M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


III QISM. O`ZBEKISTONNING TURIZM ISTIQBOLLARI



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

III QISM. O`ZBEKISTONNING TURIZM ISTIQBOLLARI 
11-BOB.O‗ZBEKISTONNING TURIZM IMKONIYATLARI 
VA SALOHIYATI 
Reja: 
1.11. O‗zbekiston turizm imkoniyatlari tahlili 
1.11. O‗zbekiston turizmining «Buyuk ipak yo‗li» brendi 
11.2. O`zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning milliy 
modelini yaratish
11.3. Tabiat yodgorliklarining turizmdagi roli
11.4.O‗zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari 
 
11.1. O‗zbekiston turizm imkoniyatlari tahlili 
O‗zbekistonda jahon madaniyati xazinasiga kiruvchi ko‗plab 
tarixiy va madaniy arxitektura yodgorliklari mavjud, ushbu bebaho 
merosimizning bugungi kunda 140 ta ob‘ekti YUNESKO 
tomonidan muhofazaga olingan va tarixiy ob‘ektlar ro‗yxatiga 
kiritilgan. Jumladan YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‗yxatiga 
Xivadagi Ichan Qal‘a 1990 yil, Buxoroning tarixiy markazi 1993 yil, 
Shahrisabzning tarixiy markazi 2000 yilda, Samarqand shahri 2001 
yilda ushbu ro‗yxatga kiritilgan. 
O‗zbekistonda turizm sohasini rivojlatirish va uni yangi 
bosqichga ko‗tarish borasida, avvalo ko‗hna madaniy va arxitektura 
yodgorliklariga boy bo‗lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, 
Marg‗ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda 
butun dunyo aholisini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimiy 
tarixiy yodgorliklar mavjud. Yer yuzining turli mamlakatlarida 
istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni o‗z ko‗zlari bilan 
ko‗rish orzusida yashaydi. 
Hozirgi paytda turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar 
iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishi va u 
XXI asr jahon xo‗jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligi 
ma‘lum bo‗lmoqda. Shu tufayli turizm faoliyatini ravnaq toptirish 
masalasi 
2017-2021 
yillarda 
O‗zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Xarakatlar 
strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 


141 
ustuvor yo‗nalisharida ham o‗z aksini topgani bejiz emas. Zero bu 
soha besh yil ichida davlat siyosatida ustuvor yo‗nalishlaridan biriga 
aylandi. 
Hozirgi kunda respublikamiz turizm sohasidagi xarajatlari 
YAIM ga nisbatan foizda olganda 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‗ra 
1% ni tashkil etgan xolos, Qozog‗istonda ushbu ko‗rsatkich 4,2%, 
Armanistonda 3,8%, Tojikistonda 2,9%, Rossiyada 2,7% hamda 
Qirg‗izistonda 1,8% tashkil etgan. Mamlakat ichida turizm 
sohasidagi xarajatlarni tahlil qiladigan bo‗lsak, 2018 yil 1 yanvar 
holatiga ko‗ra O‗zbekiston 1,4% tashkil etgan bo‗lsa, Gruziya-5,0%, 
Tojikiston-4,0%, Ukraina-3,3%, Ozarbayjon-2,8%, Qirg‗iziston-
2,7%, Rossiya-2,6%, Qozog‗oston-2,2%, Armaniston-1,9% ni 
tashkil etgan. Ushbu ko‗rsatkich bo‗yicha Filippin-14,6%, Meksika-
9,9% hamda Germaniya davlati-9,9% bilan etakchilik qilmoqda. 
Yuqoridagi ko‗rsatkichlar tahlili asosida shuni xulosa qilish 
mumkinki, respublikamizda turizm sohasini jadal rivojlantirish 
uchun qulay iqtisodiy, ma‘muriy va huquqiy muhitni yaratgan 
holda, eng samarali tartibni joriy etish, hududlarning iqtisodiy 
salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish o‗rinlari 
yaratish, yurtimizga keladigan turistlar oqimini ko‗paytirish, 
shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va 
kompleks ilgari surish bo‗yicha ishlarni amalga oshirish zaruratini 
keltirib chiqaradi. Umuman olganda, respublikamizni turizm 
sohasida yetakchi davlatlar qatorida bo‗lishi uchun barcha 
imkoniyatlar borligini inobatga oladigan bo‗lsak, bu sohaga katta 
hajmdagi investitsiyalarni jalb etish orqali turizm sohasidagi yangi 
innovatsion g‗oyalarni keng targ‗ib etish muhimligini belgilab 
beradi. 
O'zbekiston turizm sohasi rivojlanishida salmoqli salohiyatiga 
ega davlatdir. Bu ko'plab noyob tabiat ob'ektlarining mavjudligi, 
boy madaniy va tarixiy meros bilan ham bog'liqdir. Yildan-yilga 
O‘zbekiston Respublikasiga xorijliklarning tashrifi ortib bormoqda.
Ohirgi 15 yillikni oladigan bo‗lsak xorij fuqarolarining 
O‗zbekistonga tashrifi 15,5 marta, yoki 2002 yildagi 442,1 ming 
kishidan 2017 yilda 2847,9 ming kishiga yetgan. O‗zbekiston 
fuqarolarining chet ellarga tashrifi 2017 yilda 5182,5 ming kishini 


142 

1

6,

28
,

18,

10

203
,7 
159
,

100

2272
,

1000

tashkil etgan, bu 2002 yilga taqqoslanganda 6,5 marta ko‗p. 2017 
yilda O‗zbekistonga tashrif buyurgan xorij fuqarolarining safar 
maqsadlari bo‗yicha taxlil qilinganda: 2272,3 ming kishi (84,7%) 
qarindoshlarni yo‗qlash maqsadida, 203,7 ming kishi (7,6 %) 
turistik maqsadda, 159,9 ming kishi (5,9 %) xizmat yuzasidan, 28,7 
ming kishi (1,1 %) davolanish maqsadida, 18,5 ming kishi (0,7 %) 
tijorat maqsadida, 6,9 ming kishi (0,3 %) o‗qish maqsadida tashrif 
buyurganini ko‗rishimiz mumkin. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish