NH4NOj+2H++2e -»NH4N'O2+H2O
NH,N02-»N2+2H20
Anodli oksidlanish jarayoni temir binkmalanrn, turli bo'yoqlami, selluloza-qog‘oz, neftni qayta ishlash korxonalari oqova suvlarini zararsizlantirishda qo‘llaniladi.
Elektrokoagulatsiya. Elektrolizyorning elektrodlararo bo‘shlig‘idan oqova suv o‘tganda suv elektrolizi, zarralarni qutblanishi, elektroforez, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari va elektroliz mahsulotlarini o‘zaro ta’siri sodir bo'ladi.
Erimaydigan elektrodlar ishlatilganda koagulatsiya jarayoni elektroforetik holatlar natijasida sodir bo'lib, asosan oqova suvda kolloid zarralar kam bo‘lganda qo‘llaniladi.
Oqova suvda yuqori tuig‘un tarkibli birikmalar uchraganda elektroliz jarayoni eriydigan po‘lat yoki aluminiy tarkibli elektrodlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda tok ta’sirida metallarrnng erishi kuzatiladi. Natijada suvga temir yoki aluminiyning kationlari o‘tadi. Ushbu kationlar suvdagi gidrooksid ionlari bilan to‘qnashih, metallarning gidrooksidlarini hosil qiladi va bu pag'alar koagulatsiya jarayonini o‘tkazishga sababchi bo‘ladi.
Elektrokoagulatsiya jarayoniga elektrodlaming materiallari, ular orasidagi masofa, oqova suvning elektrodlar orasidagi tezligi, suv harorati va tarkibi, tok kuchlanishi va uning zichligi ta’sir ko‘rsatadi. Oqova suvdagi muallaq zarralarning konsentratsiyasi 100 mg/l dan oshganda elektrokoagulatsiyanmg samaradorligi pasayadi. Elektrodlar orasidagi masofa ham kamayganda anod metallarining enshiga sarf bo‘ladiga-n elektroenergiya miqdori kamayadi. lg temirning erishi uchun nazariy jihatdan sarf bo‘ladigan elektr energiyasuung miqdori 2,9 Vt/soat ni, 1 g aluminiy erishi uchun esa 12 Vt/soatni tashkil etadi. Elektrokoagulatsiya jarayonini o‘tkazish uchun neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhit bo‘lgam, tok zichligi esa 10 A/m2, elektrodlar orasidagi masofa 20 mm dan oshmasligi, suv tezligi 0,5 m/s dan kam bo‘lmasligi lozim.
Elektrokoagulatsiya jarayonining afzalliklari: qurilmaning kompaktligi va uni ishlatishni qulayligi, reagentlami ishlatilmasligi, jarayonni o‘tkazish sharoitlanning o‘zgarishiga ta’sirchanmasligi, yaxshi mexanik-strukturali shlamlami hosil bo‘lishi. Kamchiligi: elektr
200
www.ziyouz.com kutubxonasi eneigiya va metallaming katta sarfi. Quyidagi rasmda elektrokoagulatsiya o'tkazish qurilmasining sxemasi keltirilgan (18.18-rasm.)
Ushbu qummada elektrokoagulatsiya jarayoni natijasida ajralgan shlamlar sentrifugada yoki filtrpressda suvsizlantiriladi. Jarayonda hosil bo‘luvchi vodorodni esa gidrooksidni flotatsiyasi uchun ishlatish mumkin. Shu sababdan tozalash sxemasida elektrokoagulator- flotatorlarni yoki maxsus flotatsion apparatlarni, masalan, gidrosiklon-flotatorlami ishlatish tavsiya etiladi. Tmdiigichni flotatoiga almashtirish qurilmaning o‘lchamlanni, hamda kapital xarajatlami kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |