliy 
xulosalarga, chora-tadbirlarga asoslangan boiishi kerak.

Download 8,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish