Yonish jarayonini boshqarish orqali azot oksidlarining
atmosferaga tashlanishini kamaytirish
Yoqilg‘ini yoqish texnologik siklining so'ngida gaz tozalash qurilmasini o'rnatish bilan birga yonish jarayonida azot oksidlarining hosil bo'lish miqdorini kamaytiruvchi qator rejim va texnologik tadbirlar ham o'ta samarali hisoblanadi. Ushbu tadbirlarga:
havoning past koeffitsientda berish bilan yoqish (a-alfa);
tutun gazlarini yonish zonasida reserkulyatsiya qilish;
yoqilg‘ini ikki yoki uch bosqichda yoqish;
115
www.ziyouz.com kutubxonasi
NO* chiqishini kamaytiruvchi yondirgichlarni qo'llash;
yonish zonasiga namlik uzatish;
yondirish kamerasidagi nurlanishni mtensivlashtirish;
NOx ning chiqishi kam bo'ladigan yondirish kamerasniiiig shaklini tanlash.
Ta’kidlash lozimki, ko'rsatilgan tadbirlar havo azotidan NO* ning hosil bo'lishini ma’lum bir darajada bostiradi, lekin yoqilg‘i tarkibidagi azotdan NO* hosil bo'lishini to'xtatib bo'lmaydi.
Yonish jarayonida havo azotini kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyasi natijasida NO* ni hosil bo'lishi mumkin, bunda uglerod radikallarini va yoqilg‘i (ko‘mir, mazut) tarkibida bog'langan azot ishtirokida ham hosil bo'ladi.
Tutun gazlarini retsirkulatsiyasi azot oksidlarining ajralishini kamaytiruvchi ancha keng tarqalgan va yaxshi o'zlashtirilgan usullandan bindir. Havoni ortiqchalik koeffitsienti 1,03 da retsirkulatsiyalanuvchi gazlarini puflanadigan havoga berilishi ajralayotgan NOxning miqdorinr uning boshlang‘ich ko'rsatkichdan 50% ga kamaytiradi, yondiigich atroflda halqasimon kanal orqali berilishi 75% gacha, yondirgichni tagidagi shlitsalar orqali berilishi 85% gacha kamaytiradi.
Yonilg‘ini ikki va ko‘p bosqichli yoqish — yondirish rejimini boshqarishning samarali usullaridan biridir va shu bilan bir qatorda hosil bo'lgandan azot oksidlarining miqdorini radikal kamaytiruvchi usullardan biridir. Usulmng mohiyati shundaki, bunda yoqilg‘ini birlamchi yonish zonasiga nazariy berilishi lozim bo'lgan (a=0,7—0,95) ga nisbatan kam beriladi, natijada mash’al zonasida haroratning, atomar va molekular kislorod miqdorini va azot oksidlarining hosil bo'lish tezligini kamayishi kuzatiladi.
Birlamchi zonada harorat shunchalik pasayadiki, natijada so'nggi, kislorod ortiqchaligida yonish etapi nisbatan past haroratda boradi, oqibatda ikkilamchi zonada azot oksidlari umuman hosil bo'lmaydi.
Tabiiy gazni ikki bosqichda yoqish natijasida azot oksidlanni qozon quwatiga bog'liqligidan 40—50% ga, mazutni yoqishdan 20—50% ga, ko‘mir changini yoqishdan esa 20—40% ga barqaror kamayishiga erishiladi. Yoqilg‘im ikki bosqichli rejimda yoqish va tutun gazlarini retserkulatsiya qilishni birgalikda olib bonsh gaz va mazut ishlatilganda hosil bo'layotgan NO„ ni 70^S>0% ga, ko'mir ishlatilganda 55—60% ga miqdori kamayishiga olib keladi.
116
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yondiigich atrofida furma orqali yetishmayotgan havoni berish bilan ikki bosqichli yondirishda ba’zida yonish sifatini yomonlashtiradi va bir qator hollarda qozon devorlarini furma bilan to‘silgani uchun ishlatilmasligi mumkin.
Ushbu hollarda maxsus yondirgichlarning ishlatilishi mash’al yadrosida harorat pasayishiga yoki uni boshqarish imkomni beradi, bu ham qizigan bug‘ning haroratini boshqarish imkomni bergani uchun, hamda ishlatilayotgan qurilmada yonish sifatini tushirmasdan uning ishonchliligini oshirilishi uchun qiziqish uyg'otadi. Sobiq Ittifoqda 1960-yillarda bir qancha yondirgichlarning konstruksiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ikki bosqichli yondirish yoki mash’alni yondirish kamerasining uzunligi bo'yicha cho'zdirish tizimiga yaroqli edi.
Azot oksidlarining hosil bo‘lishini kamaytirish uchun yonish zonasiga suv bug‘ini berish yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, yonish zonasida suv molekulalarining mavjud bo‘lishi NOx ni hosil bo‘lish jarayonini nafaqat sekmlashtiradi, balki mash’al yadrosida haroratni ham pasaytiradi, bu o‘z o‘rnida azot oksidlarining chiqishini yana kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |