O‗zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari
uchun qo‗shimcha (elektron bo‗lmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish
RO‗YXATI
1.
«Vatandosh»
— O‗zbekiston Respublikasida tug‗ilgan shaxslar va ularning oila
a‘zolari uchun O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‗lgan va uning hududida doimiy yashovchi
qarindoshlarining taklifnomasi asosida beriladigan 2 yillik viza;
2.
«Student visa»
— O‗zbekiston Respublikasining ta‘lim muassasalari, tasarrufida
ta‘lim muassasalari bo‗lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomasiga ko‗ra
O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta‘lim muassasalariga qabul qilingan xorijiy
talabalarga beriladigan bir yillik viza;
3.
«Academic visa»
— O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‗zbekiston
Respublikasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta‘lim muassasalari, vazirlik yoki idoralar
iltimosnomasiga ko‗ra O‗zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni
amalga oshirishni istagan xorijiy shaxslar uchun 3 oydan 2 yilgacha bo‗lgan muddatga
beriladigan viza;
4.
«Medical visa»
— tibbiy muassasaning taklifiga binoan davolanish uchun
O‗zbekiston Respublikasiga kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha bo‗lgan muddatga
beriladigan viza;
5.
«Piligrim visa»
— O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din
ishlari bo‗yicha qo‗mita va turistik faoliyat sub‘ektlarining arizasiga ko‗ra O‗zbekistonning
madaniy-tarixiy va diniy merosi, an‘analarini o‗rganish maqsadida kiruvchi xorijiy fuqarolar
uchun 2 oygacha bo‗lgan muddatga beriladigan ziyorat vizasi.
Oldingi
tahrirga qarang.
6. «Investment visa» — xorijiy investitsiya kiritish vaqtida O‗zbekiston Respublikasida
belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8 500 baravarida xo‗jalik jamiyatlarining
aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
tashkil etish shaklida O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan chet el
fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladigan, ushbu korxonalarning
buyurtmasi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan muddatini uzaytirish
imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha bo‗lgan ko‗p martalik investitsiya
vizasi.
Bunda, investorning oila a‘zolari (turmush o‗rtog‗i, ota-onasi va farzandlari)ga
«Investment visa» amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan
chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtirib beriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoniga
6-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |