Bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi
- ayni bir xil standartlar va qoidalar qo'llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar
yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi.
Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish - sinov laboratoriyasining
(markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga
oshirishga doir vakolatlarining rasmiy e'tirofi.
Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining modefikatsiyalashtirilgan
natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo'ladi, aniq ishlab chiqarish
jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni
qanoatlantirish uchun mo`ljallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |