M. Osimning To‘maris, Shiroq haqidagi afsonalarini o‘qish va tahlil qilish. Javoblar



Download 19,81 Kb.
Sana05.09.2021
Hajmi19,81 Kb.
#165689
Bog'liq
M. Osimning To‘maris, Shiroq haqidagi afsonalarini o‘qish va tah



M.Osimning To‘maris, Shiroq haqidagi afsonalarini o‘qish va tahlil qilish.

Javoblar:
Mirkarim Osim o‘zbek adabiyotida kutilmagan tarixiy syujetli asarlari bilan shuhrat qozongan iste’dodli adib sanaladi. Ma’lumki, tarix mavzusini qalamga olish ijodkordan bilim, mushohada, katta mahoratni talab qiladi. Mirkarim Osim ham shu yo‘nalishda ijod qilishni boshlar ekan, ajdodlarimiz tarixini har tomonlama sinchiklab o‘rganadi. Dengizdan gavhar izlovchi g‘avvoslardek, o‘tmish ummoniga sho‘ng‘ib, so‘z durlarini teradi. Shu tariqa uning “To‘maris”, “Shiroq”, “Kitobga ixlos”, “Temur Malik”, Zulmat ichra nur” kabi asarlari dunyoga keladi.

Ulardan birinchisi “To‘maris” asari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, asar boshlanishi bilanoq, Mirkarim Osimning so‘z qo‘llash mahorati va tabiat portretini jonli tasvirlashi insonni o‘ziga rom qiladi: “Cho‘l bahor kelinchagi oyog‘i ostiga chechaklar bilan bezalgan yashil poyondozini yoyib tashlagan”. Asar boshlanishida o‘sha davr urf-odatlarida “kelin olish” marosimi va uni o‘tqizilayotganligi keltiriladi. To‘y tugashidan oldin kelin va kuyov kurashtirib ko‘riladi. Ayol va erkak kurash tushishining tasviri insonni bir tomondan hayratga solsa, ikkinchi tomondan, massaget ayollarning ham erkaklar singari kuchli bo‘lganliklarini sezishimiz mumkin.

Hikoyada elchilar kelganlaridan keyingi voqealarda massaget xalqi, ularning turmush tarzi bilan bog‘liq munosabatlar tanishtiriladi. Ya’ni Kayxisrav elchilariga g’ayrioddiy ko’ringan To‘marisning oddiy kiyinishi, xalq bilan ovqatni birga tanavvul qilishi massaget xalqining o‘ziga xos kamtarinligini, hukmdorlarining manman emasligini ko‘rsatib beradi. To‘marisning erkaklar singari mardligini, vatanparvarligini, elchiga qo‘rqmay bergan javoblari orqali anglash mumkin: “Men unga qalliq bo‘lishni, o‘z elimni unga qul qilib topshirishni istamayman”.

Ushbu hikoyada Kayxisravning qanchalik qudratli kuchga ega ekani, qo‘shni soni kattaligi, sarkardalarining ayyorona harb ishilarini puxta bilishlari ko’rish mumkin. Dastlab, massagetlar uning oxirgi qismini yengadi, lekin sharob ta’mini totmaganlar, o‘z g‘alabalarini boy berib qo‘yadilar. Kayxisrav ularni mast hollarida qayta egallaydi. Kayxisrav massaget lashkarlariga bosh bo’lgan To‘marisning o‘g‘li Siparangizni haqoratlariga qaramay qo‘yib yubormoqchi bo‘ladi, lekin u o‘z mag‘lubiyatini xalqiga hiyonat deb o‘limni nomusdan afzal biladi va o‘ziga pichoq sanchib o‘ldiradi.

Xalqning nafratini qo‘zg‘atgan ulkan yo‘qotish, daxshatli qirg‘in xalqni jumbushga keltiradi. To‘maris ularga bosh bo‘lib, xudodan najot tilab jangga otlanadi va ularni yutadi. Mesh to‘ldirilgan qonga Kayxisravning boshi solinadi. Ushbu asarda quyidagi massaget xalqining fazilatlarini ko‘rishimiz mumkin:


  • Birdamlik (To‘maris xalqini o‘z oilasidek ko‘rishi);

  • Mardlik (Ayol va erkaklarda bir xil mardlik)

  • Jasorat (Ayol va erkaklarning qo‘rqmay jangga otlanishi);

  • G‘amxo‘rlik ( Har bir narsani xalq bilan bo‘lishish;)

  • Kamtarinlik;

  • Manmansiramaslik;

Bunday jihatlarni ko‘plab bo‘lib, ular har bir inson, har bir xalq uchun o‘rnak bo‘la oladi. Asar massaget xalqi hayotiga, To‘marisning mard-u jasurligiga haykal qo‘ygan deyishimiz mumkin.

“Shiroq” asarida ham shak (sak) xalqining jasur bir o‘g‘loni bilan bog‘liq voqelar qayta jonlantirilgan. Asarning boshida ko‘chmanchilarning hayot tarzi, ular orasida dostonchilikning mavjud bo’lganligi haqidagi ma’lumotlarni ilg’aymiz. Asarda Shiroqning mardligiga bir necha bor guvoh bo‘lishimiz mumkin. U quloq va burnilarini kesib, xalqi uchun barcha azoblariga chidaydi. El-yurti uchun jonini beradi. U nafaqat vatanparvar sifatida balki, ko‘pni ko‘rgan tajribali inson sifatida ham namoyon bo‘ladi. Misol uchun, Shiroqni qabila oqsoqollari va Rustak bilan bo‘layotgan majlisga kirib, oqsoqollarni gap tarqalib ketmasligi uchun chiqib ketishlarini so‘raganidan ham bilish mumkin.

Shiroq Doroni o‘z rejasiga ishontiradi va askarlarini cho‘lga boshlab boradi. Uning rejasidan xabar topgan Doro qo‘shinlari uni o‘rab olib, ura ketishadi. Biroz vaqtdan so‘ng, unga sarkarda yana bir bor imkon bermoqchi bo‘ladi, lekin erkak so‘zidan qaytmas deganlaridek, u ham xalqiga bergan ontidan voz kechmaydi.

Shiroq xalqining mard o‘g‘loni bo‘lib, umrini xalq ozodligi yo‘lida qurbon qiladi. U har bir yurt farzandi uchun o‘rnak bo‘ladigan timsoldir.



Mirkarim Osimning yuqorida keltirilgan hikoyalarida sak va massaget xalqlarining ma’naviyatiga, xulq-atvoriga, urf odatlariga xos xususiyatlar mahorat bilan tasvirlangan bo‘lib, bu adibning tarixni yaxshi o‘rganganligidan darak beradi. Asarlarini maroq bilan o’qilishini ta’minlaydi.
Download 19,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish