6.5.Janubiy Yevropa subregioni
Janubiy Yevropa subregioni.
Janubiy Yevropa siyosiy
xaritasida Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra,
San-Marino, Mal`ta va Vatikan ―mitti‖ davlatlari joylashgan. Bu
davlatlar iqtisodiy-geografi k o‗rni va xo‗jalik rivojlanishi jihatidan
uzoq tarixi davomida O‗rta dengiz bilan chambarchas bog‗liqligi
sababli Yevropaning O‗rta dengizbo‗yi mamlakatlari deb ham
ataladi. Bu mintaqa Yevropa sivilizatsiyasi va madaniyatining chin
beshigi hisoblanadi, chunki bu qit‘adagi eng qadimgi davlatlar
Gretsiya bilan Rim aynan O‗rta dengiz qirg‗oqlarida rivoj topgan.
Malta O‗rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‗lsa,
subregionning qolgan davlatlari geografik o‗rni nuqtai nazaridan
yarim orol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan
davlatlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati
yo‗q. San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar
hisoblanadi,
chunki ular faqat bitta davlat, ya‘ni Italiya bilan chegaradosh bo‗lib,
butunligicha uning hududi bilan o‗ralgan. Janubiy Yevropa
mamlakatlaridan Ispaniya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan
konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona
mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari Rim-katolik cherkovi
etakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir.
Janubiy Yevropa davlatlari O‗rta dengiz geosinklinal mintaqasida
joylashganligi tufayli seysmik jihatdan faol hudud hisoblanadi.
Qadimdan olamga mashhur etna, Vezuviy, Stromboli vulqonlari
ham Yevropaning shu qismida joylashgan. Foydali qazilmalardan
rangli metall rudalari va mineral tuzlar zaxiralari mavjud. O‗rta
dengiz tipidagi subtropik iqlim (yozi issiq, birmuncha quruq, qishi
esa iliq va yomg‗irli) qishloq xo‗jaligi va turizm uchun juda qulay
sharoit yaratadi. Lekin Yevropaning boshqa subregionlarga nisbatan
suv resurslar bilan ta‘minlanish darajasi pastroq bo‗ib, ayrim
hududlarda suv tanqisligi ham sezilmoqda. Janubiy Yevropadagi
demografik vaziyatga aholining tabiiy va migratsion ko‗payishining
80
past ko‗rsatkichlari xos. Ular orasida, ayniqsa, aholisi kamayib
borayotgan Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya davlatlari alohida
ajralib turadi. Rivojlanayotgan davlatlardan, xususan Shimoliy
Afrikadan, ko‗plab immigrantlar ko‗chib kelishi bilan bir vaqtda bu
yerdan G‗arbiy Yevropa mamlakatlariga tomon emigratsion
oqimning faolligi subregionning migratsiya qoldig‗ini ancha
pasaytiradi, yuqorida aytib o‗tilgan davlatlarda esa manfiy
ko‗rsatkichlargacha tushirmoqda. Janubiy Yevropa rel`efi, asosan,
tog‗lardan iborat bo‗lganligi tufayli aholisi juda notekis joylashib,
asosan qirg‗oqbo‗yi tekisliklari va daryo vodiylarida joylashgan.
Urbanizatsiya Shimoliy va G‗arbiy Yevropa mamlakatlariga
nisbatan biroz pastroq bo‗lsada, 60 foizdan yuqori darajada.
Yevropaning O‗rta dengizbo‗yi mamlakatlari Shimoliy va G‗arbiy
Yevropa
davlatlariga
nisbatan
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
ko‗rsatkichlari nisbatan past. Ayniqsa, Gretsiya, Ispaniya va
Portugaliya iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyat Yevropa Ittifoqi
doirasida ko‗zga tashlanadi. Italiya garchi ―katta ettilik‖ guruhi
a‘zosi bo‗lsada, mamlakatning turli hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi keskin farq qiladi. Shimoliy Italiya Yevropadagi eng
rivojlangan iqtisodiy rayonlardan biri hisoblansa, Janubiy Italiya,
aksincha, Yevroittifoqning eng qoloq rayonlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotida Janubiy Yevropa mamlakatlari, eng
avvalo, subtropik dehqonchilik (uzum, sitrus mevalari, yong‗oq,
zaytun va hokazo) bilan turizmga ixtisoslashgan. Bu subregion
dengiz turizmining dunyodagi eng yirik rayoni hisoblanadi.
Italiya
ning umumiy maydoni 301,3 ming km
2
. Aholisining
soni 60,588,366 kishi (2018), (Yevropada Germaniyadan keyin 2-
o‗rinda turadi). Poytaxti Rim shahri. Milliy jihatdan aholining 98%
ni italiyaliklar tashkil etadi. Savodxonlik darajasi 97%. Ichki
milliy mahsulotning umumiy hajmi 1 trillion 88,6 milliard
AQSH dollari (jon boshiga 19209 AQSH dollari).
XX asrda Italiya dunyoning eng yirik turistik markazlaridan
biriga aylandi. 1991-yili O‗rta dengizi havzasiga tashrif
buyurayotgan sayyohlarning 36% aynan shu mamlakatga keldi.
Italiyaning asosiy turistik zaxiralariga tog‗lar, ko‗llar va madaniy
boyliklar kiradi. Kelayotganlarning 45% ni Italiyaning madaniy-
81
tarixiy boyliklari qiziqtiradi. Xalqaro turizm mamlakatning
shimolida mujassamlashgan. Mehmonlarni qabul qilish bo‗yicha
1-o‗rinni Venetto shahri egallaydi. Barcha turistlarning 20% shu
yerga keladi. Undan keyin Toskano va Alto-Adije shaharlari
turadi (har biriga 13%). 39 mlnga yaqin italiyaliklar o‗z
kurortlarida dam olishni xush ko‗radilar. Emiliya-Romanya,
Venetto, Toskano va Lombardiya viloyatlari, o‗rtacha har biri,
ichki turistlarning 10% ni qabul qiladi. Mehmonxonalarning
asosiy qismi (46,l%) mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan.
Ayniqsa, Trentino va Alto-Adije hududlarida mehmonxonalar ko‗p
qurilgan. 1980-yillarda Yevropa Ittifoqi yordami bilan Italiyaning
janubi Medzojorno mintaqasida yangi loyiha bo‗yicha turistik
infratuzilma rivojlantirila boshlandi. Natijada qo‗shimcha 65
ming mehmonxona nomerlari tashkil etildi. Turistlarning asosiy
qismi 3 yulduzli otellarda joylashadi. SHuningdek kemping, turistik
qishloqlar, dam olish uylari, yoshlar markazlari, xususiy
xonadonlar, alp uylar tizimi ham yaxshi rivojlangan. Tashqi
turistlar asosan qo‗shni Germaniya, Fransiya. Avstriya va
Shveytsariyadan tashrif buyuradilar. AQSH va Yaponiyadan
kelgan sayyohlar asosan Rim, Florensiya va Venetsiya
shaharlarini xush ko‗radilar.
Rim mamlakatning poytaxti bo‗lib, qadimgi yodgorliklarga
juda boy. Italiyadagi dengiz kurortlaridan quyidagilari eng
mashhur: Liguriya, Rimini, Lido de ezolo, Kaorle, Cherviya, Pezaro,
Linyano va boshqalar. Alohida guruh sifatida tog‗ kurortlarini
ajratsa bo‗ladi, masalan: Kurmayor, Kronplas, Val Gardena,
Sestrier, Madonna de Kampilo, Passo Tonale va boshqalar.
Italiyaning milliy taomnomasidagi eng mashhur hamda dunyo
miqyosida tarqalgan taom «pitsa» bo‗lib, uning turlari talaygina.
Restoranlarda ko‗p taqdim etiladigan maxsus gazak «chipole»
tarkibida qizil qalampir bor. Italiyaliklar orasida «anguila» (baliq
sho‗rvaning bir turi) taomi ham mashhur. Ichimliklardan kofe ko‗p
imte‘mol qilinadi. Spirtli ichimliklardan oq vino «Tokay» hamda
qizil vino «Kaberne» sayyohlar orasida ham katta shuhrat qozongan.
Italiyaliklar kiyimga katta e‘tibor beradilar va ayniqsa, bayramlarda
82
chiroyli kiyinishni yoqtiradilar. Italiyaliklarga xos bo‗lgan yana bir
xususiyat har bir italiyalik o‗z tug‗ilgan hududini juda hurmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |