M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Avstriya
. Mamlakatning umumiy maydoni 83856 km
2
ni 
tashkil etadi. Aholisining soni 8 million 923 ming kishi (2019). 
Poytaxti Vena shahri. Savodxonlik darajasi 99%. Ichki milliy 
maxsulotning umumiy hajmi 152 milliard AQSH dollari (jon 
boshiga 19209 AQSH dollari). 
Avstriyaning qulay geografik o‗rni va yuqori sifatli 
avtomobil yo‗llari tranzit turizmining rivojlanishiga ijobiy ta‘sir 
etadi. Keyingi yillarda Sharqiy Yevropada totalitar tizimning 
parchalanishi bilan, bu yerdan Avstriyaga tashrif buyurayotgan 
sayyohlarning soni ancha ortdi. 1990-yillarning boshida 
Avstriyaga qo‗shni Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Polshadan 
kelayotgan sayyohlarning soni ko‗paydi. Odatda bu tashriflar 
«shop-tur» ko‗rinishida bo‗ladi. Avstriyaliklarning o‗zi O‗rta 
dengizi bo‗ylarida dam olishni xush ko‗radilar. Avstriya sportning 
qishki turlari markazi hisoblanadi. Xalqaro turizm asosan 
mamlakatning g‗arbiy tog‗ qismida mujassamlashgan. Tashrif 
buyurayotganlarning 80% Germaniya, Niderlandiya va Buyuk 
Britaniyaga to‗g‗ri keladi. 
Keyingi 
o‗rinlarda Italiya, 


90 
Shveytsariya, Fransiya, AQSH, Belgiya, Shvetsiya va Sharqiy 
Yevropa mamlakatlari turadi. Turistlarning asosiy qismi yozda 
avgustga, qishda fevralga to‗g‗ri keladi. Keyingi yillarda 
barcha Alp mintaqasidagi davlatlar singari Avstriyada ham 
ekologik muammolar ko‗ndalang bo‗layapti. Bu jarayon asosan 
turistlarning sonini ko‗payishi bilan bog‗liq bo‗lmoqda. Vena 
mashhur binolaridan «Auliyo Stefan» ibodatxonasi, «Xofburg» 
saroyi», «Belueder» saroyi, «Madaniy-tarixiy muzey» turistlar 
orasida ayniqsa mashhur. Avstriyaning eng mashhur kurortlari 
asosan tog‗ mintaqasida joylashgan. Bularni ichida butun dunyoga 
mashhur Insbruk kurorti alohida o‗rin egallaydi. Insbrukda ikki 
marotaba qishki Olimpiada o‗tkazilganining o‗zi so‗zimizning 
tasdig‗i hisoblanadi. Shu bilan birga Insbruk o‗rta asrlardayoq yirik 
markaz bo‗lib, bu yerda qator gotik ibodatxonalar ham saqlanib 
qolgan. 
Simmertal nomli tog‗ kurortida Avstriyadagi eng baland tog‗li 
kanat yo‗li o‗tkazilgan (3250 m). Bu kurortning faqat tog‗ chang‗i 
trassalarining uzunligi 441 kilometrni tashkil etadi. Lex nomli 
kurortda Avstriyadagi birinchi tog‗ chang‗i trassalari o‗tkazilgan edi. 
Alp mintaqasida sutli mahsulotlar ko‗proq iste‘mol qilinadi. Dunay 
pasttekisligidagi hududlarda unli mahsulotlardan tayyorlangan 
taomlar keng tarqalgan. Bo‗sh vaqtning katta qismini avstriyaliklar 
sportga bag‗ishlaydi. Chang‗i sporti eng mashhur bo‗lib, uning 
asoslari hatto maktablar dasturiga ham kiritilgan. Avstriya muzdagi 
baletning vatani hisoblanadi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish