53-§. Yulduzlarning massalarini hisoblash **
Yulduzlarni xarakterlovchi eng muhim kattaliklardan biri ularning massa- laridir. Yulduzlarga tegishli ko‘plab parametrlar u yoki bu darajada massalariga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa parametrlaridan farqli o‘laroq, yulduzlarning massalarini aniqlash eng murakkab masalalardan hisoblanadi. Agar yulduzning atrofida yo‘ldoshi bo‘lsa, yulduzning unga gravitatsion ta’siri asosida yulduzning mas- sasini Keplerning aniqlashtirilgan 3-qonuni asosida topish mumkin.
Qo‘shaloq yulduzlarning umumiy massa markazi atrofida aylanish davrlari va asosiy yulduzga nisbatan topilgan yo‘ldosh yulduzning orbitasining katta yarim o‘qi A ning qiymatiga ko‘ra massalari yig‘indisini quyidagi ifodadan topamiz:
T 2 ( M a my )
4π2 11 kg s2 ,
A3
u holda massalar yig‘indisi:
G 5, 9 10 m3
kg s2 A3
Ma + my = 5,9 · 1011
m3
T 2 ,
bu yerda: Ma, my – mos ravishda, asosiy va yo‘ldosh yulduzlarning massalarini; A – yo‘ldosh yulduzning asosiy yulduzga nisbatan topilgan orbitasi katta yarim o‘qini: T – qo‘shaloq yulduzlar davrini; G – gravitatsion doimiylikni xarakterlaydi (bu yerda T sekundlarda, A esa metrlarda ifodalanganda M massa kg larda chiqadi). Agar qo‘shaloq sistemaga kiruvchi yulduzlarning massa markaziga nisbatan holatini alohida belgilash va natijada ularning katta yarim o‘qlarining burchagiy o‘lchamlarini yoy sekundlarida alohida aniqlashning imkoni bo‘lsa, u holda ularning massalarining munosabatlarini ushbu ifoda yordamida aniqlash mumkin
bo‘ladi:
M a ay ,
my aa
bu yerda – Ma va my lar, mos ravishda, asosiy va yo‘ldosh yulduzlarning massalarini; aa va ay lar esa orbitalarining katta yarim o‘qlarini ifodalaydi.
8–Astronomiya, 11-sinf
M
–10
–8
–6
–4
–2
0
+2
+4
+6
+8
+10
+12
+14
+16
+18
+20
0,1 0,2 0,5 1 2
5 10 30 50
L
106
105
104
103
102
10
1
10-1
10-2
10-3
10-4
10-5
10-6
Qo‘shaloq yulduzlarning bu metod bilan aniqlangan massalari, hisoblashlarning ko‘r- satishicha, 0,1 Quyosh massasidan 100 Qu- yosh massasigacha bo‘ladi. Massalari 10–50 Mʘ chegarasida bo‘lgan yulduzlar nisbatan kam uchraydi.
Garchi alohida olingan yulduzlarning massalarini aniqlash mumkin bo‘lmasa- da, biroq spektr-yorqinlik diagrammasidan alohida o‘rin olgan ayrim yulduzlar guruhi uchun ularning yorqinliklari va massalari orasida bog‘lanish borligi empirik yo‘l bilan aniqlangan (97-rasm). Massa va yor- qinlik orasidagi bunday bog‘lanish asosida, yorqinliklari aniqlangan anchagina yulduz- larning massalarini topishga imkon berib,
*
empirik yo‘l bilan yulduzning bolometrik yorqinligi Lb (ya’ni to‘la nurlanish energiyasi) va massalari M* orasida bog‘lanish topilgan. Lb = M 3,9 ifodadan ko‘rinishicha, bosh ketma-ketlikning tepa qismida eng massiv yulduzlar joy- lashib, pastga qarab yulduzlarning massasi kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |