Makrosporogenez. Urug‘kurtak ichida murtak xaltachasi joy oladi va bu
yerda urug‘lanish sodir bo‘ladi.Tuxum hujayra otalangandan so‘ng urug‘kurtak
urug‘ga aylanadi. Urug‘kurtak dastlab mayda do‘mboqchalar shaklida
mevabargchalarda hosil bo‘ladi. Bu do‘mboqchalarda birinchi bo‘lib
urug‘kurtakning markaziy qismi –nutsellus, keyinchalik ichki va tashqi qobiq
integument hosil bo‘ladi.
Nutsellusning shakllanishida epidermis ostidagi eng yirik hujayradan biri
meyoz bo‘linishi natijasida to‘rtta yirik gaploid xromosomali makrospora
vujudga keladi. Keyinchalik uchtasi nobud bo‘ladi va qolgan bittasidan murtak
xaltachasi rivojlanadi.
Murtak xaltachasining yadrosi ketma –ket uch marta mitoz bo‘linish
orqali sakkizta yadroni hosil qiladi va ular mikropile bilan xalaza tomonda
to‘rttadan joylashadi. So‘ngra har qaysi tomondan bittadan yadro murtak
xaltachasining markazi tomon harakatlanib, o‘zaro qo‘shiladi va diploid
xromosomali ikkilamchi yoki markaziy yadroni vujudga keltiradi.Murtak
xaltachasining ana shunday hosil bo‘lish usuli murtak xaltasining normal
rivojlanishi deyiladi va u deyarlik barcha yopiq urug‘li o‘simliklarda uchraydi.
Murtak xaltachasining xalaza tomonida uchta yadrosi antipod hujayralari
bo‘lib, ular ancha o‘zgaruvchandir. Mikropile tomondagi uchta yadroni bittasi
179
tuxum hujayra, qolgan ikkitasi sinergidlar deyiladi. Murtak xaltasiga kirgan
chang naychasi sinergidlar orqali tuxum hujayrasi yoniga borganda yoriladi,
bunga sinergid hujayralari ko‘maklashadi. Shunday qilib, makrosporogenez
jarayoni tugaydi va urug‘kurtak mukammal etiladi. Urug‘kurtakning tuzilishi:
bandi –funikulus, qoplovchi – integument, asosiy to‘qimasi –nutsellus, bola
qopchig‘i va uning ichida 3 ta antipod, 2 ta sinergid, 1 ta tuxum hujayra (ular
gaploid
xromosomali)
markazida ikkilamchi
qutb
yadrosi
(diploid
xromosomali) mavjud.
CHANGLANISH VA URUG‘LANISH
Changdondan chiqqan chang donachalarining urug‘chi og‘izchasiga
tushishiga changlanish deyiladi. Gulli o‘simliklar olamida o‘zidan changlanish
va chetdan changlanish mavjud. Bitta gul changdonidan chiqqan chang aynan
shu gul urug‘chisining og‘izchasiga kelib tushishiga o‘zidan changlanish
deyiladi. Demak, o‘zidan changlanish ikki jinsli gullarda ro‘y beradi va odatda
guli ancha ko‘rimsiz va hidsiz bo‘ladi. Evolyutsion nuqtai nazardan
qaralganda o‘zidan changlanish salbiy xodisa hisoblanib, bunda organizm irsiy
sifatlarining o‘zgarishi cheklangan bo‘ladi.
Chetdan changlanishni ksenogamiya deb ataladi va bunda bir o‘simlik
individiumida joylashgan guldagi changdondan chiqqan chang donachalari,
boshqa o‘simlik individiumida joylashgan guldagi urug‘chi og‘izchasiga
tushadi. CHetdan changlanish o‘simliklar evolyusiyasida ijobiy rol o‘ynaydi va
ko‘pchilik o‘simliklarda o‘zidan changlanishni cheklovchi mahsus
moslamalar: dixogamiya – urug‘chi bilan changchining har xil vaqtda etilishi
va geterostiliya –urug‘chi va changchining xar xil uzunlikda bo‘lishi
kuzatiladi.
O‘simliklarning chetdan changlanishida bir qator omillar vositachi
bo‘lishi mumkin. Bular ichida shamol va hasharotlar muhim rol o‘ynaydi.
180
Shamol yordamida changlanishga anemofiliya (yunoncha “anenos” shamol,
“fileo” –xohlamoq) deyiladi. Bunga terak, eman, yong‘oq, makkajo‘xori,
kanop va qand lavlagilarning changlanishi misol bo‘lishi mumkin. Odatda,
anemofil o‘simliklarda gullar mayda, oson tebranuvchan to‘pgullarga
yig‘ilgan. Ko‘pincha bunday o‘simliklarda juda ko‘p chang donachalari hosil
bo‘ladi. Masalan, bir tup makkajo‘xori ro‘vagida taxminan 50 million dona
chang etiladi; teraklarning changi mayda, engil bo‘lib uzoq masofaga ( 2000
km.gacha) tarqalishi mumkin.Shamol bilan changlanadigan o‘simliklarga
bug‘doy, javdar, makkajo‘xoriy, oq jo‘xori, yong‘oq, terak, chinor, lavlagi, tok
va shu kabi o‘simliklar kiradi.
O‘simliklarning hasharotlar yordamida changlanishi entomofiliya
(yunoncha “”entomon” –hasharot, “fileo” – sevaman) deb ataladi. Bu xil
o‘simliklarni entomofil o‘simliklar deb atalib, ularning guli yaxshi rivojlangan,
agar guli kichik bo‘lsa ular to‘pgullarga birlashgan bo‘ladi. Gultoj barglari
yaqqol ko‘zga tashlanadi, ranglari oq, pushti, sariq. ko‘k, qizil bo‘ladi.
Shuningdek, gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi efir moyli nektar ajratuvchi
bezlari mavjud. Ana shunday o‘simliklarga o‘rik, gilos, shaftoli, anjir, olma,
behi, nok va shu kabi o‘simliklar kiradi.
Shunday qilib, chetdan changlanishning o‘simlik uchun ham, hasharot
uchun ham ahamiyati katta bo‘lib, bu ikkala mavjudot tarixiy taraqqiyot
davomida bir-biriga mos keladigan moslashuvlarga ega. CH. Darvin ham
chetdan changlanishning o‘simlik va hasharotlar hayot faoliyati uchun muhim
bo‘lgan moslashuvlarning juda ko‘plarini tasvirlagan.
Chetdan changlanish inson tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Bu ma’lum maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunga sun’iy changlanish deyiladi.
Chetdan changlanishning muhim biologik ahamiyati katta. Changlanish
tufayli o‘simlikning yangi avlodi vujudga keladi va uning irsiy asosi
yangilanadi. Bu avlod yangi yashash muhitiga mos keladigan muhim belgilar
bilan boyiydi. Natijada o‘simlikning duragay turlari vujudga keladi.
181
Olimlarimiz mevali bog‘lar, moyli ekinlar, gullar va g‘o‘zalarni asalari
bilan changlantirish ustida ko‘plab tajriba o‘tkazmoqdalar. Unga ko‘ra,
asalari bilan changlatilgan paxta dalasi, shaftoli, olma, olxo‘ri, bodom, gilos,
olcha, o‘rik kabi mevali o‘simliklarda hosildorlik yuqori darajada oshmoqdi.
Kelgusida bunday tadqiqotlarni katta er maydonlariga tadbiq etib,
ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Odatda chang donachasi changdon ichida turgan vaqtidayoq ikkiga
bo‘linib, vegetativ va generativ hujayrani hosil qiladi. Generativ hujayra
cho‘ziq shakkli va o‘tkir uchli bo‘ladi. Chang donachasi urug‘chi og‘izchasiga
tushgach, u erda ajraladigan mahsus moddalar ta’sirida bo‘rtadi va una
boshlaydi. Chang donachasining hamma moddasi vegetativ va generativ
hujayra bilan birgalikda o‘sayotgan naychaga o‘tadi. Generativ hujayra ikkiga
bo‘linib, ikkita spermiya hosil qiladi. Vegetativ hujayra yadrosi urug‘ xaltasida
so‘rilib ketadi.
Chang naychasi odatda tugunchaga yetib borgach, mikropile orqali
urug‘ xaltachasi ichiga kiradi va uchki qismi yorilib, hamma moddasi xaltacha
ichiga to‘kiladi. Spermiyalardan biri tuxum hujayraning yadrosi bilan birikadi
va diploid xromosomali urug‘ murtagini vujudga keltiradi. Ikkinchi spermiya
esa markaziy hujayraning yadrosi qo‘shilib, triploid xromosomali hujayrani
hosil qiladi. Keyinchalik, bu hujayradanurug‘ning oziq moddalar to‘plovchi
to‘qimasi –urug‘ endospermi rivojlanadi. Urug‘kurtak qopchasida chang
donachasining spermalari bilan tuxum hujayra hamda markaziy hujayralarning
o‘zaro qo‘shilishiga urug‘lanish deyiladi (47-rasm). Urug‘lanishda qo‘sh
hujayralar qatnashadi va yopiq urug‘li o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish
hodisasining 1898 -yilda yirik rus olimi S. G.Navashin tomonidan kashf
etilishi,
biologik
tadqiqotlarda
yangi
davrning
boshlanishi
bo‘ldi.
Urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtakning qobig‘i urug‘ po‘stini, tugunchasining
devor to‘qimalari esa mevani hosil qiladi.
Mikrosporogenez va makrosporogenez jarayoni natijasida chang va
182
urug‘ kurtak hosil bo‘ladi. Bitta gulda ikkala jarayon sodir bo‘lib, urug‘chi
ichida urug‘kurtak va chang ichida generativ yadro hosil bo‘lsa, bunga ikki
jinsli bir uyli o‘simlik deb yuritiladi. Bitta o‘simlikning bir novdasida changchi
gul, ikkinchisida urug‘chi gul bo‘lsa, bir uyli ayrim jinsli o‘simliklar deb
ataladi. Ikki uyli bir jinsli o‘simliklarda bir o‘simlikda changchi, ikkinchi
o‘simlikda urug‘chi gul rivojlanadi (tol,terak).
Do'stlaringiz bilan baham: |