Biosfera qo‘riqxonasi [ingl. biosphere reserve] — YUNESKOning biologik xilma-xillikni asrash va uning komponentlaridan barqaror foydalanish quroli bo‘Igan "Inson va biosfera" (MAB) xalqaro dasturiga kiritilgan, yer usti, qirg‘oq bo‘yi va dengiz ekotizimlarining muhofaza qilinadigan hududi yoki ular kombinatsiyasi. B.K — o‘zi joylashgan davlat boshqaruvi hamda mintaqa va mahalliy boshqaruv organlari nazorati ostida bo‘ladi. B.q. quyidagi funksiyalar bajarilishini ta’minlaydi: landshafllar, ekotizimlar va turlar muhofazasi; imkoniyatlami namoyish qllishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot barqarorligiga ko‘maklashish; tabiatni muhofaza qilish maqsadida mahalliy, mintaqaviy, global darajada atrof-muhit bo‘yicha bilim olish, ilmiy izlanishlar va monitoring namoyish loyihalarini ro‘yobga chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |