M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

66 – rasm. Zog’oza. 
A-  makro va mikroguddali poya, 
B- mikroguddalar, V- 
makrogudda G- 
makroguddaning uzunasiga 
kesimi 
1-  urug‘chi shoxchasi, 2- 
changchi shoxchasi, 3- 
mikrogudda, 4- o‘rama 
bargcha, 5- integument, 6- 
urug‘ kurtagi, 7- ichki 
integument (chang yoli hisil 
qiluvchi) 
 
 
Zog‘ozalardan  olingan  efedrin  alkaloidi  simpatik  nervlarni  qo‘zg‘atadi, 
allergik  bronxial  astma,  vazomotor  tumovda  kabi  kasalliklarida  qo‘llaniladi. 
Shuningdek  morfin  va  skopolamin  bilan  zaharlanganda  ham  efedrin 
alkaloididan foydalaniladi.  
 
YOPIQ URUG‘LILAR YOKI GULLI O‘SIMLIKLAR 
 
Magnoliophyta  yoki Angiospermae 
Ma’lumki, yopiq urug‘li o‘simliklar Yer sharining hamma yerlarida keng 
tarqalgan va eng murakkab tuzilgan o‘simliklardir.  
Ilmiy  manbalardagi  ma’lumotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  hozirgi  zamonoviy 
shakldagi  yopiqurug‘li  o‘simliklarning  dastlabki  kelib  chiqqan  joyi  bu  –
Sharqiy  Osiyodagi  qadimgi  materik  Kataziyadir.  Sernam  tropiklarda  yopiq 
urug‘li o‘simliklarning 80%, ya’ni 120  mingga yaqin turining, daraxt va buta 
o‘simliklarining  mavjudligi,  shu  hudud  yopiq  urug‘lilarning  kelib  chiqishini 
dastlabki markazi ekanligini isbotlaydi. 
Gulli  o‘simliklar  sayyoramizning  asosan  quruqlik  qismini  egallab, 
o‘simliklar  qoplamini  hosil  qiladi.  Ular  asosan  tabiatda  yashil  hayot  manbai 
bo‘lib, insonlarni biologik tur sifatida mavjud bo‘lishida katta o‘rinni egallaydi. 
Gulli o‘simliklar yer qit’asining turli ekologik joylarida o‘sa olishi bilan ajralib 


257 
 
turadi. 
Ilmiy  adabiyotlarda  gulli  o‘simliklarning  zamonaviy  turlarining  soni 
haqida  turlicha  ma’lumotlar  keltirilgan.  Yopiq  urug‘li  o‘simliklarning  turlar 
soni  Angiosperm  Phylogeny  Website  ning  2010  yildagi  fevral  oyida  bergan 
ma’lumotlari bo‘yicha ularning turkum soni 13350-13400 tani, turlar soni esa 
271-272  ming  tani  tashkil  qilgan.  The  Plant  List  (1.1  versiyasi,  2013  y.)ning 
ma’lumotlar  bazasida  esa  gulli  o‘simliklarning  405  ta  oilaga  kiruvchi,  14559 
turkumga  mansub,  304419  ta  tan  olingan  tur  nomlari  saqlanadi,  bunda  gulli 
o‘simliklarning umumiy turlar soni 352000 taga yetgan, deya e’tirof etiladi. 
Yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezozoy erasining bo‘r 
davrida  paydo  bo‘lib,  tabiatda  tez  tarqalgan.  O‘sha  davrning  boshlarida 
qurg‘oqchilikning  ko‘payishi,  tuproqning  isishi,  yopiqurug‘li  o‘simliklarning 
morfologik va  anatomik  tuzilishi o‘zgarib,tabiatga  moslasha borgan.  Tabiiyki, 
bunday  iqlimning  keskin  o‘zgarishiga  moslasha  olmagan  yuksak  arxegoniyali 
o‘simliklarning  ko‘pgina  turlari  yo‘qolib,  ularning  o‘rnini  yopiq  urug‘li 
o‘simliklar egallay boshlagan. 
Yopiq urug‘lilar o‘zidan oldin paydo bo‘lgan o‘simliklardan morfologik 
tuzilishining tubdan o‘zgarishi, tabiatga moslanishiva yangi reproduktiv organ 
gulning mukammal hosil bo‘lishi bilan ustun turadi. 
Gul tuzilishining murakkabligi bilan jinsiy va jinssiz ko‘payish usullarini 
hamda  ular  faoliyatini  o‘zida  mujassamlashtirgan  ilg‘or  yangi  o‘simlik 
qismidir. 
Qadimgi  yopiq  urug‘lilarning  gullari  shamol  va  hasharotlar  yordamida 
changlanishi  o‘sha  davrda  biologik  evolutsion  taraqqiyotni  muhim  bir  tarzda 
rivojlanganligini ko‘rsatadi. 
Gulning  eng  asosiy  qismi  bo‘lgan  tuguncha  urug‘kurtakning  atrofida 
ochiq  holatda  joylashgan  mevacha  bargchalari  megasporofill  birikib,  yopiq 
naychani  hosil  bo‘lishi  bilan  xarakterlanadi.  Hosil  bo‘lgan  nam  naycha 
gultuguni  deb  yuritilib,  ichidagi  urug‘  kurtakni  qurib  qolishidan,  keskin  iqlim 


258 
 
o‘zgarishidan va hayvonlarning iste’mol qilishidan himoyalaydi.  
Gul  tuguni  bilan  bir  vaqtda  urug‘chi  og‘izchasining  hosil  bo‘lishi, 
changni  tutib  olishga  va  chang  naychasini  hosil  bo‘lishiga  yordam  beradi. 
Gulning  tuguncha  devorini  rivojlanishidan  meva  hosil  bo‘ladi.  Meva  asosan 
o‘simlikning  nasli  bo‘lgan  urug‘ni  turli  tashqi  taassurotlardan  saqlab  qolish 
bilan  birga  o‘simlik  dunyosini  tarqalishida  katta  o‘rin  tutgani  uchun  turli 
morfologik ko‘rinishda uchraydi. 
Gulli  o‘simliklarda  gametofit  nasl  ochiq  urug‘lilardagi  kabi  juda 
qisqargan,  u  qopcha  va  uning  ichidagi  8  ta  hujayradan  tashkil  topgan  bo‘lib, 
urug‘lanish jarayoni suvga bog‘liq emas. Yopiq urug‘li o‘simliklarda qo‘shaloq 
urug‘lanish  jarayoni  sodir  bo‘lgani  uchun  urug‘  embrioni  bilan  endospermasi 
bir  vaqtda  hosil  bo‘ladi.  Endosperm  triploid  (3n)    holatida.  Urug‘lanish 
jarayoni  sodir  bo‘lmasa,  murtak  va  endosperm  ham  hosil  bo‘lmaydi.  Ochiq 
urug‘li  o‘simliklarda  urug‘langunga  qadar  endosperm  hosil  bo‘ladi,  lekin 
urug‘lanish  sodir  bo‘lmasa  u  nobud  bo‘ladi.  Demak,  endospermning  hosil 
bo‘lishi uchun sarf  bulgan energetik manbalar foydasiz sarflanadi. Bunday hol 
yopiq urug‘lilarda qo‘shaloq urug‘lanishga o‘tgani uchun sodir bo‘lmaydi. 
Murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lgan  urug‘  ochiq  urug‘lilarda  ikkinchi  yili 
hosil bo‘lsa, yopiq urug‘lilarda hatto 2-3 haftada hosil bo‘lishi mumkin. 
Reproduktiv  yoki  generativ  organlarni  murakkablanishi  bilan  birga 
yopiq  urug‘lilarda  morfologik  va  anatomik  o‘zgarishlar  ham  sodir  bo‘ladi. 
Barglarda  simpodial  tomirlanish,  poyalarning  o‘tkazuvchi  sistemasida 
traxeidlarni asosiy vazifasini bajaradigan suv naylari va floyemadagi elaksimon 
hujayralar  elaksimon  naylarga  aylanadi,  uning  yonida  yo‘ldosh  hujayralar 
paydo bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar moddalarni ko‘plab o‘simlikda harakat qilishiga 
sabab  bo‘ladi.  Urug‘larning  usti  meva  bilan  o‘ralgani  uchun  yopiq  urug‘li 
o‘simliklar deb atalishga sabab bo‘lgan. 
Urug‘  bu – o‘simliklarning  rivojlanishi uchun xizmat qiluvchi organ. U 
ona  sporofit  o‘simlikda  hosil  bo‘ladi  va  undan  oziq  moddalarni  olgan  holda 


259 
 
rivojlanadi. 
Sporali  o‘simliklar  sporalari  orqali  ko‘payadi,  ular  juda  mayda  va 
hayotchanligi  nisbatan  past  bo‘ladi.  Bir  hujayrali  spora  tarkibida  uncha  ko‘p 
bo‘lmagan oziq moddalarni tutadi, unuvchanlikni tezda yo‘qotadi, shu sababli 
noqulay omillarga uncha moslashmagan. 
Urug‘li  o‘simliklar  (ochiq va  yopiq urug‘li o‘simliklar) urug‘lari orqali 
ko‘payadi.  Ko‘p  hujayrali,  murakkab  tuzilgan  urug‘  kelgusi  o‘simlikning 
barcha asosiy organlari bo‘lmish murtak holidagi ildizcha, poyacha, kurtakcha 
va  urug‘pallalarni  o‘zida  mujassam  etib,  oziq  moddalarning  zahirasiga  ega, 
qobiq  bilan  himoyalangan,  tarqalishi  uchun  maxsus  moslamalarga  ega. 
Ko‘pgina  o‘simliklarda  urug‘  tinim  davrini  o‘taydi,  qulay  sharoit 
tug‘ilganidagina o‘sa boshlaydi. Bu esa albatta maysalarning yashab qolishiga 
imkon beradi. 
Yopiq urug‘li o‘simliklar morfologik va anatomik o‘zgarishlarga uchrab, 
qismlarini  atrof-muhit  sharoitlariga  moslab,  yashash  uchun  g‘olib  chiqqan 
o‘simliklardir.  Yopiq  urug‘li  o‘simliklarni  juda  ko‘p  o‘simlikshunos  olimlar 
sistemaga  solishgan.  1864-yili  nemis  botanigi  A.Braun  gulli  o‘simliklarni  3 
guruhga:  gultojbargsiz,  gultojbargli  birlashmagan  va  gultojbargli  birlashgan 
o‘simliklarga ajratadi. 
1887-yilda  nemis  botanigi  A.Engler  yopiq  urug‘li  o‘simliklarni 
filogenetik  yo‘lda  tartibga  solgan.  U  o‘simliklar  avlodini  va  turini  ham 
aniqlagan,  yopiq  urug‘lilarni  ikki  sinfga:  bir  pallalilar  va  ikki  pallalilarga 
ajratgan. 
A.  L.Taxtadjyan  sistemasi  A.Engler  sistemasi  bilan  mosroq  tushgani 
uchun  hozirgi  zamon  o‘simliklar  sistemasi  ularning  sistemalari  asosida 
tuzilgan. 
Mazkur darslikda yopiq urug‘li o‘simliklarni A.L.Taxtadjyan tomonidan 
1981-yili  ishlab  chiqilgan  tasnif  bo‘yicha  ko‘rib  chiqamiz.  U  yopiq  urug‘li 
o‘simliklar  qadimgi  magnoliyagullilar  tartibidan  kelib  chiqqanligini 


260 
 
ta’kidlaydi. 
A.L.Taxtadjyan  boshqa  sistematik  olimlar  kabi  yopiq  urug‘li 
o‘simliklarni ikki sinfga: ikki pallalilar—magnoliyaopsidalar va birpallalilar—
liliopsidalarga  ajratgan.  Ikki  pallalilarni  8  ta,  bir  pallalilarni  4  ta  kenja  sinfga 
bo‘ladi. 
Bir  va  ikki  pallali  o‘simliklarning  tashqi  va  ichki  tuzilishidagi  asosiy 
farqlar. 
 
Ikki sinf orasidagi asosiy farqlari 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish