Birovning ustidan kulish. Birovning ustidan istehzo bilan kulish, uni mas’hara qilish agressiyaning psixologik turlaridan hisoblanadi. Birovning ustidan kulish inson huquqlarini buzishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Odatda javob bera olmaydiganlar ustidan kulgi qilinadi, yoki ana shu vaziyatda konkret o‘quvchi kulgiga nisbatan ma’lum sabablarga ko‘ra javob qaytara olmaydi. Inson ustidan kulish uning nafsoniyatiga tegadi va uzoq vaqt dilda o‘rnashib qoladi. Talabalikda mazah qilingan “semiz”lar, “omi”lar, “qishloqi”lar, “turqi sovuq”lar keyinchalik o‘z ustidan kulgan o‘rtoqlariga qarshi harakat olib borgani, yoki, “birinchi muhabbati” hamma tomonidan kulgi ostiga olingan yigitlar keyinchalik o‘z dushmanlaridan qaqshatgich qasos olgani borasidagi hayotiy misollar ko‘p. Ko‘pchilik hollarda kulgi ostida qolgan o‘quvchi qulay vaziyat poylab o‘z javobini tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |