2-jadval
Turizm klassifikatsiyasi
Sayohatda ishtirok
etuvchilar va
qatnashadiganlar soniga
ko„ra
Individual (yakka), guruh, oilaviy
Dam olish regioniga ko„ra
Milliy, xalqaro
Turizm bozori
Ichki, xalqaro
Tashkil etish xususiyatiga
ko„ra
Tashkillashtirilgan, tashkillashtirilmagan, mustaqil
28
Maqsadiga ko„ra
Dam olish, sog‗liqni tiklash (sanatorniya),
rekreatsiya, sog‗lomlashtirish, ishbilarmonlik,
ta‘limiy, diniy, ziyorat, shopturizm, sog‗inish-
qumsash (nostalgicheskiy) va boshqalar.
Yoshiga ko„ra
Bolalar,
yoshlar, o‗rta yoshdagilar, keksa
yoshdagilar, qarilar
Xarakatlanish vositasiga
ko„ra
Avtomobil, avtobus, suv (kruiz), piyoda, temiryo‗l,
xavo, velosiped va boshqalarda
Faoliyat turiga ko„ra
Ishbilarmonlik, tanishuv, sport, ekologik, kongress,
ekstremal, qishloq (agroturizm) va boshqalar
Tabiiy resurslardan
foydalanishga ko„ra
Tog‗, dengiz, o‗rmon, daryo, plyaj, davolanish
Hududiy xarakteriga ko„ra
Kontinental, dengizbo‗yi, orol
Moliyaviy manbasiga ko„ra
Tijorat, ijtimoiy (sotsial)
Turistlarni joylashtirish
vositasiga ko„ra
Mexmonxona tipi, mexmonxona bo‗lmagan tipi
Sayohatning uzoq-yaqinligi
Yaqin, uzoq
Sayohatning davomiyligi
Qisqa, o‗rta, uzoq
Turistik potoklarning
intensivligi
Mavsumiy, yil davomida (doimiy)
Ichki turizm yoki ko`p hollarda mahalliy turizm sifatida ham
ishlatiladi. Agar turist o‗z yashab turgan mamlakat hududdan
chiqmasdan sayohat qilsa, turizmning bunday shakliga ichki turizm
deb ataladi. Bunday turistlar uchun viza kerak emas, o‗zining milliy
pulidan foydalanadi. Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda turistik
sayohatlarga chiqishning asosiy qismi ichki turizmga to‗g‗ri keladi.
Ichki turizmning rivojlanishi har bir mamlakatda turistik
resurslardan foydalanish, turizm infratuzilmalarini rivojlantirish,
turizm bo‗yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
Keyingi yillarda xalqaro turizm bilan ichki turizm orasida bir-
biriga yaqinlashuv yuz bermoqda. 1985 yil 14-iyun oyida Yevropa
davlatlarining bir guruhi Gollandiya, Belgiya, Germaniya, Fransiya,
Lyuksenburg, Italiya kabi davlatlarning hukumat boshliqlari
Shengel hamkorligiga imzo chekdilar. (2019 yilda 22 ta davlatda
shingen shrtnomasi amal qiladi). Keyingi yillarda Yevropa
davlatlarining ko`pchiligi yagona pul muomalasi «Yevro»ga
o`tmoqdalar. Bu esa ushbu mamlakatlarning barchasida pul, tovar
va turistlarning erkin harakat qilish imkoniyatini beradi. Ushbu
29
davlatlarda yagona viza siyosati amalga oshirildi. Bu esa Yevropaga
turistlar oqimining ko‗plab kelishi va ularning viza uchun ortiqcha
mablag‗ va vaqt sarflanmasligiga olib keldi.
Xalqaro
turizm.
Turistlarning
bir
mamlakatdan
boshqa
mamlakatga borib, undagi tarixiy, madaniy ob`ektlari bilan
tanishish, ko‗rish, dam olishga, davolanish va h.k. maqsadlargagi
tashrifidir. Xorijiy mamlakatlarga pul ishlab kelish uchun borish
turizmga kirmaydi.
Xorijiy davlatlarga sayohatga chiqishdan oldin sayohatga
chiqayotgan kishilar uchun viza ochiladi, ular tibbiyot ko‗rigidan
o‗tkaziladi, milliy pul, xorijiy mamlkat puliga almashtiriladi.
Bunday ishlarning amalga oshirilishi eng avvalo aholini noqonuniy
migratsiyasiga, narkotik moda va fohishabozlikka qarshi kurash va
boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Xalqaro turizmning ikkinchi
o‗ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, xalqaro turizm
mamlakat iqtisodiyotiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Chet ellik
turistlarning turizm xizmatlaridan foydalanishi turist qabul qilgan
mamlakatga valyuta tushumining ortishiga olib keladi. Shu sababli
xalqaro turizm faol turizm deyiladi. Shu bilan birga turistlarni
eksport qiluvchi mamlakatlarda pulning bir qismi turistlar bilan
chiqib ketadi. Shu sababli faqat turistlarni eksport qiluvchi
mamlakatlardagi turizm passiv turizm deyiladi.
Xalqaro turizmda qatnashuvchi turistlarning 65 foizi Yevropa
mamlakatlariga, 29 foizi Amerikaga, 15 foizi boshqa mamlakatlarga
to‗g‗ri keladi.
Rekreatsiya turizmi-turistlarning o‗z yurti yoki biror bir
mamlakatga dam olishi uchun borishidir. Ispaniya, Italiya, Fransiya
va Avstriyaga boruvchi turistlar ko‗proq dam olish uchun boradilar.
Davlolanish turizmi. Ushbu tardagi turizm shaxsiy xarakterga ega
bo‗lib, ko‗p hollarda turistlar o‗z sog‗lig‗ini tiklash, yani davolanish
uchun bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Davolanish
turizmining muddati ko‗p hollarda 24-29 kunni tashkil qiladi.
Davolanish turizmi organizmga ta‘sir ko‗rsatishiga qarab, iqlimiy,
dengiz iqlimida davolanish, shifobaxsh balchiqqa, quyosh nurlarida
davolanish kabi turlarga bo‗linadi.
30
Ko‗rish (Tanishuv) turizmi. Turizmning ushbu turi biror bir
mamlakat hududini tomosha qilish uchun tashkil qilinadi. Sayohat
qilishdan
asosiy
maqsad-turistlarning
dunyoqarashini
kengaytirishdir. Tomosha qilish uchun sayohatga chiqishning
muhim turlaridan biri avtomobillarda, avtobuslarda sayohat qilish
hisoblanadi.
Tadbirkorlik turizmi. Turizmning ushbu turida turistlar ma‘lum
bir maqsad yuzasidan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga
boradilar. Ish yuzasidan amalga oshiriladigan turistlarga davlat yoki
biror bir tashkilot tomonidan safar xarajatlari to‗lanadi. Shu sababli
ko‗pchilik davlatlar o‗zlarida ko‗proq xalqaro yig‗ilishlar
o‗tkazishga harakat qiladilar. Tadbirokor turizmida savdo-sotiq
ishlarini tashkil qilish, ilmiy kongres, anjuman, ishlab chiqarish
seminarlari, stanoklarining Yangi texnologik linyalarini ishga
tushirish, xalqaro ko‗rgazmalar, shartnomalarni imzolash ishlari
amalga oshiriladi. Ushbu turizmga umumiy turistlar oqimining 10-
20 foizi to‗g‗ri keladi.
Ilmiy turizm. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‗qish,
ta`lim olish, malakasini oshirish, anjumanlarda ishtirok etish uchun
amalga oshiriladigan tashriflar ilmiy turizm deb ataladi. Turizmning
ushbu turi Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy kabi
davlatlarda rivojlangan.
Sport turizmi. Turizmning Ushbu turi sportchilarning turli
musobaqalarda qatnashishi, ma‘lum sport turi bo‗yicha tayyorgarlik
ko‗rish uchun joy mamlakatlarga borishidir.
Shop turizmi. Xorijiy mamlakatlarga har xil tovarlar sotib olishi
tushuniladi. Jumladan, turistlar Turkiya, Italiya, Portugaliya va
Suriyaga poyafzal, trikotaj va boshqa tovarlar sotib olish uchun
borsa, Hindistonga to‗qimachilik mahsulotlarini sotib olish uchun
Gretsiya va Argentinaga mo‗yna, po‗stin sotib olish uchun
borishadi. Turizmning ushbu turi hisobiga tovar sotuvchi
mamlakatlar katta foyda oladilar. Jumladan, Turkiya turistlarga
tovar sotish evaziga yiliga 8-10 mlrd dollar foyda oladi.
Tasodiflar turizmi. Turizmning ushbu turi yovvoyi hayvonlarni
ov qilish, baliq ovlash, qadimgi boyliklarni izlab topishga qaratilgan
31
ishlarni amalga oshiradi. Tasoddiflar turizmi quyidagi turlarga
bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |