M. R. Tursunova xalqaro menejment



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

Xalqaro investitsiyalar
– jahon mamlakatlari o‘rtasida xarakatda bo‘lgan 
investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o‘rtasidagi faol 
harakati zamonaviy jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi 
xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo‘jaligidagi tovarlarni 
chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaktda xalqaro investitsiyalarning 
o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 30%dan oshadi. Bu ko‘rsatkich jahon savdosi usishi 
sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o‘zida moddiy boylik 
barpo etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamgarilgan 
zaxiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir 
92 


tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo‘ladi. 
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil kilish, rejalashtirish uchun 
alohida xususiyatlaridan kelib chikkan holda guruhlashtiriladi. Quyilish ob’ektiga karab 
investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.Real investitsiyalar (kapital 
kuyilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga 
sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish 
bilan bog‘liq bo‘lib, kupchilik hollarda investitsion loyixalar doirasida amalga oshiriladi. 
SHuning uchun shaxsiy mablag‘lar bilan birga qarzga olingan mablag‘lar xam 
foydalanilishi mumkin.
 
Xorijiy investitsiyalarni tasniflanish belgilari
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari bo‘yicha 
tasniflanadi. 
 
7.4.Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o‘rni.
93 


O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar 
qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va xuquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani 
O‘zbekistonda xorijiy investorlarni jalb kilish uchun barcha ishlar qilib bo‘lindi, degani 
emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning 
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki strategik investorlar ko‘p miqdordagi mablag‘larni 
birinchi navbatda iqtisodiyoti o‘z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda 
rivojlanayotgan mamlakatga yunaltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina quyilgan 
mablag‘lar saqlanishiga va barkaror foyda olishga muljal qilsa buladi. 
Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari 
emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. 
MDX davlatlarining paydo bulishi bilan xorijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini 
amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo buldi. SHuni aytish kerakki 
xorijiy investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu masalaning bir tomoni 
bulsa, ikkinchi tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDX) davlatlari uchun zamonaviy 
ishlab chiqarish vositalarini qabul kilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga 
oddiy hol deb karash kerak emas, chunki, investitsiyalar-iqtisodiyotni xarakatga 
keltiruvchi, uni olga siljituvchi kuch. 
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, 
xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, xar qanday davlat dunyodan 
ajralgan holda jahon tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va 
texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
O‘zbekiston iqtisodiyotida chukur iqtisodiy islohatlar, tarkibiy o‘zgarishlar amalga 
oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Globallashuv jarayoniga qo‘shilish bu dunyoning etakchi davlatlari bilan hamkorlikda 
bo‘lish, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o‘zaro manfaatli asosda 
bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsiya 
faolligi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga utish davrini boshidan kechirayotgan 
davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi xam unga ijobiy ta’sir 
94 


ko‘rsatadi. 
SHuningdek, globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnika 
tarakkiyotining tezlashishi, rakobatning kuchayishi va boshka bir kator omillar xam 
xosdir.
«CHet el investitsiyalari» tug‘risida O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel 
Qonunining 3- moddasida «CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida 
tadbirkorlik faoliyati va qonun xujjatlarida taqiqlangan boshqa turdagi faoliyat 
ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir 
xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el 
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston respublikasi hududida chet el 
investitsiyalari deb e’tirof etiladi».
2
Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi 
F.Xeniusning 1947 yil AQSHda chop etilgan tashqi savdo lug‘atining 2- nashrida 
kuyidagicha berilgan:

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish