Na2CO, + SO2 = Na2SO, + CO2
Na2SOj + SO2 +H2O = 2NaHSO,
Natriy gidroksidiga absorbsiya qilinganda sulfit-bisulfit eritmalari hosil bo‘ladi. Gazlar sulfit-bisulfitlar bilan reaksiyaga kirishib, bisulfitning miqdorini oshirib boradi.
SO2 + NaHSO, + Na2SO3 + H2O = 3 NaHSO,
Ushbu eritma rux oksidi bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadi:
NaHSO, + ZnO = ZnSO, +NaON
Hosil bo'lgan rux sulfiti kuydiriladi:
ZnSO3 = ZnO + SO2
Bu yerda oltingugurt dioksiai sulfat kislota yoki oltingugurt moddasini olishga, rux oksidi esa qayta tozalash jarayoniga yuboriladi.
Shu bilan birga soda-kislotaH va soda-oksidlovchi jarayonlar ham taklif etilgan. Ikkala holatda ham oxirgi mahsulot sifatida natriy sulfat moddasi olinadi. Lekin sulfit-bisulfit yoki «Wollman-Lord» usuli asosiy usul hisoblanadi. Ushbu usulda absorbsion va regeneratsion bosqichlar bo'lib, oxirgi mahsulotlar — sulfatlar ajratiladi va qayta ishlanib oltingugurt moddasi olinadi. Qayta ishlash jarayonida oltingugurt moddasining chiqish darajasi 90% dan oshadi. Ushbu usulning texnologik sxemasi 9.7- rasmda keltirilgan.
SO2 tarkibli chiqindi gaz dastlab suv yordamida ishlov berilib, tarkibidagi kul zarralari, xloridlar va qisman oltingugurt dioksididan bartaraf etiladi. Keyin absorbeming quyi qismiga beriladi. Yuqoridan esa natriy sulfitining eritmasi purkaladi. Natijada natriy bisulfit va natriy sulfat moddalari hosil bo‘ladi. Natriy sulfitga qaraganda natriy bisulfitning eruvchanligi yuqoriligi sabab, cho‘kmalarning hosil bo‘lishi va absorberlarning tiqilishi sodir bo‘lmaydi.
Absorberdan chiqayotgan eritma regenerator-kristallizatorda regeneratsiya qilinadi, bunda SO2 gazi va natriy sulfit kristallari ajraladi. SO2 gazi kondensator orqali qayta ishlashga yuboriladi, natriy sulfit moddasi esa suv bilan aralashtirib qayta absorberga yuboriladi. Eritmaning bir qismi absorbsiyadan keyin natriy sulfatni ajratishga yuboriladi. Bunda eritma sovitiladi va natijada natriy sulfat moddalari kristalga tushadi, keyin esa sentrifugada ajratilib quritishga beriladi. Ajralgan suyuqlik esa siklga qaytariladi. Jarayonda natriy sulfat moddasini olish bilan sarf bo‘lgan natriy ionining o‘rni kaustik sodani qo‘shish bilan toldiriladi. Jarayonda hosil bo‘lgan SO2 gazi oltingugurt moddasini yoki sulfat kislotasini olish qurilmasiga yuboriladi. Oltingugurt moddasi Klaus usulida 300°C haroratda ikki bosqichli katalitik konvertorlash, sovitish va kondensatsiyalash jarayonlari asosida olinadi.