2. Rigid toifadagi nizoli shaxs hislatlari: shubhaga beriluvchan; o‘zini baholashi o‘ta yuqori; doimo shaxsan tan olinishini talab etadi; vaziyat o‘zgarishi va sharoitlarni inobatga olmaydi; to‘g‘ri va tushunmaydigan, ya’ni moslashmaydigan; qiyinchilik bilan atrofidagilarning fikriga kiradi, boshqalarning fikriga u qadar qo‘shilmaydi; boshqalar tomonidan unga e’tibor ko‘rsatilishini majburiyatdek ko‘radi; boshqalar tomonidan kelishmaslik yoki qo‘shilmaslikni hafagarchilik bilan qabul qiladi; o‘z harakatlariga nisbatan tanqidiy qaramaydi; nihoyatda arazchi, haqiqiy yoki arzimas nohaqliklarga ham ta’sirchanlikni namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |