Konfliktni tushunishga bo‘lgan ikki xil yondashuv mavjud. Ulardan birinchisi konfliktni ancha keng – taraflar, fikrlar, kuchlar to‘qnashuvi deb ta’riflaydi. Bunday yondashuvga ko‘ra konfliktlar jonsiz tabiatda ham yuz berishi mumkin. “Konflikt” va “ziddiyat” tushunchalari amalda hajmiga ko‘ra qiyoslanuvchan bo‘lib qoladilar. Ikkinchi yondashuv konfliktni opponentlar yoki o‘zaro ta’sir sub’ektlarining bir-biriga zid (teskari) yo‘llangan maqsadlari, manfaatlari, pozitsiyalari, fikrlari yoki qarashlari ning to‘qnashuvi deb tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |