M. T. Ahmedova tdpu pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi


Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari



Download 6,27 Mb.
bet259/525
Sana11.01.2022
Hajmi6,27 Mb.
#352832
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   525
Bog'liq
Пед конф. УМК-2020.docx

Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari:
1-vaziyat. Keyingi gal, doimiy bolalar bog‘chasining ushbu tarbiyachisi guruhiga qatnaydigan 4 yoshu 2 oylik Munira, rasm chizib bo‘lganidan so‘ng, qalamlarini ham, rasm daftarini ham ish o‘rni (ya’ni, stol)da qoldirib ketdi. Odatda, Munira har doim tarbiyachining ogohlantirishisiz, o‘zining narsalarini o‘zi yig‘ishtiradi. Bu gal, u tashqariga chiqib aylanishga shoshilganligi tufayli shu vaziyat yuzaga keldi.

Vazifa: bunga o‘xshash vaziyatlarda tarbiyachi qanday yo‘l tutishi lozim?
2-vaziyat. Bahodan foydalanmagan holda, faqat olingan axborotlarga ko‘ra, tarbiyachi bolalarning mustaqil harakatlarini rag‘batlantir maydi gan vaziyatda, 5 yoshli Qudratning harakatlarini tushuntirib bering. Tarbiyachi Qudratdan boshqa bolalar chizayotgan narsani chizishni talab qiladi. Qudrat gapga kiradigan, “qulflangan” va kam qiziquvchan bo‘lib qoldi.

Vazifa: quyidagi fikrlar bo‘yicha siz nima deysiz?

a) nima uchun bu holat sodir bo‘ldi?

b) tarbiyachi qanday rol o‘ynadi?

v) Qudratga ota-onalarining ta’siri haqida nima deyish mumkin?

g) Qudratning xulq-atvori o‘zgarishiga tengdoshlarining ta’siri qanday bo‘lishi kerak?

d) bu o‘zgarishlarda Qudratning shaxsiy roli qanday?


3-vaziyat. Feruza ismli qiz bola 6 yoshda. U 3 yoshidan xoreografik to‘garakka, 5 yoshidan esa vokal va teatr studiyasiga qatnaydi. Tez-tez sahnada chiqish qiladi, turli tanlovlarda qatnashadi. Navbatdagi chiqish oldidan o‘yin vaqtida Feruza o‘zining tengqurlariga: “Men sizlardan yaxshiroq bilaman, men sahnaga ko‘p marotaba chiqqanman, sizlar esa, chiqmagansizlar. Shuning uchun, men tulki rolini o‘ynayman” deb, rahbarlik qilishga harakat qilmoqda. Tengqur qizlar unga bo‘ysunishdan bosh tortishga harakat qilmoqdalar va tarbiyachi oldiga yordam so‘rab bormoqdalar.

Muammo: Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?

1-variant. Feruzaga o‘zining dugonalariga o‘zlarini namoyon qilishlariga yordam berish uchun ushbu o‘yinda rejissyor rolini taklif etish. Ularning chiqishlari ham maqtovga loyiqligini ko‘rsatish.

2-variant. Feruza bilan badiiy asar qahramonlari xulqlarining salbiy tomonlari (maqtanish, do‘stlarining xafaligi va hokazo)ni tahlil qilishga yo‘naltirilgan suhbat o‘tkazish, boshqa qizlar uning dugonalari ekanligini, ularda ham shu rolni o‘ynashga xohishlari borligini tushuntirish. Tulki rolida navbat bilan o‘ynashni taklif etish.

3-variant. Bolalarga tortishmaslikni taklif etish, balki rolni taqsimlashni qur’a tashlash yo‘li bilan amalga oshirish. Shunda to‘g‘ri bo‘lar.

4-variant. Tulki – bosh rol uchun tanlov tashkil qilish, mustaqil hakamlarni (ushbu o‘yinda qatnashmaydigan o‘g‘il bolalardan) tanlash.

5-variant. Ushbu muammoni hal etish uchun bolalarga murojaat qilish.



ADABIYOTLAR:
1. Ahmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -320 b.

2. Ansupov A.Ya. Osnovы konfliktologii. –M.: 1998;

3. To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. –T.: 2008.

4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

5. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.

6. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.

7. Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.


Download 6,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish