M. Mamadazimov


MAVZU. 49-§. Yulduzning absolut kattaligi va uning yorqinligi bilan bog‘liqligi *



Download 7,58 Mb.
bet49/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

MAVZU. 49-§. Yulduzning absolut kattaligi va uning yorqinligi bilan bog‘liqligi *

Yulduzlarning ko‘rinma yulduz kattaliklari ularning yorqinliklarini solish- tirishga imkon bermaydi. Chunki bir xil yorqinlikka ega bo‘lgan turli masofada yotuvchi ikki yulduzning ko‘rinma yulduz kattaliklari bir xil bo‘lmasligi ma’lum. Bu masalani hal etish uchun astronomlar barcha yulduzlarni bizdan bir xil masofaga keltirib, yulduz kattaliklarini aniqlashni va keyin shu asosda ularning haqiqiy yorqinliklarini solishtirishni maqsad qildilar. Bunday birlik si- fatida astronomlar 10 parsekli masofani oldilar. Yulduzlarning bizdan 10 parsek masofaga keltirilganda aniqlangan ko‘rinma yulduz kattaliklari ularning absolut yulduz kattaliklari deb ataladi va M harfi bilan belgilanadi. 10 parsekli standart bu masofa taxminan 2 ∙ 106 astronomik birlikka teng bo‘lganidan, Quyoshni 10 parsek masofaga eltgandan keyingi intensivligi uning 1 a.b. masofada turgandagi



1

intensivligidan

(2106 )2

marta (ya’ni 4 ∙ 1012) kamayadi. Intensivlikning har


100 marta kamayishi ko‘rinma yulduz kattaligining 5 yulduz kattaligiga ortishiga to‘g‘ri kelishi e’tiborga olinsa, unda intensivlikning 4 ∙ 1012 marta kamayishi yulduz kattaligining 31,5 marta ortishiga olib keladi. Binobarin, 10 pk masofaga

«eltilgan» Quyoshning ko‘rinma yulduz kattaligi –26,7 + 31,5 =+ 4,8 ni tashkil etar ekan. Boshqacha aytganda, Quyoshning absolut yulduz kattaligi Mʘ = + 4,8 ga teng bo‘lar ekan, deb xulosa qilish mumkin.

Sentavr yulduz turkumidagi bizga eng yaqin joylashgan ravshan yulduzning (Proksima) ko‘rinma yulduz kattaligi m = 0 bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 1,3 pk. U


10 2



10 pk masofaga eltilganda, uning intensivligi

= 82 = 64 marta kamayadi. Bu

1,3


yulduz kattaligining 4,5 marta ortishiga olib keladi. Demak, uning absolut yul- duz kattaligi Mp = 0 + 4,5 = + 4,5 bo‘ladi. Bundan ko‘rinishicha, biror yulduzning ko‘rinma yulduz kattaligi va ungacha bo‘lgan masofa parseklarda ma’lum bo‘lsa, uning absolut yulduz kattaligini oson aniqlash mumkin ekan. Buning uchun astronomlar ushbu maxsus hisoblash formulasini ham aniqlashgan:

M = m + 5 – 5 lg r,

bu yerda r yulduzgacha parseklarda ifodalangan masofa.

Agar Quyosh va ixtiyoriy yulduz absolut yulduz kattaliklarida (Mʘ va M*) berilgan bo‘lsa, u holda ularning yorqinliklari nisbatining logarifmi ushbu ifodadan topiladi:


 *
lg L*  0, 4(M M ) .

L

Yulduzlarning yorqinliklarini o‘rganishdan, ularning yorqinliklari 0,0001 Qu- yosh yorqinligidan to bir necha o‘n ming Quyosh yorqinligigacha chegarada o‘zgarishi ma’lum bo‘ladi.

Juda katta yorqinlikka ega bo‘lgan yulduzlar ichida gigantlar va o‘tagigantlar deb ataluvchi yulduzlar alohida o‘rin tutadi. Gigantlarning asosiy qismi nisbatan past sirt temperaturasiga (3,4 ∙ 103 K) ega bo‘lib, qizil rangda bo‘lganidan ularga qizil gigantlar deb nom berilgan. Aldebaran (Savr yulduz turkumining eng yorug‘ yulduzi), Arktur (Ho‘kizboqar yulduz turkumining eng ravshan yulduzi) kabi yulduzlar gigantlarning mashhur vakillaridan hisoblanadi.



O‘tagigantlar esa yorqinliklari Quyoshnikidan o‘n ming martalab ortiq bo‘lgan yulduzlar bo‘lib, ularning rangi turlichadir. Ko‘k rangdagi o‘tagigantlarga misol qilib Rigelni (arabcha «Rij al-Javzo»ning buzilgan talaffuzi – «Pahlavonning oyog‘i» – Orion yulduz turkumining betasi); qizil o‘tagigantlarga – Antaresni (Aqrab yulduz turkumidagi eng ravshan yulduz), Betelgeyzeni (arabcha «Ibt al- Javzo»ning buzilgan talaffuzi – «Pahlavonning o‘ng yelkasi» – Orionning eng ravshan yulduzi) keltirish mumkin.

Turli yorqinlikdagi yulduzlarning spektrlari ham bir-birlaridan biroz farq qiladi. Shu tufayli, ba’zan spektrdagi turli atomlarning chiziqlariga ko‘ra yulduzning yorqinligini baholash mumkin. Shu yo‘l bilan yorqinliklari aniqlangan yulduzlarning ko‘rinma yulduz kattaliklari yordamida ulargacha masofalarni ham



aniqlash mumkin bo‘ladi. Yulduzlargacha masofalarni aniqlashning bu metodi, yuqorida eslatilganidek, spektral parallaks metodi deb yuritiladi.

Spektral parallaks metodining trigonometrik metodlardan afzalligi shundaki, spektral parallaks juda katta masofada yotgan va spektrlarini olish imkoni bo‘lgan barcha yoritgichlarning ham masofalarini aniqlashga imkon beradi.




Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish