M. R. Tursunova xalqaro menejment



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

Xalqaro menejment
– bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha 
shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalarni ayirboshlash, qo’shma korxonalar, xorijda 
xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish, 
transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri boshqarish 
nazariyasi va amaliyotidir. 
Xalqaro menejmentni o’rganish ta’lim oluvchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar 
uchun zaruriy bo’lgan sifatlarga: tashabbus, oqlangan qaltislikka tayyorlik, o’ziga ishonch, 
global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish 
qobiliyatini shakllantirishga erishishga yordam beradi. 
Ushbu kurs materiallarini o’rganish ta’lim oluvchilarga dunyoda xalqaro menejment 
rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi: 
- bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi; 
- iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish; 
- firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi; 
- ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va 
xizmatlar assortimentini yangilash; 
- qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni aniq 
ajratilishi; 
- milliy manfaatlarga rioya qilish. 
 “Xalqaro menejment”
fanini o‘qitishdan maqsad – xorijiy mamlakatlarda xalqaro 
firmalarni boshqarish tajribasini, transmilliy kompaniyalarning va xalqaro kompaniyalarni 
shakllantirish va ularni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish ko‘nikmalarini hosil qilish. 
mahalliy sharoitni hisobga olgan holda menejmentni tashkil etish, inson resurslarini 
boshqarish sohasida rivojlangan davlatlar, xususan AQSH, YAponiya va G‘arbiy Evropa 
mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini ilmiy tahlil eta olgan holda ulardan ratsional 
foydalana olishni o‘rgatishdan iborat.
12 


Hozirgi vujudga kelgan vaziyatda butun dunyoda firmalarni xalqaro boshqarish 
bo’yicha menejerlarga talab oshib bormoqda. Shuningdek, agar bir necha yil ilgari tashqi 
iqtisodiy faoliyat bilan faqat yirik kompaniyalargina shug’ullanadi degan fikr mavjud 
bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda hatto kichikroq firmaning zamonaviy rahbar-menejeri 
uchun ham uning milliy ko’lamdagi faoliyatining predmetlarini bilish endi yetarli emas. 
Jahon iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
globallashuvi (jahon iqtisodiyotining bir butun yagona o’zaro bog’liq tizim sifatida amal 
qilish jarayoni) va erkinlashtirilishi ta’siriga bog’liq bo’lgan zamonaviy sharoitda xo’jalik 
faoliyatining baynalmillashuvi butun jahonda har bir menejerning kasbiy tayyorgarligiga 
yangi talablar qo’ymoqda. Ishlab chiqarish, sotish va ta’minlash bozorlari davlat 
chegaralaridan hatlab o’tmoqda. Iste’molchi uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi aniq 
firma, u joylashgan mamlakatga qaraganda ko’proq ahamiyatga ega bo’lmoqda. Firmaning 
samarali faoliyat ko’rsatishi uchun rahbar o’z firmasining bevosita iqtisodiy muhitini 
bilish bilan bir qatorda jahon bozoridagi ahvoldan ham xabardor bo’lishi zarur. 
Informatika, axborot texnologiyalari va transport vositalari sohasidagi yutuqlar davlatlar 
o’rtasidagi masofalarni qisqartirmoqda. Shuning uchun menejer firmaning ichki va tashqi 
iqtisodiy aloqalarining zamonaviy shakllari, ularning birlashuvi haqidagi bilimlarga ega 
bo’lishi va o’z firmasi faoliyatining samaradorligini oshirish uchun ulardan to’g’ri 
foydalana olishi kerak. 
Global ko’lamli mutaxassislar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bilan shug’ullanayotgan 
firmalar uchun ham zarur hisoblanadi. O’zbekistonda xo’jalik sub’yektlari tashqi iqtisodiy 
faoliyatining kengayishi va MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan qo’shma korxonalar 
tashkil qilishga qiziqishning kuchayishi natijasida global menejer mentalitetiga ega 
rahbarlarga ko’proq ehtiyoj vujudga kelmoqda. Bunday rahbar firmaning faoliyati 
qiyinlashganda xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali muammolarni hal qilish yo’llarini 
izlaydi va quyidagilarni maqsadga muvofiq deb topishi mumkin: 
- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida (marketing konsepsiyasidan 
kelib chiqib) texnologik va uskunalarni zamonaviylashtirishni jadallashtirish uchun xorijiy 
sarmoyadorlarni jalb qilish; 
13 


- iste’molchilar doirasini kengaytirish va jahon bozoriga o’z mahsuloti bilan chiqish 
uchun xususiy va davlat kompaniyalari bilan firmalararo kooperatsiyani amalga oshirish; 
- mintaqaviy ma’muriyat yordamida sarmoyadorlar uchun jozibali sharoitlar yaratish; 
- korxona ishiga milliy va xorijiy sheriklar bilan to’g’ri kontraktlar tuza oluvchi 
huquqshunoslarni jalb qilish; 
- korxona ixtisoslashuvi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi axborotni 
muntazam olish va o’zining ilmiy-texnik va konstruktorlik bazasini rivojlantirish uchun 
milliy va xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarini jalb qilish; 
- qiziqish bildirgan xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik tashkilotlar bilan ishbilarmonlik 
munosabatlarini o’rnatish. 

 
“Xalqaro menejment” fanining nazariy ilmiy asoslarini tadqiq etish; 

qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning faoliyat yuritish sharoitlariga 
moslashuvi jihatlarini o‘rganish; 

xalqaro va TMK hamda ularni boshqarish tizimini o‘ziga xos xususiyatlarini 
o‘rganish; 

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish sharoitlarini tanlash uslubiyatini o‘rganish 
va qo‘llash; 

xalqaro kompaniyalarning davlat bilan munosabatlari va ularni taritibga solish 
yo‘nalishlarini tadqiq qilish; 

xalqaro biznesda kadrlar siyosati va inson resurslarini boshqarish tizimini o‘ziga 
xos xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish