M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


 PAXTANI IFLOS ARALASHMALARDAN



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.9. PAXTANI IFLOS ARALASHMALARDAN  
TOZALASH USKUNALARI
Tola  ajratgichning  (jinlarning)  mukammal  —  bir  tartibda  me’ yorli 
ishlashini ta’minlash hamda tolada talab qilinadigan miqdorda nuqson 
va iflos aralashmalar bo‘lishiga erishish maq sadida, paxta — toshlardan, 
metall  buyumlardan,  organik  aralash malardan,  shuningdek,  o‘likdan 
tozalanadi chigitli. Paxta maqbul namlikkacha quritilgandan keyin mayda 
va yirik xas cho‘plardan tozalanadi.
Og‘ir aralashmalar – toshlar, metall buyumlar, ochilmagan va yarim 
ochilgan  paxta  ko‘saklarini  tutib  qolish  uchun,  hovli  va  sexlararo 
pnevmotransport tizimining separatorlari oldida o‘rna tiladigan chiziqli 
toshtutgichlar qo‘llaniladi.
Paxtani  mayda  iflos  aralashmalardan  tozalash  uchun  ko‘pincha 
1XK,  SCH—2  va  UXK  turidagi  paxta  tozalash  agregatlari  yoki  qoziqli 
barabanlari  soni  ko‘paytirilgan  yoki  kamaytirilgan  to‘rt  karrali  1XK 
turidagi  tozalagichlarni  yig‘ishda  foydalaniladigan  EN—178  qoziqli 
bloklar ishlatiladi. Bu tozalagichlar, seksiyalar yoki bloklarda konstruktiv 
jihatdan bir xil bo‘lgan barabanlar gori zontal tekislikda ketma-ket qator 
qilib o‘rnatiladi. Qoziqli bara banlar ostiga g‘alvirsimon to‘r o‘rnatilgan 
bo‘lib,  paxtani  tozalash  vaqtida,  ular  orqali  mayda  chiqindilar  ajralib 
chiqadi.  g‘oziqli  barabanlarning  birinchi  jufti  tepasiga  (paxtaning 
harakat yo‘nalishi bo‘yicha) ta’minlash valigi bo‘lgan shaxta o‘rnatilgan. 
Ta’minlash valiklarining aylanish tezligi IVA variatori orqali sozlanadi va 


43
uning yordamida ish unumdorligi belgilanadi. Bir qator paxta zavodlari 
ishlab chiqarishdan olib tashlangan 6A—12MI shnekli tozalagichlardan 
ham foydalanadi.
Paxtani  yirik  iflosliklardan  tozalash  uchun  tozalash  mashi nasining 
arrali seksiyalarida asosiy va regeneratsiya qilish bara banlari qo‘llaniladi. 
Bu  barabanlar  kolosnikli  panjara  va  paxtani  arra  tishlariga  bosish 
cho‘tkalari bilan birgalikda ishlaydi.
Asosiy arrali baraban tutib qolgan paxta bo‘laklari ishqalash cho‘tkalari 
yordamida tekislanadi va arrali garnitura tishlariga mahkamlanadi Arrali 
baraban  aylanishi  vaqtida  arra  tishlaridagi  paxta  kolosniklarga  urilib, 
iflosliklardan  tozalanadi.  Iflosliklar  bilan  qo‘shilib,  chiqindiga  chiqib 
ketgan  paxta  bo‘laklari  regeneratsiya  barabaniga  tushib  tozalanadi. 
Ajratib  olingan  iflosliklar  mashi nadan  chiqariladi. Tozalangan  paxta 
va  regeneratsiya  qilingan  paxta  bo‘laklari  asosiy  va  regeneratsiya 
barabanidan cho‘tkali baraban yordamida ajratilib, tozalash seksiyasidan 
chiqariladi.
CHX rusumli batareya tozalagichi ta’minlash valigi va qoziqli barabani 
bo‘lgan ta’minlash seksiyasiga ega.
Paxtani yirik iflos aralashmalardan tozalash uchun asosan: batareyali 
yig‘ishda CHX—5 (1.8-rasm) va CHX—3M2 «Mehnat» (1.9-rasm), oqimda 
1XP va 1RX tozalagichlar va EN—177 arrali seksiyasi bo‘lgan UXK turidagi 
paxta tozalash agregatlaridan foydalaniladi. EN—177 arrali seksiyasi 1XP 
tozalagichida hamda 1RX regeneratorida ham asosiy hisoblanadi.
Tozalagichlarning  chiqindilaridagi  tolali  chigitni  regene ratsi yalash 
uchun 1RX, RX regeneratorlari yoki CHX—3M2, CHX—5 tozalagichlardan 
foydalaniladi.
Valikli va arrali jinlash jarayonlari
Chigitli  paxta  quritish-tozalash  sexlarida  konditsion  namlik kacha 
quritilib, xas-cho‘plardan tozalangandan keyin zavodning bosh korpusiga 
jinlash  uchun  yuboriladi.  Jinlash  paxtani  dastlabki  ishlash  texnologik 
jarayonining asosiy bosqichi hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan 
ajratiladi. Jinlash jarayoni chigitli paxtaning tolasini chigitdan mexanik 
kuch bilan ajratishdan iborat. Tolaning chigit bilan bog‘lanish kuchi yakka 
tolaning uzilish kuchiga qaraganda 2—3 marta kam bo‘lgani uchun jinlash 
jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik, pishganlik 
darajasi, uzilish kuchlari va h. k.) saqlagan holda tubidan uzilib, chigitdan 
ajralib chiqadi. Uzun tolali paxta tolalarining chigit bilan bog‘lanish kuchi 
o‘rta tolanikidan ancha kam va ularni tukli sirt larga ishqalanish kuchi 
hisobiga  ham  chigitdan  ajratib  olish  mumkin.  Shuning  uchun  uzun 


44
tolali paxtalar tolasi chigitdan va likli jinlarda va o‘rta tolali paxtalarning 
tolasi  esa  arrali  jinlarda  ajra  tiladi. Valikli  jinlarning  asosiy  ish  organi 
valik bo‘lib, uning tukli navi uzun tolali paxta tolasining sifatiga zarar 
yetkazmaydi. Ar rali jinlarda ish organi sifatida arrali disklardan terilgan 
silindr xizmat qiladi, bu jinda tolani chigitdan ajratish uchun arrali disklar 
bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi. Bularning paxtaga birgalikda 
ta’siri tola bilan chigitning sifatiga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Arrali 
jin kamerasida chigitli paxta valigi hosil bo‘ladi. Uzun tolali paxta arrali 
jinda ishlansa, tolalar valikda kuchli gajaklanib, ularda nuqsonlar paydo 
bo‘ladi. Chigitli paxtani jinlashda quyidagi texnologik talablar bajarilishi 
lozim: chigitlardan yigirishga yaroqli tolalarning hammasini ajratish, jin 
ish qism larining tolaga ta’siri natijasida tola va chigitda qo‘shilib ketmas-
ligi: o‘lik va iflos aralashmalardan tozalash samaradorligi yuqori bo‘ lishi; 
chiqayotgan chigitning tuklilik darajasini kamaytirish.
Jinlash  jarayonida  tolani  iflosliklardan  qisman  tozalash  va  toladan 
o‘likni ajratish bilan birga quyidagi nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin: 
chigit po‘chog‘ining bo‘lakchasi yopishgan tolalar, uzilgan va shikastlangan 
tolalar, tugunchalar, buralib qolgan tolalar, ga jaklar, puch chigitlar. Jinlash 
nuqsonlarini  paydo  qilmaslik  uchun  jinlarni  va  boshqa  mashinalarni 
texnologik talablarga muvofiq ishlatish hamda ularni doim durust holda 
saqlash kerak.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish